1- laboratoriya mashg’ulot Tabiiy tanlanish O’quv mashg’ulotning maqsadi
Download 33.5 Kb.
|
1-Laboratoriya mashg\'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv mashg’ulotning vazifasi
- Laboratoriya mashg’ulot ning didaktik maqsadi: Tabiiy tanlanish
- O’quv mashg’ulotning mazmuni
- Uyga vazifa.
- Mavzuga xulosa yasaladi
1- laboratoriya mashg’ulot Tabiiy tanlanish O’quv mashg’ulotning maqsadi: Tabiiy tanlanish - organizmlar evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Tabiiy tanlanish haqidagi taʼlimot Ch. Darvin tomonidan yaratilgan (1858— 59). Olimning fikricha, Tabiiy tanlanish — yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nayel krldirishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning esa qirilib ketishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi va moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. O’quv mashg’ulotning vazifasi: Tabiiy tanlanish ning bevosita natijasi esa organizmlarning tashki muxitning muayyan sharoitiga moslanishi mukammallashishidan iborat. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilmaxilligi orta boradi; progressiv evolyutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud boʻladi.Tabiiy tanlanish haqidagi Ch. Darvin konsepsiyasi S. S. Chetverikov, R. Fisher, S. Rayt, I. I. Shmalgauzen, J. Xoldeyn, F. G. Dobrjanskiy va boshqa olimlarning ishlarida yanada rivojlantirildi. Tabiiy tanlanish ning genetik mohiyati populyatsiyada ixtisoslashgan muayyan genotiplarning saqlanib, genlarning keyingi avlodga uzatilishida tanlanib ishtirok etishidan iborat. Laboratoriya mashg’ulotning didaktik maqsadi: Tabiiy tanlanish haqida tushuncha berish Kerakli jihozlar. Globus, xarita,diagramma,mavzuga oid rasmlar. Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasining kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash metodi Mashg’ulotning borishi 1. Tabiiy tanlanish evlutsiyaning asosiy omili 2. Tabiiy tanlanishning samaradorligi va ta’sir etish tezligi 3. Tabiiy tanlanish fo’rmalari O’quv mashg’ulotning mazmuni: Tabiiy tanlanish alohida olingan fenotipga yoki genga taʼsir etmaydi, balki genotipning tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsiri natijasida shakllanadigan (qarang Genotip) muayyan fenotip (tirik organizmning barcha belgilari yigʻindisi)ga taʼsir qiladi. Tabiiy tanlanish organizmlar oʻzgaruvchanligining bevosita sababchisi boʻlolmaydi, lekin mutatsiyalarning tezligi va yoʻnalishiga taʼsir koʻrsatadi. Bu jarayon Tabiiy tanlanish ning ijodiy roli deyiladi. Tabiiy tanlanish taʼsiri yirik populyatsiyalarda aniq bilinadi. Populyatsiyadagi individlar sonining kamayib borishi bilan tasodifiy omillarning ahamiyati ortib boradi. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlarga taʼsir qilish (individual tanlanish) bilan birga organizmlar guruhiga ham taʼsir koʻrsatadi (guruhli tanlanish). Bu jarayon alohida organizm uchun foydasiz, lekin ular guruhi uchun foydali boʻlgan belgilarning sak,lanib qolishiga imkon berishi mumkin. Shu tariqa yuksak hayvonlarda altruistik belgilar shakllanadi, mas., qushlarning qichqirigʻi ularning oʻzini dushmanga oshkora qilib qoʻyganidan ayrim individga zararli boʻlsada, xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi signal boʻlgani tufayli turning boshqa individlari uchun foydali hisoblanadi. Tabiatda Tabiiy tanlanish bir necha yoʻnalishda taʼsir qiladi va har xil natijaga olib keladi. Shuning uchun Tabiiy tanlanish harakatlantiruvchi tanlanish, dizruptiv tanlanish, turgʻunlashtiruvchi tanlanish, jinsiy tanlanish kabi xillarga ajratiladi. Antidarvinizmga mansub turli konsepsiyalar Tabiiy tanlanish ni evolyutsiyaning asosiy omili sifatida tan olishmaydi (yana q. Sunʼiy tanlash). Uyga vazifa. 1.Xar bir erada vujudga kelgan aromorfoz, idioadaptatsiyalarni jadvalga solib taqqoslang. 2. Yangi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘ring. Topshiriq: 1.Harakatlanuvchi tanlanish 2.Stabillashtiruvchi tanlanish 3.Tabiiy tanlanishning ijobiy roli 4.Moslanish tabiiy tanlanish natijasi ekanligi Mavzuga xulosa yasaladi.O’qituvchi tomonidan o’quvchilarning alohida baholar va guruh bilan yig’gan ballari hisoblanib,har bir o’quvchi baholandi. Uyga vazifa berish:Yangi mavzu bo’yiga Tabiiy tanlanish haqida qo’shimcha internet ma’lumotlarini izlab toppish Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling