6-mavzu. O`sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularni qishloq xo`jaligida qo`llanilishi. Stress omillar va ularga o`simliklarning javob reaksiyasi. Reja
Tabiiy fitogormonlar va ingibitorlar
Download 477.96 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
2. Tabiiy fitogormonlar va ingibitorlar
Auksinlar. O‘simliklarning poyasi va ildizining o‘sayotgan uchki qismida xosil bo‘lib, ularni o‘sishini aktivlashtiradigan indol tabiatli bir gurux kimyoviy moddalarga auksinlar deb ataladi. O‘simliklarda keng tarqalgan auksin r-indolin-3-atsetat kislotadir (IUK). Bu birikma ko‘pincha geteroauksin deb ataladi. Auksin “a” - S18N35O5 Auksin “b” - S18N30O4 O‘simliklar organlari tarkibidagi auksin miqdori O‘simliklarning organlari Auksin miqdori (nisbiy birlik hisobida) Bosh kurtaklarda 1,2 Rivojlanuvchi barglarda 2,2 Poya uchida joylashgan ikkinchi barglarda 1,5 Uchinchi barglarda 0,5 To‘rtinchi barglarda 0,4 1. Poya - 1R4 -105 (0,0001-0,00001) mol, 2. Kurtak -10-8-10-9 (0,0000001-0,00000001) mol, 3. Ildiz -10-9-1011 (0,00000001-0,0000000001) mol.29 Poya, ildiz va barglarning o‘sishini faollashtiradi;Ildiz metabolizmi faolligini tezlashtirish; Yonbosh kurtaklar o‘sishini to‘xtatish; Kleoptilning uzayishi va egilishini ta'minlash; Fototropizm va geotropizm jarayonlarini boshqarish; Meva va gullarni to‘kilishdan ximoyalash; O‘simliklarning auksinlar to‘plagan organlari o‘zlariga boshqa organlardan ozuqa moddalarni tortib olish, qarish jarayonlarini kechiktirish, membranalarning faolligiga ta'sir etish va umuman hujayralarning so‘rish qobiliyatini oshirish kabi xususiyatlarga ega. Gibberellinlar. Bu birikmalar ham yuqori biologik faollikka ega bo‘lib, o‘simliklarning o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. 1926 yilda yapon olimi ye. Kurosava sholining haddan tashqari tez o‘sib ketishiga (bakanaya), sholida parazit holda yashaydigan gibberella zamburug‘ining tanasidan ajraladigan moddalar sababchi ekanligini aniqladi. 1938 yilda esa Yabuta va Sumikilar birinchi marta gibberella zamburug‘idan gibberellinni sof kristall holida ajratib oldilar va gibberellin (GA) deb nom berdilar. Yuksak o‘simliklar to‘qimasida gibberella va gibberellasimon moddalarning borligi M.Kedli va S.Vesta (1956) aniqlaganlar. Gibberellin kislotaning strukturaviy formulasini 1954 yilda ingliz olimi B.Kross aniqladi. Hozirgi vaqtda gibberellinlarning 70 dan oshiq xili borligi aniqlangan. Bularning ichida eng ko‘p o‘rganilganlari : A1-S19N24O6 ; A2~S19N26O6 ; Az -S19N22O6; A4-S19N24O5 Gibberellinlar poya, ildiz, yosh barglarda sintezlanib, yuqoridan pastga, pastdan esa yuqoriga harakatlanishi va kuchli konsentratsiyada ham zaharsiz bo‘lishi bilan auksinlardan farq qiladi. Gibberellin ta'sirida urug‘, kurtak va kartoshka tuganaklari tinim holatidan uyg‘onadi. Kanop, zigir, tamaki va boshqa past bo‘yli o‘simliklarning bo‘yiga o‘sishini, gullash va meva tugish jarayonlarini tezlashtiradi. Lekin ildizlarning o‘sishiga deyarli ta'sir etmaydi. Gibberellinlar ta'sirida uzun kun o‘simliklarning qisqa kunda gullashi tezlashadi. Gibberellin notsiklik fotofosforlanish jarayonining o‘tishini tezlashtiradi.30 G ibberellinlarning o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga ta'siri ularning o‘simliklar organizmida sodir bo‘ladigan modda almashinuviga ta'siri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular ta'siridan fotosintez jarayoni jadallashadi. Nuklein kislotalari, oqsillar va membranalar tarkibiga kiruvchi fosfolipidlarning sintezi va bu jarayonlarda ishtirok etadigan fermentlarning faolligi ham oshadi. Gibberelindan foydalanish. Hozirgi vaqtda hamdo‘stlik mamlakatlarida bir yilda 300 kg gibberellin ishlab chiqarilmoqda. Gibberellinlar ko‘proq qimmatbaho bo‘lgan urug‘siz (kishmish) uzum navlarining hosilini oshirishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Gibberellinlarning ijobiy ta'siri shundaki, bu uzum navlarining mahsulotini sifati yomonlamagan holda uzum mevasining kattaligi keskin darajada (2-3 marta) ortadi. Tokga gullashini o‘rtasida va oxirida gibberellin bilan ishlov beriladi. Gibberellinni qo‘llashni me'yori 25-35 g/ga ni tashkil etadi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining janubida joylashgan respublikalarda gibberellinlardan kartoshka o‘simligidan ikki marta hosil olishda foydalanilmoqda. Yangi qazib olingan ertaki kartoshka tuganaklariga gibberellin eritmasi bilan ishlov berilsa, ular o‘sishga boshlaydi. Bunda gibberellinni qo‘llash me'yori 1-2 g/ga, gibberellin konsentratsiyasi esa 1 mg/l ga teng bo‘lishiga e'tibor berish talab etiladi. Gibberellinlardan bodringning seleksiyasi va urug‘chiligida foydalanil-moqda. Bunda gibberellinlar etilenlardan farqli o‘laroq erkak jinslarni namoyon bo‘lishini kuchaytiradi. Chet mamlakatlarida noqulay ob-havo sharoitlarida gibberellin A va A2 aralshmasidan tayyorlangan preparatdan olma va nokning hosilini orttirishda qo‘llanilmoqda. Uzumning va rezavor mevalarga gibberellin bilan ishlov berish (sepish) orqali danaksiz (urug‘siz) partenokarpik mevalar olishda foydalanilmoqda. Sitokininlar. O‘simlik xujayrasining bo‘linishini jadallashtiruvchi, qarishga va urug‘ning tinim davridagi jarayonlarga ta'sir ko‘rsatuvchi xamda o‘sishni boshqa tomonlarini boshqarilishida ishtirok etuvchi 6-aminopurin qatoriga kiruvchi organik moddalarga sitokininlar deyiladi. Sitokinin effekti birinchi bo‘lib 1940 y F.Skug tomonidan kokos sutida aniqlangan. Ularni 1955 yilda birinchi marta amerikalik olimlar K.Miller va F.Skug seld tuxumi suyuqligidan ajratib oldilar. Bu birikmalar kristall holda ajratib olingandan keyin ular 6- furfurolaminopurin (kinetin) ekanligi aniqlandi (S10N9K5O). Keyinchalik kinetin tabiiy sitokininlar guruhiga kirmasiligi aniklandi. 1964 yilda D.S. Letam makkajo‘xorining xom donidan tabiiy sitokinin - zeatinni ajratib oldi. Uruglarning unishi tezlashadi. Kurtaklarning tinim holatidan chiqishi tezlashadi. Modda almashinuvi jarayonida hosil bo‘lgan mahsulotlarning taqsimlanishi ma'lum tartibda saqlanadi. Sargayib qolgan barglar yashil tusga kiradi. O‘simliklarning qurgoqchilikka chidamliligi ortadi. O‘simliklarning issiqlikka chidamliligi ortadi Oqsil parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar yosh barglarga qarab harakatlanadi. Sitokinin ta'sirida meristema hujayralarining o‘sishini differensial fazasini o‘tishi tezlashadi. Sitokinin ta'sirida kallus dan butun bir o‘simlik tiklanadi. Sitokininni auksin va etilen bilan bir jinsli gulli o‘simliklarga ta'sir etilganda urg‘ochi gullar, gibberellin bilan ta'sir etilganda esa erkak gullar hosil bo‘ladi. Tabiiy ingibitorlar Etilen. Etilen o‘simliklarda hosil bo‘ladigan tabiiy birikmadir. Etilenning (SN2=SN2) fiziologik ta'sirini birinchi marta 1901 yilda D.N.Nelyubov yozgan edi. Keyinchalik Yu.V.Rakitin tabiiy etilenning o‘simliklardagi fiziologik ahamiyatini har tomonlama o‘rganib, u mevalarning pishishida ishtirok etadigan gormon, degan fikrni ilgari surdi. Etilen mevalarning pishishini, meva barglarning to‘kilishini tezlashtiradi poya hamda ildizlarning o‘sishini to‘xtatadi. Hujayralarning bo‘linish va cho‘zilish fazalarini susaytiradi, umuman qarish jarayonini jadallashtiradi. U asosan o‘simlikning gulida, bundan tashqari qariyotgan barglarda va mevalarda ko‘p sintezlanadi. Abssizinlar. O‘simliklar bargini to‘kilishi va ularni tinim davriga ketishini boshqaruvchi yoki o‘sishni susaytiruvchi moddalarga absizinlar (dorminlar) deyiladi. Bu birikmalar birinchi marta 1961 yilda V.Lyu va X.Karns tomonidan g‘o‘zaning pishgan ko‘saklaridan kristall holda ajratib olingan. Unga abssizin (inglizcha - a'8S188op - ajralish, to‘kilish) deb nom bergan. 1963 yilda Fransiyada o‘stiruvchi moddalar bo‘yicha o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyada abssizinlarning mavjudligi to‘la tasdiqlandi va shu yilning o‘zida abssiz kislotaning (ABK) molekulyar strukturasi aniqlandi: Abssiz kislota (ABK) o‘sishni to‘xtatuvchi tabiiy birikma bo‘lib, boshqa o‘sishni boshqaruvchi fitogormonlar (auksinlar, gibberellinlar va sitokininlar) kabi o‘simlikda hosil bo‘ladi. Butun tanaga tarqaladi va juda oz miqdorda ta'sir etadi. Shuning uchun ham abssiz kislotasi - o‘sishni to‘xtatuvchi gormonlar deb atalgan. Abssizinlar fenolli ingibitorlarga nisbatan juda kuchsiz konsentratsiyalarda ham ta'sir etadi. Ular o‘simlikning o‘sishini susaytirishda, urug‘larning unishini to‘xtatishda, meva va barglarning to‘kilishida, gullarning kech hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Abssizinlar ayniqsa o‘simliklarning qariyotgan organlarida (barglarda, mevalarda, urug‘larda) ko‘p miqdorda to‘planadi. Ular nuklein kislotalar, ayniqsa DNK, oqsillar, xlorofillning sintezini susaytiradi. Etilen. Etilenning muhim funksiyasi bu uning ta'sirida urg‘ochi jinsli gullarning sonini ortishiga ijobiy ta'sir qilishidir. Etilen ta'sirida xom holatda transportirovka qilish maqsadida terilgan mevalarning oxirigacha pishishini tezlatishdan iborat. Masalan, banan va boshqa sitrus o‘simliklarining mevalarini tarnsportirovka qilish maqsadida xomroq holatda terib olinadi. Shundan so‘ng mazkur mevalarni etilen to‘ldirilgan kameralarda saqlanganda ular tez va bir tekisda yetilishga ulguradilar. Etilen moddalariga misol qilib 1946 yilda M.I.Kobachnik va P.A.Rossiyskiylar sintez qilgan 2-xloretilfosfon kislotasini ko‘rsatish mumkin. O‘tgan asrning 60-yillarini oxirlaridan ta'sir qiluvchi moddasi etilen bo‘lgan qator preparatlar - etrel, etefon, kompazan, xlordimeks, terpal, dekstrel va boshqalar qishloq xo‘jaligi Gidrel va dekstrel pomidor mevalarini tez va bir vaqtda yetilishiga yordam beradi. Bu esa hosilni kombaynlar yordamida bir martaning o‘zida terib olish imkoniyatini beradi. Bunda yetilgan-to‘la pishgan tomat mevalarining soni 3-4 marta ortib 70-80% ga yetadi. Ko‘pgina mamlakatlarda etrel preparatidan shaftoli, sitruslar tokning ba'zi navlari, krijovnik, qora smorodina mevalarini mexanizatsiya yordamida yig‘ib olishda foydalanilmoqda. Etrel urg‘ochi gulli bodring o‘simliklarini erkak jinsiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi va bir vaqtning o‘zida bir nechta bir xil kattalikdagi portenokarpik mevalarni hosil bo‘lishini ta'minlab, hosilni bir martaning o‘zida kombayn yordamida yig‘ib olish imkonini beradi Abssiz kislotasi juda qimmatli bo‘lib, hozirchalik uning arzon bo‘lgan va hamma sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sun'iy analoglari ishlab chiqarilgancha yo‘q. Shuning uchun uni amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalari ishlab chiqilganicha yo‘q. Sitokininlarni amalda qo‘llash bo‘yicha talaygina tadbirlar ishlab chiqilgan. Ularning sun'iy analoglari hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda har tomonlama sinovlardan o‘tkazilmoqda. Download 477.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling