Agrobiznes va logistika fakulteti biznesda buxgalteriya hisobi
Ii. Mehnat daftarchalarini to‘ldirish
Download 71.42 Kb.
|
Abdurauf
Ii. Mehnat daftarchalarini to‘ldirish
1. Umumiy ko‘rsatmalar 2.1. Mehnat daftarchalari O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa qoraqalpoq yoki O‘zbekiston Recpublikasi davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to‘ldiriladi. Mehnat daftarchasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: xodim to‘g‘risida: familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, mutaxassisligi; ish to‘g‘risida: ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish (jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan asoslarda ishlab chiqarish zaruriyati bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish bundan mustasno), mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida. Shuningdek, xodimning iltimosiga ko‘ra mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlari haqidagi yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat daftarchalariga intizomiy jazolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozilmaydi. 2.2. Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi kabi barcha turdagi yozuvlar ish beruvchi tomonidan buyruq berilgandan so‘ng kiritiladi va bu yozuv buyruqning mazmuniga mos bo‘lishi shart. Mehnat daftarchasidagi sanalar arab raqamlarida, oy va kunlar ikki xonali sonlarda yoziladi. Jumladan: xodim ishga 1997-yil 5-yanvardan qabul qilingan bo‘lsa, unda 1997, 05, 01 deb yoziladi. Mehnat daftarchasiga kiritiladigan ma’lumotlar ehtiyotkorlik bilan qora, ko‘k yoki binafsha siyoh bilan yoziladi. 2.3. Ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi mehnat daftarchasiga kiritiladigan xar bir yozuv bilan ish beruvchi ushbu daftarcha egasini shaxsiy varaqasi (T-2 sonli idoralararo namunaviy shakl — Yo‘riqnomaga 4-ilova)ni imzolash yo‘li bilan 3 kun muddat ichida tanishtirishi lozim. Bu holda shaxsiy varaqa (T-2)dagi yozuv bilan mehnat daftarchasidagi yozuvlar bir-biriga o‘zaro mos bo‘lishi shart. Istisno tariqasida bo‘ysunish bo‘yicha bir-biridan uzoq masofada yoki turli hududlarda joylashgan korxonalarda ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalariga kiritilgan yozuv bilan tegishli xabarnomalar jo‘natish va bu to‘g‘rida shaxsiy varaqada belgilab qo‘yish yo‘li bilan tanishtirishga ruxsat etiladi. 2.4. Xodimning ishi, boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi va hokazolar to‘g‘risida noto‘g‘ri yoki noaniq yozuvlar aniqlangan taqdirda, ular bunday yozuvni kiritgan ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilanadi va tasdiqlanadi. Yangi ish joyidagi ish beruvchi buning uchun xodimga tegishli yordam ko‘rsatishi zarur. 2.5. Ish beruvchi xodimning talabiga binoan mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki nusxani tasdiqlangan holda beradi. Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga ko‘ra, qaytarib berish sharti bilan mehnat daftarchasi uning egasiga 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Bunda mehnat daftarchasiga oxirgi ish joyi va lavozimi haqida kiritilgan ma’lumotlarning tasdig‘i sifatida tashkilot tomonidan ma’lumotnoma berilishi lozim. Bu davrda mazkur Yo‘riqnomada belgilangandan o‘zgacha tartibda mehnat daftarchasiga qo‘shimcha yozuvlar kiritish, uni o‘zgartirish, garovga berish yoki yo‘q qilish qat’iyan man etiladi va barcha javobgarlik xodimning zimmasiga yuklatiladi. 2.6. Mehnat daftarchasiga noto‘g‘ri yoki noaniq yozuv kiritgan korxona tugatilgan bo‘lsa, bunday xatoni tuzatish mazkur korxona bevosita bo‘ysungan yuqori tashkilot tomonidan (bunday tashkilot mavjud bo‘lmagan taqdirda tegishli arxivlardan olingan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi), korxona qayta tashkil etilgan hollarda esa uning huquqiy vorisi tomonidan amalga oshiriladi. 2.7. Xodimning ishi yoki boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi va shu kabilar haqidagi to‘g‘rilangan ma’lumotlar buyruqning asl nusxasiga aynan mos bo‘lishi kerak. Agar buyruq yo‘qolib qolgan bo‘lsa, yoki u xodim bajargan ishga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, mehnat daftarchasidagi ishi haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘rilab yozib qo‘yish, bajargan ishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga asoslanib amalga oshiriladi. Guvohlar ko‘rsatmasi mehnat daftarchasiga o‘zgartish kiritish uchun asos bo‘lolmaydi. 2.8. Mehnat daftarchasining “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida ilgarigi yozilgan xato yoki noaniq yozuvlarni chizib o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan: ishi to‘g‘risidagi yozuvlarni o‘zgartirish zarur bo‘lib qolgan hollarda 3-ustunda yozuvning tegishli tartib soni va sanasi ko‘rsatilgandan so‘ng “___ tartib sonli yozuv bekor qilindi. Quyidagi ish (lavozim)ga qabul qilindi” deb yozib qo‘yiladi va 4-ustunda mehnat daftarchasiga kiritilgan to‘g‘ri yozuvga taalluqli bo‘lgan buyruq (farmoyish)ning son raqami va sanasi yoziladi. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish organlari tomonidan xodim g‘ayriqonuniy ravishda bo‘shatilgan yoki boshqa doimiy ishga o‘tkazilgan deb topilib ilgarigi ishiga qayta tiklanganda, yozuvlar yuqorida keltirilgan tartibda bekor qilinadi. Jumladan: “____ son raqamli yozuv bekor qilindi, oldingi ishiga qayta tiklandi” deb yoziladi. Bunday xollarda ishga tiklash to‘g‘risidagi buyruq 4-ustunda ko‘rsatiladi. Download 71.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling