Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

 
25-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
STERIL О‘SIMTALAR О‘STIRISH 
Materiallar va jihozlar: soya, nо‘xat, loviya, bodring va boshqa о‘simliklar 
urug‘i, sterillangan Petri chashkasi (1 dona), ostiga namlangan filtr qog‘oz qо‘yib 
sterillangan 300-500 ml li konussimon kolba, yarmigacha garmonsiz M-S oziqa muhiti 
bilan tо‘ldirilgan probirkalar, sterillangan suv, 2 dona sterillangan kimyoviy stakan. 
Qisqacha ma’lumot: Sterillangan о‘simtalar kallussimon yoki kimyoviy shishlar 
shaklidagi muhitlar olish maqsadida yetishtiriladi. Tajriba maqsadlariga qarab ular 
oddiy suvda yoki agarlangan oziqa muhitlarida о‘stiriladi. 
Ishning borishi: 10 dona sog‘lom va bir xil hajmdagi urug‘lar ajratib olinadi. 
Urug‘lar sovunli suvda yuviladi va oldin oddiy suvda keyin distellangan suv bilan 
chayib tashlanadi. Urug‘lar doka xaltachalarga solib, 1-2 minut spirtga botirilgandan 
sо‘ng 1,5% li sulema yoki diatsid eritmalarida 15 minut davomida sterillanadi. 
Sterillangan urug‘lar 5-6 marta sterillangan suv bilan yuvib tashlanadi. Urug‘lar laminar 
boksdagi oldindan tayyorlab qо‘yilgan. Namlangan filtr qog‘ozli kolbaga pinset 
yordamida joylashtiriladi. Hajmi kichik bо‘lgan urug‘larni, m-n: tamaki, sabzi va 
boshqalarni Petri chashkasida о‘stirilsa ham bо‘ladi. 
Urug‘lar ulardan о‘simtalar olish uchun yetishtirilganda, har bir M-S oziqa muhiti 
solingan probirkaga bir donadan urug‘ joylashtirib yetishtiriladi. 


Probirkalar, Petri chashkalari va kolba 25-26 gradusli termostatga, yorug‘liksiz 
undirish uchun joylashtiriladi. Agar tajriba etilinlanmagan о‘simtalar oltitaga 
mо‘ljallangan bо‘lsa, ular yorug‘lik sharoitida yetishtiriladi. 
 
26-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
FITOREGULYATORLAR YORDAMIDA KARTOSHKA TUGANAKLARINI 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling