texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi)dan
iborat.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan
tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush
faoliyatining umumiy
sharoitlarini ta‘minlaydigan sohalrni (uy-joy, madaniy maishiy xizmat, savdo,
umumiy ovqatlanish va boshqalarni) o’z ichiga oladi.
Masalan, qishloq xo’jaligida yerni unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan
ishlarga 75 mlrd so’mdan ortiq mablag’ o’zlashtirildi. Bu mablag’ni ko’p qismi
kollektor-drenaj tarmoqlarini
qayta tiklash va tozalash, pudratchi va suv xo’jaligi
tashkilotlarini lizing asosida zamonaviy texnika bilan ta‘minlashga ishlatildi.
Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganidek: “Qishloqni yangilash va qayta
qurish chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal
rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega”. Shu sababli respublikada qishloq
ijtimoiy
infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz
bilan ta‘minlash Dasturini amalga oshirish bo’yicha 2009 yilda bir qator ishlar
amalga oshirildi va davom ettirilmoqda. (Konstitutsiyaning qabul qilinganligiga 17
yilligi munosabati Prezident i. A. Karimovning ma‘ruzasiga qaralsin. “Xalq so’zi”
gazetasi 6 dekabr, 2009 yil)
Do'stlaringiz bilan baham: