Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1-rasm Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash
- “Osilgan” tomchi tayyorlash.
- Surtma (quruq preparat)tayyorlash.
Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash.Toza buyum oynasiga pipetka bilan
toza suvdan bir tomchi tomiziladi. Keyin spirt lampasi alangasida cho‘g‘ bo‘lguncha qizdirilgan mikrobiologik sirtmoq bilan zarur mikroorganizmlar olinib, suv tomchisiga qo‘shib aralashtiriladi. Shundan keyin sirtmoqqizdirilib, undan qolgan mikroorganizmlar yo‘q qilinadi. 6.1-rasm Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash 1-pipetka; 2-suv; 3-buyum oynasi; 4-pinset; 5-mikroorganizm; 6-qoplag‘ich oyna; 7-tayyor mikropreparat. Qoplag‘ich oynani tomchi chetiga qirrasi bilan qo‘yib, keyin asta-sekin butun tomchini yopish kerak. “Osilgan” tomchi tayyorlash. “Osilgan” tomchi tayyorlash uchun o‘rtasida dumaloq chuqurchasi bo‘lgan maxsus buyum oynalaridan foydalaniladi. Chuqurchaning tashqi chetlariga vazelin surtiladi, so‘ngra toza qoplag‘ich oynaning o‘rtasiga mikrobiologik sirtmoq bilan yuqorida aytilgan usulda bakteriyalar aralashgan kichik suv tomchisi surtiladi. Shundan keyin qoplag‘ich oyna tomchili tomoni bilan shunday ag‘darib qo‘yiladiki, undagi tomchi buyum oynasidagi chuqurchaning o‘rtasi ustidan osilib turadi, qoplag‘ich oynaning chetlari chuqurcha chetlariga surtilgan vazelinga yopishadi. Vazelin surtilganligi uchun chuqurchaga havo kirmaydi va tomchi qurib qolmaydi. Ezilgan va osilgan tomchi preparatlari bakteriyalarning harakatini tekshirishga imkon beradi. Surtma (quruq preparat)tayyorlash.Mikroorganizmlarni immersion ob’yektiv bilan katta qilib ko‘rish uchun o‘ldirilgan mikroblardan quruq preparat tayyorlanadi. Bu preparatlar mikrobiologik amaliyotida ko‘p qo‘llaniladi. Ularni bo‘yalgan holda mikroskop ostida ko‘riladi. Fiksatsiyalangan preparatlarning mohiyati shundan iboratki, tirik ob’yektning hayot faoliyati to‘xtatilib, uning tuzilishi saqlab qolinadi. Fiksatsiyalanish tufayli hujayra shishaga mahkam yopishadi va yaxshi bo‘yaladi. Fiksatsiyalangan preparatlar patogen mikroorganizmlar bilan ishlaganda juda muhim (xavfsizlik nuqtai nazaridan). 6.2-rasm Preparat va qoplag‘ich oynalar Maxsus preparat oynasi 6.3-rasm Preparat tayyorlash uchun zarur asosiy jihozlar Buyum oynasi etil spirti va oltingugurt efirini (1:1) aralashmasidan iborat suyuqlik bilan maydon tozalangandan so‘ng, uning sirtiga bir tomchi vodoprovod suvi tomiziladi. Kuydirilgan bakterial ilgak yordamida mikroorganizm ekilgan probirkadan uning ma’lum massasini olib, suv tomchisiga qo‘yiladi. Ilgak yordamida tomchidagi massa buyum oynasi sirtiga, taxminan 4 см 2 yuzaga surtiladi. Suspenziya quyuq bo‘lsa, suv bilan suyultiradi. Buning uchun steril ilgak yordamida ozgina suspenziyadan olinadi va boshqa buyum oynasidagi bir tomchi suvga qo‘shiladi. So‘ngra yupqa qilib surtiladi va buyum oynasi uy haroratida yoki spirt lampasining alangasidan ancha yuqori qilib ushlangan holda quritiladi. Mazokni quritishda qattiq qizdirish mumkin emas, chunki hujayra oqsillari ivishi natijasida uning tuzilishi va shakli o‘zgarib ketadi. Quritilgan preparat fiksatsiyalanadi. Hujayra shakli o‘rganiladigan bo‘lsa mazokni fiksatsiyalash spirt lampasi alangasi ustida, agar hujayrani ichki tuzilishi o‘rganiladigan bo‘lsa kimyoviy birikmalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi holatda preparat alanga ustidan yon tomoni bilan 3-4 marta sekinlatib o‘tkaziladi. Kimyoviy moddalar bilan fiksatsiyalanganda xrom birikmalaridan, formalin, atsetondan foydalaniladi. Preparatni fiksatsiyalashning keng tarqalgan usullaridan biri, uni 96% etil spirti va efirni (Nikiforov eritmasi) teng miqdordagi aralashmasi bilan ishlov berish hisoblanadi. Bunda preparat ma’lum vaqtga fiksatsiyalovchi suyuqlikka botirib qo‘yiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling