6-mavzu. O`sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularni qishloq xo`jaligida qo`llanilishi. Stress omillar va ularga o`simliklarning javob reaksiyasi. Reja
O‘simliklarning issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligi
Download 477.96 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
3. O‘simliklarning issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligi
Uzoq vaqt yogin bo‘lmasligi, haroratning yuqoriligi havoning nisbiy namligi pasayishi natijasida yuz beradigan qurgoqchilik ikki turga bo‘linadi. 1. Atmosfera qurgoqchiligi. 2. Tuproq qurg‘oqchiligi. Atmosfera qurgoqchiligi nisbiy namlikning (10-20%) pasayishi, havoning quruq kelishi va haroratning ko‘tarilishiga bog‘liq. Issiq shamol-garmsel esganda, vujudga keladigan qurg‘oqchilik o‘simliklar uchun juda xavfli bo‘ladi. Garmsel vaqtida, tuproqda suv bo‘lishiga qaramay, o‘simliklarning yer usti organlaridagi suv ko‘plab buglanib ketishi natijasida ular nobud bo‘lishi kuzatiladi. Tuproq qurg‘oqchiligi uzoq vaqt yogingarchilik bo‘lmasligi natijasida yuzaga keladi. Transpiratsiya va tuproq yuzasidagi suvning parchalanishi natijasida tuproq qurib qoladi. Bunda tuproqdagi namlik zahirasi kamayib, so‘lish koeffitsientidan pastga tushib ketadi. Ko‘pincha tuproq qurgoqchiligi qishda qor kam yoqqanda, yomg‘ir kam bo‘lib, harorat yuqori bo‘lganda kuzatiladi. Qurg‘oqchilik qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli qurg‘oqchilikda o‘simliklarda suv almashinuvi buzilib, hosildorlik pasayib ketishi, ba'zan esa o‘simliklar nobud bo‘lishi kuzatiladi. +isqa muddatli qurg‘oqchilik ham o‘simliklarga salbiy ta'sir etishi mumkin, ayniqsa tuproqdagi suv miqdori kamayib ketsa. Bu vaqtda o‘simliklar tanasiga suv oz kiradi, natijada o‘simlik qizishi tufayli qurib qolishi mumkin. +urg‘oqchilikda donning juda mayda bo‘lishi, hosildorlik pasayishi kuzatilgan. Qurg‘oqchilik asosan sahro, cho‘l va dashtlarda sodir bo‘lib, hosildorlikka katta zarar yetkazishi mumkin. +urg‘oqchilikda, suv tanqisligi vaqtida fotosintez susayib, nafas olish jadallashadi, bu jarayonda asosan zahiradagi oziq moddalar ishtirok etadi. Bunday holatda hosildorlik pasayishi kuzatiladi. Qurgoqchilikka chidamli o‘simliklarda suv tanqisligida va yuqori haroratda ham protoplazmaning osmotik, kolloid xossalari kamroq buzilishi mumkin. Qurg‘oqchilikdan muvaffiqiyatli o‘tish uchun o‘simliklar protoplazmasining osmotik bosimi va fizik-kimyoviy xossalaridan tashqari, anatomik va morfologik xossalarining ahamiyati ham alohida e'tiborga olish kerak; bunda ildiz sistemasining rivojlanishi, barg yuzasining kattaligi, ustitsa (labcha)larning xususiyatlari va boshqa kompleks xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar kserofitlar deyiladi. Kserofitlarga sukkulentlar, ya'ni poyasi yumshoq bo‘lib, barglari bo‘lmaydigan, assimilyasiya funksiyasini yo‘qotishi natijasida tikanga aylangan o‘simliklar kiradi (masalan, kaktuslar). Kaktuslar o‘zida ko‘p zahira suv tutib, uni juda sekin ishlatadi. Ularning ildiz sistemasi tuproq yuzasida joylashadi, chunki yomg‘ir suvlarini tezda o‘zlashtirib poyaga uzatadi. Kaktuslarning epidermisida qalin kutikula qavati va hamisha berk og‘izchalar bo‘lib, yuqori haroratda ham ular juda oz suv sarflaydi. Ularda SO2 gazi assimilyasiyasi juda sust boradi, o‘simlik juda sust o‘sadi. Protoplazmasi juda yuqori yopishqoqligi bilan ajralib turadi va yuqori haroratga (+650S ga) chidaydi. P.A.Genkel kserofitlarni ikki guruhga bo‘lishni tavsiya qiladi. 1. Haqiqiy kserofitlar, issiqqa chidamliligi bilan farq qiladi, transpiratsiya jadalligi past bo‘lib, osmotik bosimi yuqori, suvsiz holatga yaxshi chidaydi. Ularning ildiz sistemasi 50-60 sm chuqurlikda, kuchli shoxlangan bo‘ladi. Bunday o‘simliklarga shuvoq, mavrak, semizoklar kiradi. +attiq qurg‘oqchilikda shuvoq barglari to‘kilishi mumkin. 2. Chala kserofitlar, yuqori transpiratsiya xususiyati bilan farq qiladi, issiqqa chidamliligi past bo‘lib, uzoq muddat suvsizlikka chidamaydi va ildiz sistemasi sizot suvlargacha yetib boradi. Protoplazmasining elastikligi va yopishqoqligi kuchsiz bo‘lib, osmotik bosimi yuqori bo‘lganligi sababli ularning so‘rish kuchi yuqori bo‘ladi. Bunday o‘simliklarga cho‘l bedasi, mavrak, shuvoqning ba'zi turlari kiradi. Bularning bargi nafis bo‘lib, uzib olish bilan so‘liydi, kun issiq paytlarda ularning og‘izchalari katta ochiq bo‘lib, ko‘p miqdorda suv bug‘latadi, hamda tezda o‘zlashtirib oladi. Kuchli transpiratsiya hisobiga barglar harorati pasayib turadi. Ularning ildiz sistemasi 15-20 m chuqurlikkacha kirib borishi mumkin. Chala kserofitlarning bargi tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, tukchalari transpiratsiya intensivligini pasaytiradi, chunki suv bug‘lari tukchalarda qolib ketadi. Haqiqiy kserofitlardan tashqari, dashtlarda uchraydigan soxta kserofitlar - efemerlar va efemeroidlar uchraydi. Ular qurg‘oqchilikkacha vegetatsiya davrini (1-2 oy) o‘tib bo‘ladi. Ularning hayot faoliyati namlik yaxshi bo‘lgan bahor, fasliga to‘g‘ri keladi, yilning qolgan fasllarida urug‘ holida hayot kechiradi (efemerlar). Bular xususiyatiga ko‘ra mezofitlarga yaqin. Gigrofitlar suv bilan to‘xtovsiz ta'minlangan joylarda yashaydi. Bular suv omborlari va tropik o‘rmonlarda namga to‘yingan joylarda yashaydi. Gigrofitlar va kserofitlar oralig‘idagi o‘simliklarga mezofitlar kiradi. Mezofitlarga ko‘pgina o‘simliklar kirib, ular mo‘tadil iqlimda va mo‘ta'dil namlikda yashaydi. Ular orasida qurg‘oqchilikka chidamlilari va chidamsizlari bor. O‘simliklarning qurgoqchilikka chidamliligi erkin suvning kamayishi va birikkan suvning ko‘payishiga bog‘liq, ularda ogizchadan tashqari, transpiratsiyani boshqarish va gidrofil kolloidlar hisobiga amalga oshadi, shuning hisobiga suvni saqlab qoladi. Issiqqa chidamlilik deganda, dub kabi o‘simliklarning yuqori haroratga munosabati tushuniladi. Yuqori haroratda o‘simliklarning nobud bo‘lishiga sabab, hosil bo‘lgan MI3 ning zaharlash xossasi bo‘lsa kerak, ular oqsillar va aminokislotalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Issiqqa chidamli o‘simliklar to‘qimalarida organik kislotalar sintezi kuchayib, ular ammiakni o‘ziga biriktirib zararsizlantiradi. qurgoqchilikka qarshi kurashning asosiy yo‘li - agrotexnikani to‘gri tashkil qilish va tuproqdagi suvni sakday bilishdan iborat Tuproq strukturasining holatini sakdash ham katta ahamiyatga ega. Issiqqa chidamli navlarni yetishtirish ham asosiy omillardan biridir. Olimlar tarafidan issiqqa chidamlilikni oshirish uchun o‘simliklar urug‘ini chiniqtirishni tavsiya qilgan. Buning uchun bug‘doy urug‘i 40-45% suv bilan, kungaboqar urug‘i 60% quruq modda hisobiga suv bilan bo‘ktirilgan, suvni bir necha bo‘laklab berilgan. Urug‘larni namlab 1 - 2 sutka davomida saqdangan va so‘ngra quritilgan. Buning natijasida urug‘lar chiniqqan, hosildorlik ortgan, issiqqa chidamlilik ham kuchaygan. Issiqqa chidamli o‘simliklarning nafas olishida uglevodlar to‘la parchalanmasligi natijasida organik kislotalar to‘planishi kuzatilgan. Organik kislotalar ammiak bilan reaksiyaga kirishib, asparagin va glutamin amidlarini hosil qiladi. Natijada hosil bo‘lgan ammiak zararsizlantirib reaksiyaga kirishib ketadi. Download 477.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling