6-mavzu. O`sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularni qishloq xo`jaligida qo`llanilishi. Stress omillar va ularga o`simliklarning javob reaksiyasi. Reja
O‘simliklarning sho‘rga chidamliligi
Download 477.96 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
2. O‘simliklarning sho‘rga chidamliligi
O‘simliklarning tuproqdagi ko‘p miqdor tuzlarga chidamliligi sho‘rga chidamliligi deyiladi. Iqlimi issiq va quruq bo‘lgan tumanlarda, dengizlar sohili atrofida, tuzli ko‘llar atrofida sho‘rlangan yerlar uchraydi. Sho‘rlanishga asosiy sabab natriy tuzlari NaS1,, Ma2304, MaS03) dir. Bular ichida eng zararlisi sodali sho‘rlanish (MaS03) bo‘lib, bunda tuproqda o‘yuvchi ishqor (ShON) to‘planadi, bu o‘z navbatida zararlidir. Tuproqlarning sho‘rlanishi ba'zan magniyli yoki kalsiyli ham bo‘lishi mumkin. Tuproq bir qancha tuzlar ta'sirida sho‘rlanishi mumkin, shulardan birortasi ko‘proq bo‘lgani sababli, ko‘proq uchragan tuzlar miqdori bilan nomlanadi. Tuz miqdoriga va uning qatlamlarda tarqalishiga ko‘ra, sho‘r tuproqlar sho‘rtob va sho‘rhok tuproqlarga bo‘linadi. Sho‘rtob tuproqlarda tuzlar tuproqning pastki qatlamida (80 sm) to‘planadi. Bunday tuproqlarda ularning ustki qavatida tuz bo‘lmasada, ular strukturasiz bo‘lganligi sababli namlantirilganda tuproqning yopishqoqligi kuchayib, o‘zidan suv va havoni o‘tkazmay quyadi. Sho‘rhok tuproqlar tarkibida 1-3% tuz bo‘ladi va ularda madaniy o‘simliklar o‘sib rivojlanmaydi. Sho‘rhok tuproqlarda tuzlar tuproqning ustki qatlamlarida qattiq yoki yumshoq qavat bo‘lib to‘planadi. Tuproqdagi tuzlar me'yoridan ortiqcha bo‘lishi ko‘pchilik madaniy o‘simliklar uchun zararlidir. Bunday sho‘rlangan tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklar galofitlar deyiladi. Galofitlar fiziologik va anatomik belgilari bilan oddiy o‘simliklardan ajralib turadi. Galofitlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin. 1-guruhga kiruvchi galofitlarning poyasi va barglari yumshoq bo‘lib, tuzlarga chidamliligi yuqori bo‘ladi, ular tuzlarni hujayralarida to‘playdi. Yuqori osmotik bosim (100-200 atm) hosil qilib, sho‘rlangan tuproqlardan suvni so‘rib olish mumkin. Bularga misol qilib olabo‘ta, qorasho‘ra o‘simliklarini olsak bo‘ladi.37 2- guruhdagi o‘simliklar protoplazmasi tuzlarni o‘tkazuvchanligi bo‘yicha alohida e'tiborga ega bo‘lib, ulardagi osmotik bosimni tashkil qiladi. Ammo bu tuzlarni o‘simliklar organlarida to‘plamaydi, balki maxsus bezchalar yordamida suv bilan tashqi muhitta chiqaradi. Bularga kermek va jiyda o‘simliklarini misol qilib olsak bo‘ladi Quruq havoda bu o‘simliklar bargi tuz bilan qoplansa, so‘ngra shamol ularni uchirib ketadi. 3- guruhdagi o‘simliklar ildiz sistemasi tuzlarni oz o‘tkazish xossasiga ega bo‘lib, tuzlar o‘simliklarda to‘planmaydi. Yuqori osmotik bosim, yetarli suv bilan ta'minlanishni tashkil qilsada, asosan organik moddalar va qandlar hisobiga kuchli tuproq eritmasidagi suvdan foydalanadi. Bularga turli shuvoq o‘simliklarini misol qilib olsak bo‘ladi. Tuzlar ta'sirida o‘simliklar to‘qimalarida nafas olish jarayonlari jadallashib fotosintez susayadi, oqsillarning parchalanishidan hosil bo‘lgan (MN3) ammiak o‘simliklar uchun zararli hisoblanadi. G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga tuproqdagi tuzlarning ta'sirini quyidagi rasmdan ko‘rish mumkin . O‘simliklarning sho‘rga chidamliligini oshirish uchun sho‘r tuproqli yerlarda o‘sadigan o‘simliklar urug‘idan sho‘rga chidamli navlarni yaratishda foydalaniladi. Bunda o‘simliklar ontogenezida sho‘rga moslashish natijasida hosildorlik ortganligi kuzatilgan. Ikkinchidan, tuproq sho‘rini yo‘qotishda ekin maydonlaridagi tuzlarni yuvish uchun drenaj va zovurlar qazish, ya'ni ekin ekiladigan maydonlarning melioratsiya holatini yaxshilash zarur. Uchinchidan, ekin maydonlariga makro va mikroelementlarga boy mineral va organik o‘g‘itlar solish darkor. To‘rtinchidan, P.A.Genkel va I.V.Svetkovalar o‘simliklarning sho‘rga chidamliligini oshirish uchun urug‘ni 3 va 6% li №S1 eritmasida bir soat saqlab, 1,5 soat davomida suvda ivitib sho‘r yerga ekish afzalligini asoslab berdilar. Download 477.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling