Agrobiotexnologiya fanining asosiy yo‘nalishlari
Download 267 Kb.
|
Agrobiotexnologiya 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- To’rtinchidan
- Oltinchidan
Hozirgi vaqtda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida biotexnologiyaning rivojlanishiga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Bu biotexnologiyaning boshqa texnologiyalardan, masalan ximiyaviy texnologiyalardan qator ustunlikka ega ekanligi bilan bog’liq. Birinchidan, biotexnologik ishlab chiqarish kam energiya talab qiladi, asosiy biotexnologik jarayonlar normal bosim (740-760 mm.s.u.) va 20-40 S ga yaqin haroratda kechadi Ikkinchidan biotexnologik ishlab chiqarish standart asboblardan foydalanishga asoslangan. Bir xil tipdagi fermenterlar aminokislotalar, vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi. Uchinchidan, biotexnologik jarayonlarni chiqindisiz ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazish murakkab emas. Chunki mikroorganizmlar turli xil substratlarni o’zlashtiradilar, shuning uchun birorta ishlab chiqarish chiqindisini tegishli mikroorganizmlar guruhi yoki shtammlari biotexnologik usullar yordamida qimmatli mahsulotga aylantirishi mumkin. To’rtinchidan, biotexnologik ishlab chiqarish chiqindisiz bo’lganligidan, ularning ximiya sanoatiga nisbatan ekologik tozaligini ko’rsatadi. Beshinchidan, oqsil ishlab chiqishning biotexnologik usuli ancha foydali, chunki u ob-havo sharoitiga bog’liq emas. Bundan tashqari biotexnologik korxonalar qishloq xo’jalik korxonalariga nisbatan kam maydonni egallaydi. Oltinchidan, biotexnologik usulda mahsulot ishlab chiqarish mexanik va ximiyaviy texnologiyalarga nisbatan yirik kapital mablag’lar talab qilmaydi. Ularni o’tkazish uchun yirik zamonaviy apparaturalar kerak emas.Download 267 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling