Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Mikroskopning buyum stolchasiga tayyor bo‘yalgan mazokni qo‘yib, tutqichlar bilan mahkamlanadi. 3
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ezilgan tomchi” preparati.
2. Mikroskopning buyum stolchasiga tayyor bo‘yalgan mazokni qo‘yib,
tutqichlar bilan mahkamlanadi. 3. Tekshirilayotgan materialni yaqqol va yaxshi ko‘rinadigan joyini topib, preparatni ob’yektivlarda (8,40) ko‘riladi. 4. Mikroskopning tubusi ko‘tariladi va revolver yordamida immersion ob’yektiv (90, 120) o‘rnatiladi. 5. Preparat ustiga tayoqchada bir tomchi immersion moyi tomiziladi, moyga immersion ob’yektiv tushiriladi. Mikroskopning ko‘ruv maydonida ob’yekt (tekshiriladigan material) ko‘rinadi. Bundan keyin mikrovint bilan fokus aniq to‘g‘rilanadi, natijada ravshan, aniq tasvir vujudga keladi. Ob’yektivni makrovintini juda sekin va avaylab tushirish kerak, aks holda ob’yektiv linzasi buyum stolchasiga taqalib, buzilib qoladi. Immersion ob’yektiv ishlatilgandan so‘ng uni artish uchun benzinga ho‘llanganpaxta lattadan foydalaniladi. 2- LABORATORIYA MASHG ‘ ULOTI. MIKROORGANIZMLARDAN PREPARAT TAYYORLASH VA BO’YASH USULLARI Tirik holatdagi mikroorganizmlar “ezilgan tomchi”, “osilgan tomchi” va “tamg‘a” kо‘rinishidagi preparatlar yordamida kuzatiladi. “Ezilgan tomchi” preparati. Buyum oynasiga suv, bulyon yoki fiziologik aralashma (NaClning 0,5% li aralashmasi)ning kichik bir tomchisi tomiziladi. Unga ilmoq yoki iga yordamida qattiq ozuq muhitidan olingan kultura yoki о‘rganilayotgan boshqa material (xamir, achitqi sharbat va hakazo) qо‘shiladi. Shundan keyin sal loyqalangan suspenziya hosil bо‘lgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. Suyuq muhitlarda о‘sgan mikroorganizmlarni kuzatilayotganda buyum oynasida suv tomchisini tomizish shart emas. Qoplagich oynaning cheti mikroorganizmoar tomchisi chekkasiga qо‘yiladi va oynalar orasida mikroskopda kо‘rish uchun halaqit beruvchi xavo pufakchalari hosil bо‘lmasligiga harakat qilib, sekin-asta tushiriladi. Ilmoqning shisha uchi bilan qoplagich oyna buyum oynasiga qisiladi. Qoplagich oyna chetidan chiqib qolgan ortiqcha suyuqlik filtr qog‘oz parchasi bilan artib olinadi. “Ezilgan tomchi” preparati yordamida yorug‘ va qora maydonlarda hujayralarning shakli va о‘lchamlari, fiziologik holatlari, kо‘payish turlari, sporalarning joylashishi, zahira ozuq moddalarning mavjudligi, harakatchanligi aniqlanishi mumkin. Hujayralarning harakatchaligini aniqlashda ularning haqiqiy xarakatini braun harakatidan farqlash lozim, Braun harakatida hujayralar bitta joyda qolgan holda tebranma harakatni amalga oshiradi yoki suyuqlik oqimi bо‘yicha kо‘chadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling