Agrobiznes va logistika fakulteti biznesda buxgalteriya hisobi
IV. Mehnat daftarchasining dublikati
Download 71.42 Kb.
|
Abdurauf
IV. Mehnat daftarchasining dublikati
4.1. Mehnat daftarchasi yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda, shuningdek, foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan (yirtilgan, yongan, yozuvlari bo‘yalgan) hollarda mehnat daftarchasining dublikati xodimning oxirgi ish joyidan beriladi. 4.2. Mehnat daftarchasini yo‘qotgan shaxs bu to‘g‘rida zudlik bilan oxirgi ish joyiga yozma xabar berishi lozim. Xabarnomadan so‘ng 15 kundan kechiktirmasdan ish beruvchi xodimga birinchi betini yuqori qismining o‘ng tomoniga “Dublikat” deb yozilgan holda yangi mehnat daftarchasini beradi. 4.3. Mehnat daftarchasining dublikati umumiy qoidalarga binoan to‘ldiriladi. Mehnat daftarchasining dublikati to‘ldirilayotganda “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida oxirgi ish joyidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilgarigi buyruqlar asosida yoziladi. 4.4. Bordiyu, xodim mazkur korxonaga ishga kirmasdan oldin ishchi yoki xizmatchi vazifasida ishlagan bo‘lsa, unda mehnat daftarchasi dublikati “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limining 3-ustuniga, mazkur korxonaga ishga kelmasdan ilgarigi ishlagani to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji yoziladi. Mehnat daftarchasi egasining oldingi umumiy ish staji jamlanib, ya’ni qaysi korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan yillari, oylari va kunlari umumiy tarzda yoziladi. Masalan: bir ish joyida boshqa ishga o‘tkazilishi va boshqalar ko‘rsatilmaydi. Hujjat bilan tasdiqlangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan umumiy ish staji mehnat faoliyatining ayrim davrlari bo‘yicha quyidagicha yoziladi: 2-ustunda ishga qabul qilingan sana ko‘rsatiladi; 3-ustunda xodim ishlagan korxona, sex va mansabi, nomi yoziladi. Agar, taqdim qilingan hujjatlarga xodimning mazkur korxonaning o‘zidagi boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lsa, unda bu to‘g‘rida xam tegishli yozuv kiritiladi So‘ng 2-ustunda mehnat shartnomasi bekor qilinganlik sanasi ko‘rsatiladi, 3-ustunda esa xodim tomonidan taqdim qilingan hujjatda tegishli ma’lumot bor bo‘lsa, mehnat shartnomasining bekor qilinganligi xam ko‘rsatiladi. 4-ustunda, dublikatga yozuv kiritilishi uchun asos bo‘lgan hujjatning nomi, son raqami va sanasi kiritiladi. Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar egasiga qaytarib beriladi. Ish beruvchi xodimga mazkur korxonaga kirmasdan oldingi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlarni olishda yordam ko‘rsatishi majburiy. 4.5. Ushbu yo‘riqnomaning 2.16 bandida ta’kidlangan ma’lumotnoma bilan bir qatorda, umumiy jamlangan ish staji ko‘rsatilmagan holda bosh satrdan tegishli hujjatlarning nomi, son raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda quyidagilar yoziladi: a) qabul qilingan va xizmatdan bo‘shagan sanalari ko‘rsatilgan holda xalq qo‘shinlari va partizan otryadlarida bo‘lgan davri; b) kasb-hunarmandchilik shirkatlari artelining a’zosi sifatida ishlagan davri. Download 71.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling