Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Preparatlarni bo‘yash usullari.
- Oddiy usul.
Quruq preparatni bo‘yash. Mazokni bo‘yashda preparatni preparat ushlagichga
o‘rnatiladi. Mazokka bir necha tomchi bo‘yovchi suyuqlik tomiziladi. Bo‘yovchi suyuqlik va tadqiqotning maqsadiga qarab bo‘yash muddati turlicha bo‘ladi (1-5 daq. ayrim hollarda 30 daq.va undan ko‘p). Preparat bo‘yalgandan so‘ng, uni suv bilan yuviladi va filtr qog‘oz yordamida suv qoldiqlari shimdirib olinadi, havoda quritiladi va mikroskop ostida kuzatiladi. Bunday quruq preparat surtma deyiladi. Tayyorlangan surtma fiksatsiya qilinadi (qotiriladi), ya’ni spirt lampasi alangasiga uch marta tutib olinadi. Umuman preparatlarni fiksatsiya qilish uchun spirt lampasi alangasi, spirt bilan efir va kislota bilan formalin aralashmalari ishlatiladi. Surtmani bir necha daqiqa davomida eritmaga solib ham fiksatsiya qilish mumkin. Surtma fiksatsiya qilinganda buyum oynasidagi mikroorganizmlar o‘lib, oynaga yopishadi va yaxshi bo‘yaladi, buning sababi, bo‘yoq tirik protoplazmadan ko‘ra, o‘lik protoplazmaga yaxshiroq o‘tadi. Preparatlarni bo‘yash usullari. Bo‘yashning oddiy va differensiyalashgan usullari mavjud. Oddiy bo‘yashda biror bir bo‘yovchi modda masalan, ishqorli yoki karbolliy eritmasi metilen ko‘ki, fuksin, binafsha rang gensian ishlatiladi. Bunda hujayraning hamma qismi bo‘yaladi. Turli bo‘yoqlar bilan differensiyalashgan bo‘yashda esa hujayraning ma’lum bir tegishli qismi bo‘yaladi. Bunga sporalarni Gramm usulida bo‘yashni keltirish mumkin. Mikrobiologiya texnikasida mikroorganizmlarni bo‘yash uchun quyidagi anilin bo‘yoqlari ishlatiladi: qizil bo‘yoqlardan - asosan fuksin, eritrozin; ko‘k bo‘yoqlardan- metilen ko‘ki, tionin; binafsha bo‘yoqlardan - gensian violet, metil violet va boshqa bo‘yoqlar ishlatiladi. Mikroblar quyidagi usullarda bo‘yaladi: 1. Oddiy usul. Bunda fiksatsiya qilingan preparatlar faqat bir xil fuksin, metilin ko‘ki, gensian violet kabi bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. 2. Murakkab usul. Bunda fiksatsiya qilingan preparat bir necha xil bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Masalan: bakteriyalarni Gramm va bakteriya sporalarini Sil-Nilsen usulida bo‘yashlarni keltirish mumkin. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling