Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

 
4- LABORATORIYA MASHG

ULOTI.. 
STERILLASH USULLARI 
Mashg‘ulot o‘tish tartibi: Mikrobiologik sirtmoqni spirt lampasi alangasida 
sterillanadi. Sterilizatorda shprits, pinset va ninalarni qaynatiladi. Petri likobchalarni
probirka va Paster naychalarini o‘rab so‘ngra quritish shkafiga qo‘yiladi. Avtoklavni 
ishga tayyorlanadi. Probirkalarga 9 mldan suv solib, tayyor oziqa muhitlarni avtoklavga 
sterilizatsiya qilish uchun qo‘yiladi. Zeyts filtri bilan suyuqliklar filtrlanadi. 
Talabalar avtoklav, quritish shkaflari, Paster pechi bilan tanishtiriladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: Avtoklav, quritish shkafi, Kox apparati, kolbalar, 
suv hammomi, elektr plita, voronkalar, probirkalar va Petri likobchalari, Paster 
naychasi, mikrobiologik sirtmoq, idishlarni o‘rash uchun qog‘oz, paxta, oziqa muhitlar, 
shprits va ninalar. 


Sterillash mikrobiologiya amaliyotida eng muhim jarayon hisoblanadi. Sterillash 
lotincha sterilis so‘zidan olingan bo‘lib, “pushtsizlantirish” degan ma’noni 
bildiradi. Amaliyotda sterillash, Bu olingan ob’yektni ustidagi va ichidagi barcha tirik 
organizmlardan xalos etish degani. Sterillash so‘zi absolyut sterillangan yoki 
sterillangan degan ma’noni bildiradi, bunda “qisman” yoki “to‘liq sterillanmagan”, 
sterillanganga yaqin”, “deyarli sterillangan” degan ma’nolarni bildirmaydi. 
Sterillashning termik va sovuq usullari bor. Mikrobiologiyada termik 
sterillashning quyidagi usullari qo‘llaniladi: alangada kuydirish va qizdirish, quruq 
(issiq havo bilan) sterillash, bosim yordamida bug‘ yordamida sterillash 
(avtoklavlash), pog‘onali sterillash (tindallash), qaynatish. Sovuq sterillashdan 
filtrlash, gaz hosil qiluvchi moddalar bilan sterillash, ultrabinafsha nurini ta’sir ettirish 
va boshqalardan foydalaniladi. 
Sterillash usullarini tanlashda olingan ob’yektning fizik-kimyoviy xususiyati va 
tadqiqotning oldiga qo‘ygan maqsadi e’tiborga olinadi. 
Sterillash - mikroorganizmlar va ularning turli materiallardagi sporalarining 
to‘liq yo‘q qilishdir. Sterillash bir necha usullar yordamida: fizik (yuqori harorat, 
ultrabinafsha nuri bilan), mexanik (mikroorganizm hujayralarini filtrda ushlab qolish) 
va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling