Agrobiznes va agrologistika


Download 27.5 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1219186
Bog'liq
Diyorbek maqola (0) (2)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA CHIQINDILAR MUAMMOSI, CHIQINDILARNING IKKINCHI HAYOTI
Boltayeva Shaxnoz Bebudovna -“Agrobiznes va agrologistika” kafedrasi katta o`qituvchisi
Zayniyev Diyorbek Zokir og`li- Buxoro Davlat universiteti talabasi
Annotatsiya
Makur maqolada O`zbekistondagi chiqindilarining turli xil statiskasi tahlilari va shuningdek oxirgi 4 yilda (2019, 2020, 2021, 2022 yillarda) chiqindining qayta ishlab chiqarish va chiqindini kamaytirish, bo`yicha tadqiqotlar mavjud. Shuningdek chiqindini qayta ishlab chiqarishda yetakchi o`rinlarda turadigan mamlakatlar tajribasi haqida ham so`z boradi. Shuningdek ushbu maqolada qayta ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalarni o`z ichiga olad
Kalit so`zlar: Chiqindilar , qattiq chiqindilar , suyuq chiqindilar , xitoy tajribasi, chiqindining ikkkinchining umri.
Chiqindi -kerakli qismi ishlatilgandan keyingi qoldig`i. Chiqindilarning hozirgi zamonda juda ham ko`p turi mavjud bo`lb hisoblanadi. Chiqindilarni o`zi uchga bo`lsak bo`ladi ; Birinchisi - qattiq chiqindilar; Ikkinchisi - suyuq chiqindilar; uchinchisi- gaz holdagi chiqindilar. Chiqindilar hozirgi kundagi global muammollardan biri bo`lib hisoblanadi. Butun dunyoda chiqindilarni qayta ishlashga ularni kamaytirishga harakatlar olib borilmoqda. Chiqindilar ekologiyaga juda kata zarar yetkazib bormoqda okeanlarda yig`ilib qolgan har xil turdagi chiqindilar suvdagi jonzotlarning nobut bo`lishiga olib kelyapti.
Dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga ko‘paymoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 21 apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni hamda «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarida chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyalari tashkil etilgan. Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri boshqarish tabiiy resurslar o‘zgarishiga, tabiat hodisalarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda.Chiqindilarni qayta ishlash elektr energiyasi va suvdan foydalanishni bir necha bararga kamaytiradi. Masalan, makalaturadan qog‘oz olish nafaqat daraxtlarning kesilishini kamaytiradi, balki elektr quvvatining sarfini to‘rtdan uch qismga qisqartiradi. Bir tonna qog‘ozni qayta ishlab chiqarishga uni yog‘ochdan tayyorlash uchun ketadigan suvning yarmi sarf bo‘ladi. Tobora ko‘payib borayotgan elektron chiqindilar ham insoniyatga xavf solmoqda. Har yili yer yuzida 2 million tonnaga yaqin elektron chiqindi paydo bo‘lmoqda. Misol uchun, birgina mobil aloqa vositasi 500 tadan 1000 tagacha turli qismlardan tashkil topgan. Ularning ko‘pchiligi zaharli og‘ir metallar – qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy va boshqa xavfli kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi. 
Qayta ishlash - mavjud chiqindilarni qayta ishlash jarayonida ikkilamchi xom ashyoni turli jarayonlar va ularni ishlab chiqarish jarayoniga kiritish. Qo'llanilgandan keyin qayta ishlashga yaroqsiz bo'lgan va qayta ishlangan qayta ishlash usullari natijasida qayta ishlanadigan va qayta ishlanadigan chiqindilar to'plami. Urush natijasida yuzaga kelgan resurs muammolari qayta ishlashga bo'lgan ehtiyojning birinchi sababi bo'ldi.
Chiqindilarni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi korxonalarga kamchiqimli texnologiyalarni olib kirish sohani rivojlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 300 ga yaqin korxona qog‘oz, plastik, rezina, shisha, metall va boshqa ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlamoqda. Ammo bu ko`rsatki hozirgi kundagi chiqindilarning kopayib ketishini oldinini olishga kamlik qiladi.
Chiqindi bu eng arzon hamda juda tez mahsulotni tayorlashga kam xarajatlar orqali tayyorlashga yordam beradigan yarim tayyor mahsulot bo`lib hisoblanadi. Qog`oz ishlab chiqarishni oladigan bo`lsak agar , daraxtni parvarish qilishda qancha mineral o`g`itlar unga ketadigan suv xarajatlari uni yetkazib berish unga ishlov berish uni toki qog`oz ko`rinishiga kelguniga qadar juda kata xarajatlar amalga oshadi. Ishlatilgan qog`ozlarni qayta ishlaydigan bo`lsak agar xarajatlar ancha kam bo`lishi va eng asosiysi vaqtdan yutishga olib keladi. Nafaqat qog`oz ishlab chiqarishda boshqa har xil buyumlarni plastmas yoki rezina buyumlarni ham qayta ishlashda bu juda yaxshi ko`rsatkichlarni olib keladi. Hozirgi kunda hayotimizni yelim idishlarsiz tasavvur qila olmaymiz , bitta suv oladigan bo`lsak ham yelim idishda bo`ladi . Yelim idishlarni qayta ishlash ularni tabiatga zararini kamaytirish uchun qanday choralar olib boorish kerak . Eng avvalo ularni qayta ishlash jarayonini to`gri yo`lga yo`naltiradigan bo`lsak agar ulardan har xil rezina shlanglar, unda tola olish orqali kiyimlarni ishlab chiqarish mumkin. Chiqindilarni qayta ishlashda O`zbekiston Xitoy tajribasidan foydalanadigan bo`lsa agar bu juda foydali yo`nalish bo`ladi . Xitoy chiqindilarni import qilish bo`yicha dunyoda yetakchi o`rinlarda turadi. Ma`lumotlarga qaraganda 1992-yildan buyon mamlakat dunyodagi plastik chiqindilarning 45 foizini import qilgan . Xitoydan eksport qilingan yuklarning kontenerlarda qaytishda bo`sh qaytmasligi uchun axlat tashishda maxsus chegirma taklif qilgan.
O`zbekistonda ham xorij tajribasiga asoslangan holda chiqindini qayta ishlash zavodi Buxoro viloyati Kogon tumanida ham qurilgan edi ammo chiqindining kam xarj ammo tez foyda keltirishini bilgan tadbirkorlar mini chiqindini qayta ishlash zavodlarini barpo etgandan so`ng bu zavodga xom ashyo yetishmovchiligi yuzaga keldi. Bu juda ham kulgili bo`lgan bir holatga aylanib qoldi. 1000ming nafar bo`sh ish o`rni yuzaga kelgan zavodda bunday vaziyatdan so`ng hozirgi kunda 300 nafar atrofida ishchi ishlab kelmoqda. Hozirgi kundagi global muammo chiqindidan tanqislig vujudga kelishi zavodning inqirozga yuz tutayotganiga olib kelmoqda. Biz ham zamon bilan hamnafas holda boshqa davlatlardan import qilish vaqtimiz kelmadimi. Chiqindilarni import qiladigan bo`lsak agar yana ushbu zavod o`z qaddini ko`tarishini ko`rishimiz mumkin. Bu esa O`zbekistoning eksport qilinadigan mahsulotlarni ko`payishiga olib keladi. Faqatgina chiqindini qayta ishlab chiqarish unga ikkinchi hayotni berish orqali juda yirik import eksport statiskalari o`sishi mumkin bo`ladi. Bu esa O`zbekiston iqtisodiyoti uchun juda ham yaxshi holat bo`lib hisoblanadi. Bu uchun avvalo nima qilish kerak , chetdan import qilinadigan chiqindilarga ortiqcha boj yoki soliqlarni bojxonadagi ortiqcha xarajatlarni kamaytirgan holda tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratish kerak bo`lib hisoblanadi .
Xulosa qilib aytish mumkinki bugungi kunda juda ham global muammo bo`lgan chiqindilarni qayta ishlab chiqarish natijasida juda ham yaxshi bo`lgan ko`rsatkichlarga ega bo`lish mumkin. Hozir biz faqat qattiq turdagi chiqindilar haqida so`z yuritdik suyuq chiqindilar ham bor ularni qayta ishlash natijasida sug`oriladigan yerlarimizdagi suv yetishmovchiligini ham oldinini olishimiz mumkin bo`lib hisoblanadi. Qattiq yelim idishlar, qog`ozlar qurilish mollaridagi chiqindilar va boshqa har xil turdagi chiqindilarni yaxshiroq o`ylagan holda ulardan samarali foyda olish kerak. Nafaqat O`zbekistondan balki qo`shni respublikalar boshqa davlatlardan ham axlatlarni import qilishni yo`lga qo`yish kerak. Bu axlatlarni eksport qilish eshitishidan kulgili tuyilishi mumkin, ammo chet mamlakatga yuk tashib chiqib o`zimizga qaytayotgan vaqtida bo`sh qaytayotgan moshinalarimiz juda ham ko`p. Bu kelayotgan yuklarni oladigan koxonalar juda ham ko`p bo`lib hisoblanadi. O`zbekistonda bunday sohalarda yangiliklarni amalga oshirish kerak. Yangi O`zbekistonda o`zgarishlarni amalga oshirishimiz kerak bo`lib hisoblanadi. Bu esa mamlakatimizda yangi ish o`rinlarini tashkilashtirish yangi turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarishga va undan tashqari maxsulotlarning tan narxidagi pasayish bo`lishiga sabab bo`ladi. Chiqindilarga ikkinchi hayotni bag`ishlash bu maxsulotlarni ko`payishiga hamda bo`sh ish o`rinlari ko`payishiga sabab bo`ladi.


Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling