Agrobiznes va logistika fakulteti biznesda buxgalteriya hisobi
Ish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozish
Download 71.42 Kb.
|
Abdurauf
3. Ish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozish
2.12. Mehnat daftarchasidagi “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” nomli bo‘limining 3-ustuniga korxonaning to‘liq nomi sarlavha kabi yoziladi. Sarlavha tagidagi 1-ustunda tartib raqami ko‘rsatiladi; 2-ustunda — ishga qabul qilingan sana yoziladi; 3-ustunga “Falon sex, bo‘lim, bo‘linma, qism va x.k. falonchi lavozimga (kasbga, mutaxassislikka) qabul qilindi (tayinlandi yoki saylandi)” deb yozib, berilgan malaka darajasi (agar shunday daraja berilsa) aniq ko‘rsatiladi. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining nomlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 291-modda) bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga asosan ko‘rsatiladi; 4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi. Belgilangan tartibda yagona tarif-malaka ma’lumotnomasida va xizmat mansablarining yagona ro‘yxati, yoxud lavozimlar jadvalida ro‘y bergan o‘zgarish yoki qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xodimlar e’tiborlariga yetkazilib, so‘ng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug‘i asosida tegishli o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi. Xodim yangi o‘rgangan kasbi bo‘yicha ish bajargan taqdirda mehnat daftarchasiga bu to‘g‘rida tegishli yozuv kiritiladi. Masalan: ta’mirlovchi chilangarga 3-darajali elektr-gaz payvandchilik ishlarini bajarish bo‘yicha vazifa yuklatilishi bilan ikkinchi kasb o‘rgatildi va “3-darajali elektr-gaz payvandchisi kasbi berildi”, deb shu yozuvning qarshisiga 4-ustundan ikkinchi kasb berilganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnomaning son raqami va sanasi, chiqarilgan buyruqning son raqami va sanasiga havola qilib yoziladi. Mehnat daftarchasiga xodimning yozma arizasiga binoan, o‘rindoshlik ishi to‘g‘risidagi ma’lumot xodimni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilgan ish beruvchi tomonidan chiqargan buyrug‘iga muvofiq asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan yoziladi. Uning ishdan bo‘shaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot ham xuddi shu tarzda yozib qo‘yiladi. Xodim mazkur korxonaning o‘zida boshqa ishga o‘tkazilsa, uning mehnat daftarchasiga quyidagicha yozuv kiritiladi: 1-ustunda – tartib raqami, 2-ustunda – sana, 3-ustunda “Falon lavozimga (kasbga, mutaxassislikka) o‘tkazildi” deb yozib, 4-ustunda – tegishli buyruqning soni va sanasi ko‘rsatiladi. 2.13. Xodim ishlab turgan davrda korxonaning nomi o‘zgartirilsa, unda bu to‘g‘rida mehnat daftarchasining 3-ustunida alohida satr bilan “Falon korxona, falon sanada, falonchi nom bilan atala boshladi” deb yoziladi. 4-ustunda esa, qayta atalishini (nomlanishini) asoslab buyruq sanasi va son raqami qo‘yiladi. 2.14. Mehnat daftarchasi bor bo‘lgan talabalarga, o‘quvchilarga, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga va tibbiyot ordinatorlariga o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar) tomonidan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qigan vaqtlari to‘g‘risida yozuv kiritiladi. Bunday yozuvlarga asos bo‘lib talabalar, o‘quvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlar safiga qabul qilinganligi yoki safidan chiqarish to‘g‘risidagi o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar)ning chiqargan buyruqlari hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘quvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarishda va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot mavzularda qatnashgan davrlari, ixtisosi, malakasi, mansabi (lavozimi) va ish muddati ko‘rsatilgan holda tegishli ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Ushbu ma’lumotnomalar asosida o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar) talabalar, o‘quvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlarining mehnat daftarchalariga ishi to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlarni kiritilishini ta’minlaydi va ularni qat’iy hisobot hujjatlari tarzida saqlaydi. 2.15. Ilgari ishlamagan va shu munosabat bilan mehnat daftarchalariga ega bo‘lmagan talaba, o‘quvchi, aspirant (stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi), doktorant (katta ilmiy xodim-izlanuvchi) va klinik ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarish amaliyotida va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot mavzularida olib borgan ishlari to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchalariga ular kelgusida ishlaydigan ish beruvchilar tomonidan tegishli ma’lumotnomalarga asoslanib kiritiladi. 2.16. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarning hamda dehqon xo‘jaliklarida ishlovchilarning mehnat daftarchalariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 1-ustunda — tartib raqami ko‘rsatiladi: 2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yoki shaxsiy yordamchi xo‘jalikda ishlovchi) sifatida qayd etilgan sana yoziladi; 3-ustunga — “Xususiy tadbirkor sifatida (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayapti yoki dehqon xo‘jalikda) ishlayapti” deb, ko‘rsatiladi; 4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi. 2.17. Mehnat daftarchalariga ish beruvchilar tomonidan tegishli hujjatlarning sanasi, son raqami va nomiga havola qilingan tarzda alohida satr qilib quyidagi yozuvlar kiritiladi: a) mehnat va davlat ijtimoiy sug‘urtaga oid qonunchilik tadbiq etilmaydigan Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmatida, Ichki ishlar organlarida, shuningdek, barcha turdagi qo‘riqlash idoralarida xizmatda bo‘lgan vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xizmatga chaqirilgan sanasi va bo‘shatilgan sanasi ko‘rsatilgan holda; b) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha hunar-texnika va boshqa bilim yurtlarida, kurslarda hamda maktablarda o‘qigan davri to‘g‘risida: v) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bo‘lgan davrlari to‘g‘risida. Ushbu bandda ko‘zda tutilgan yozuvlar mehnat daftarchasiga xodimning mazkur ish beruvchidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan oldin kiritiladi. 2.171. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat daftarchalariga chet elda (shartnoma asosida) ishlagan ish davri haqidagi yozuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘langan taqdirda, agar davlatlararo bitimlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan tegishli ma’lumotnomalarga asoslanib kiritiladi. Fuqarolarning chet elda (shartnoma asosida) ishlagan ish davri umumiy ish staji jamlanib, ya’ni qaysi korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan yillari, oylari va kunlari umumiy tarzda yoziladi. Hujjat bilan tasdiqlangan (shartnoma, ish beruvchi tomonidan berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining sug‘urta badali to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotnoma) va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan umumiy ish staji mehnat faoliyatining davrlari bo‘yicha quyidagicha yoziladi: 1-ustunda — tartib raqami ko‘rsatiladi; 2-ustunda — dastlab chet elda ishga qabul qilingan sana. 3-ustunda — xodim ishlagan xorijiy mamlakat, korxona nomi va lavozimi yoziladi. 4-ustunda — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (shartnoma yoki ish beruvchi tomonidan berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi. Download 71.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling