Agrobiotexnologiya fanining asosiy yo‘nalishlari
Download 267 Kb.
|
Agrobiotexnologiya 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik (sanoat) mikrobiologiyada
Agrobiotexnologiya fanining asosiy yo‘nalishlari.
Biotexnologiya yo‘nalishlarining vazifalari quyidagilardir: -Sog‘liqni saqlash sohasida turli kasalliklarni davolash, diagnostikasi va profilaktikasi uchun yangi biologik aktiv moddalar va dorivor preparatlarni yaratish; -Qishloq ho‘jaligi o‘simliklarini kasallik qo‘zg‘atuvchilar va zararkunandalardan himoyalashning biologik vositalarini, bakterial o‘g‘itlar va o‘simlik va hayvonlarning o‘sish regulyatorlarini; -noqulay atrof-muhit omillariga chidamli yangi o‘simlik navlarini hamda foydali xususiyatga ega bo‘lgan yangi hayvon zotlarini (transgen hayvonlar)ni yaratish; -Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining mahsuldorligini oshirish uchun qimmatli ozuqa qo‘shilmalarini (ozuqaviy oqsil, aminokislotalar, vitaminlar, ozuqalarni hazm qilishga yordam beruvchi fermentlar va b.) yaratish; -Qishloq ho‘jaligi va veterinariyada turli maqsadlarda qo‘llanadigan yuqori samarali preparatlarni bioinjenerlik metodlari yordamida yaratish; -Oziq-ovqat, kimyoviy va mikrobiologik sanoat uchun qimmatli mahsulotlarni yaratish va ularni olishning yangi texnologiyalarini yaratish;Agrobiotexnologiya ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan mayda tirik mavjudodning shaklnini, katta-kichikligini, o’sishini hayot kechirish jarayonlarini turli xil usullar yordamida o’rganadigan fandir. Mikrobiologiya fanining tarmoqlariga kelsak, bu mikroorganizmlar tarqalishi, hayot kechirish tarzi qanday jarayonlardan iboratligidan kelib chiqadi. Chunki mikroorganizmlar havoda, suvda, tuproqda, o’simliklarda, hayvonlarda, odamlarda mavjud. Ana shu mikroorganizmlar yashash tarzi davomida juda keng ko’lamdagi foydali ishlari ham juda xunuk oqibatlarga olib keladigan zararli ishlarni ham amalga oshira oladilar. Shuning uchun hamma mikroorganizmlarni bir xilda yondoshmasdan alohida tarmoqlari bo’yicha o’rganish samaralidir. Shu sababdan ham texnik (sanoat) mikrobiologiyasi, suv mikrobiologiyasi geologik mikrobiologiya tibbiyot mikrobiologiyasi, sanitariya mikrobiologiyasi, chorvachilik mikrobiologiyasi, tuproq yoki qishloq xo’jaligi mikrobiologiyasi kabi tarmoqlarga ajratilgan. Texnik (sanoat) mikrobiologiyada – pivo pishirish, vinochilik, nonvoychilik, qishloq va boshqa sut maxsulotlarini ishlab chiqarish. Shuningdek sut kislota, moy kislota, sirka kislotasi, spirt, oziqabop oqsil, vitaminlar, fermentlar, antibiotik dori-darmonlar va xokazolarni olishda ham mikroorganizmlardan foydalanish usullari o’rganiladi.Download 267 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling