6-mavzu. O`sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularni qishloq xo`jaligida qo`llanilishi. Stress omillar va ularga o`simliklarning javob reaksiyasi. Reja


 O‘simliklarning noqulay omillar ta'siriga javob reaksiyasi


Download 477.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana07.03.2023
Hajmi477.96 Kb.
#1245315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu

4. O‘simliklarning noqulay omillar ta'siriga javob reaksiyasi 
turlari 
O‘simlik adaptatsiyaning qaysi turini tanlashi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Lekin javob 
qaytarish uchun organizmga berilgan vaqt eng asosiy omil hisoblanadi. Javob uchun vaqt qancha 
ko‘p bo‘lsa, tanlash imkoniyati ham shuncha ko‘p bo‘ladi. To‘satdan ekstremal omil ta'sir 
etganda, tezda javob qaytarish zarur bo‘ladi. Shunga ko‘ra, adaptatsiyaning uchta asosiy: 
evolyusion, ontogenetik va shoshilinch turlari farq qilinadi. 
Evolyusion (filogenetik) adaptatsiya - evolyusiya jarayoni davomida tanlanish genetik 
mutatsiyalari asosida hosil bo‘ladi va nasldan-naslga o‘tadi. Organizmning yashash muhitiga 
optimal molashuvi bunday adaptatsiyalarning natijasi hisoblanadi. Evolyusiya davomida 
shakllangan tirik qolish tizimi eng ishonchli hisoblanadi. 
Ontogenetik (fenotipik) adaptatsiyam uayyan individning tirik qolishini ta'minlaydi. U 
genetik mutatsiyalarga bog‘liq emas va nasldan- naslga o‘tmaydi. Bunday moslamalarning 
shakllanishi uchun nisbatan ko‘p vaqt zarur, shuning uchun bunday adaptatsiya uzoq muddatli 
adaptatsiya deb ataladi. 
Shoshilinch (tez boradigan) adaptatsiya shokka oid tizimlarning hosil bo‘lishga va ular 
vazifasiga asoslangan bo‘lib, yashash muhitining tez va intensiv o‘zgarishlari vaqtida kechadi. U 
omillarning zararlovchi ta'siri vaqtida faqat qisqa muddat tirik qolishni ta'minlaydi va 
adaptatsiyaning yanada ishonchli uzoq muddatli mexanizmlari shakllanishi uchun sharoit 
yaratadi. Shokka oid himoya tizimlariga issiqlik shoki sistemasi (harorat tez ko‘tarilishiga 
javoban), 8O8-tizim (DNK zararlanganligi signali)dir. 
Faol adaptatsiya - himoya mexanizmlarining shakllanishi. Bunda tirik qolishning majburiy 
sharti yangi hossalarga ega bo‘lgan fermentlar yoki xujayralarni himoya qiluvchi yangi oqsillar 
sintezining induksiyasi hisoblanadi. Oqsillar ham xujayrani himoya qiladi, ham ilgari yashash 
uchun noqulay bo‘lgan sharoitda metabolizm borishini ta'minlaydi. Natijada o‘simliklar 
hayotining ekologik chegarasi kengayadi. 
Passiv adaptatsiya - stressorning zararlovchi ta'siridan “qochish” yoki unga moslashishdan 
iborat. Adaptatsiyaning bu turi o‘simliklar uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki ular 
omilning zararli ta'siridan qochib yoki yashirinib qutila olmaydi. Bu tinim holatiga o‘tish, 
o‘simliklarning “agressiv” birikmalarni ajratib qo‘yish (qariyotgan organlar, to‘qima va 
vakuolalardagi og‘ir metallar kabi), ya'ni ular bilan birga yashashdir. 
Yuqori haroratga chidamli o‘simliklar issiqqa chidamli o‘simliklar deb ataladi. Ularda 
kserofitlarga xos bo‘lgan mexanizmlardan tashqari, issiqlik shoki oqsillari hosil qilish 
mexanizmi ham ishga tushadi. Past xaroratga reaksiyasiga ko‘ra, sovuqqa chidamlilik bu 
o‘simliklarnin qishlab chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulay sharoit kompleksiga chidash 
xususiyati. Bu davrda quyidagi hodisalar: mog‘orlash, zax bosish, yaxlash, bo‘rtib chiqish, 
qishki qurg‘oqchilik, qish- baxorgi “kuyittt” kuzatiladi. 
Sho‘rga chidamlilik (galotolerantlik) - bu o‘simliklarning tuproqda yoki suvda tuzlar 
konsentratsiyasi yuqori bo‘lishiga chidamliligidir. Galofitlar kuchli sho‘ralanish sharoitida 
ontogenezni normal o‘tkazish uchun maxsus moslamalarga ega o‘simliklar. Ular uch guruhga: 
haqiqiy, tuz ajratuvchi va tuz shimuvchilarga bo‘linadi. 
1. Haqiqiy galofitlar (eugalofitlar) sho‘rga eng chidamli 
o‘simliklar. Ular vakuolalarida ma'lum miqdorda tuz to‘planadi. Ularga barglarining seretligi 
xarakterlidir. Masalan ularga sho‘rak (salikorniya), olabuta (atripleks) va qora sho‘ra (sveda) 
larni ko‘rsatish mumkin. To‘plangan tuz hisobiga hujayraning osmotik bosimi 100-200 
atmosferagacha ko‘payadi, natijada bu o‘simliklar kuchli eritma tarkibidagi suvdan ham 
foydalanadilar. 
2. Tuz ajratuvchi galofitlar (krinogalofitlar) tuzni shimib olib, to‘qimalarida to‘plamaydi, 
balki barglaridagi sekretor bezchalar yordamida tashqariga chiqaradi. Bu jarayon ion nasoslar 
yordamida amalga oshiriladi va ko‘p miqdordagi suv xarakati bilan birga boradi. Masalan: 
kermek (statis), jiyda (elaeagnus), yulg‘un (tamariks)lar organlaridagi ortiqcha tuzni maxsus 
bezchalar yordamida tashqi muhitga chiqaradilar. Ba'zilari ko‘p miqdorda tuz to‘plagan barglarni 
to‘kib yuboradilar. 
3. Tuz shimmaydigan galofitlar (glikogalofitlar) kamroq sho‘rlangan yerlarda o‘sadi. 
Ularning yuqori osmotik bosimi fotosintez maxsulotlari (uglevodlar) xisobiga saqlab turiladi. 
Masalan, glikogalofitlarga turli shuvoq (artemisiya) turlarini, qizilmiya (solodka)larni misol qilib 
olsak bo‘ladi. Ular sitoplazmasidan tuzlar o‘tmaydi, shuning uchun to‘qimalarida tuz 


to‘planmaydi. Glikogalofitlarning osmotik bosim kuchi ko‘pligidan (uglevodlar hisobiga), kuchli 
tuproq eritmasidagi suvdan foydalanadilar. 
Shunday qilib, evolyusiya jarayonida xar bir o‘simlikning xayoti davomida yashash 
sharoitiga ma'lum extiyoj paydo bo‘lgan. Shu bilan birga xar bir organizm adaptatsiyaga, ya'ni 
muxitning o‘zgarib turadigan sharoitiga moslanish xususiyatiga ega. 
Organizmning moslashish va chidamlilik xossalari uning genetik asosida jamlangan bo‘ladi. 
Organizmning muhitning o‘zgaruvchan sharoitiga mos ravishda metabolizmni o‘zgartirish 
xususiyati qancha yuqori bo‘lsa, uning reaksiya normasi va adaptatsiya xususiyati ham shuncha 
yuqori bo‘ladi. O‘simliklarning tashqi omillarga moslashuvi ularning yashovchanligi (hayot 
faoliyati) va muhitning ekstremal omillariga chidamliligi bir xil emas. Ba'zi o‘simliklar past 
xaroratga ancha chidamli, boshqalari yuqori haroratga, ba'zilari qurg‘oqchilikka, boshqalari 
sho‘rlanishga chidamli va x.k. Shuning uchun chidamlilikning xar hil turi: sovuqqa chidamlilik, 
sho‘rga chidamlilik, gazlarga chidamlilikva v. x.lar farq qilinadi. 
O‘simliklarning moslashuvchanligi tarixan tarkib topgan va individual rivojlanish jarayonida 
o‘zgargan. Chidamlilik anotomik tuzilish xususiyatlari, maxsus himoya organlari, harakatlanish 
va fiziologik reaksiyalari, himoya moddalari ishlab chiqarilishi bilan ta'minlanadi. O‘simlikning 
bir omilga chidamliligi ikkinchi omilga xam chidamliligiga (masalan, issiqqa chidamlilik va 
qurg‘oqchilikka chidamlilik) sabab bo‘lishi mumkin. 
Noqulay sharoit sekin ortib borsa, organizm unga asosan moslashadi. 
Bu esa organizmning chidamliligi ortishiga, ya'ni uning chiniqishiga sabab bo‘ladi. 
O‘simliklarning radiatsiyaga chidamliligi va uning mexanizmlari. 
O‘simliklarga radiatsiyaning bevosita va bilvosita ta'siri farq qilinadi. 
Bevosita ta'sir - molekulalar nurlanish energiyasini yutgan joyda radiatsion kimyoviy 
o‘zgarishlar sodir bo‘lishidan iborat. Molekulaga bevosita tushgan nur ta'sirida u qo‘zg‘algan, 
ya'ni ionlangan holatga o‘tadi. Nurning zararlantiruvchi ta'siri molekula ionlanishiga bog‘liq. 
Bilvosita ta'sir - bu ta'sir molekulalar, organoidlar membranasi, xujayralarning suv radiolizi 
mahsulotlari tomonidan zararlanishidan iborat. Nurlanishda xujayrada bu maxsulotlar miqdori 
juda ko‘p bo‘ladi. 
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Fitogarmonlarning ahamiyatinimadan iborat? 
2. Tabiiy fitogarmonlar haqida aytib bering 
3. Ingibitorlar nima? 
4. Sun'iy fiziologik faol moddalarni aytib bering? 
5. O‘sishni boshqaruvchi moddalarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishini aytib bering 
6. Gormon tizimini tushuntirib bering? 
7. O‘simliklarda gormon tizimi buyicha tadqiqotlar olib borgan olimlar haqida aytib bering? 
8. Fitogormonlar klassifikatsiyasini aytib bering? 
9. Gibberellin haqida aytib bering? 
10. Sitokininning ahamiyatini aytib bering?
 

Download 477.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling