6-mavzu. O`sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularni qishloq xo`jaligida qo`llanilishi. Stress omillar va ularga o`simliklarning javob reaksiyasi. Reja


Download 477.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi477.96 Kb.
#1245315
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu



6-MAVZU. O`sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularni qishloq xo`jaligida qo`llanilishi. 
Stress omillar va ularga o`simliklarning javob reaksiyasi. 
Reja: 
1. Fitogarmonlarning ahamiyati. 
2. Tabiiy fitogarmonlar va ingibitorlar. 
3. Sun'iy fiziologik faol moddalar. 
4. O‘sishni boshqaruvchi moddalarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi. 
Tayanch iboralar: fitogarmon, tabiiy fitogarmonlar, ingibitorlar, sun'iy fiziologik faol 
moddalar, gormonal, gibberellin, notsiklik fotofosforlanish, abssizin, differensial, 
sitokinin, gidrel va dekstrel. 
1. Fitogormonlarning ahamiyati 
O‘simlik gormonlari yoki fitogormonlar - o‘simlik tanasida juda oz miqdorda hosil 
bo‘ladigan faol moddalar bo‘lib fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi. Bu 
moddalar yordamida hujayralar, to‘qimalar va organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa amalga oshadi 
hamda o‘simliklarning o‘sish jarayoni tartibga solinadi. 
Bu birikmalar o‘simliklarning yosh barglarida, poya va ildizlarning o‘suvchi qismlarida hosil 
bo‘ladi va keyin o‘sish jarayonlari faol joylarga ko‘chiriladi. Ular o‘z ta'sirlarini juda oz 
miqdorda amalga oshiradi, ya'ni o‘simlik tanasidagi bir qancha reaksiyalarda ishtirok etadi va 
ularni boshqaradi. 
Fitogormonlarning muhim xususiyatlaridan biri bu ularning o‘simliklarni bir qismidan 
boshqa qismlariga (yuqoridan pastga yoki aksincha) harakatlanishidir. 
Keyingi vaqtdagi fan yutuqlari shundan dalolat beradiki gormonal sistema o‘simlik 
organizmining fuksional bir butunligi ya'ni yaxlitligini, uning barcha a'zolarini (organlarini) 
o‘zaro mutanosiblikda ishlashini va rivojlanish davrlarining (fazalarining) ketma-ketligini 
ma'lum qonuniyatlar asosida bajarilishini ta'minlaydi. 
O‘simliklar o‘sishini boshqaruvchi xozirgacha ma'lum bo‘lgan regulyator moddalar quyidagi 
guruxlarga bo‘liiadi 

Download 477.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling