Agrobiznes va logistika fakulteti biznesda buxgalteriya hisobi
Mehnat daftarchasiga qo‘shimcha varaqlar
Download 71.42 Kb.
|
Abdurauf
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarchasini berish tartibi
5. Mehnat daftarchasiga qo‘shimcha varaqlar
2.23. Mehnat daftarchasining tegishli bo‘limlaridagi hamma betlari to‘lib qolgan taqdirda unga qo‘shimcha varaqlar yurgiziladi. Qo‘shimcha varaqlar xodimning asosiy ish joyida ish beruvchi tomonidan yuritilib, uni mehnat daftarchalarini yuritish tartibi asosida olib boradi. Qo‘shimcha varaq mehnat daftarchasisiz haqiqiy hisoblanmaydi (Yo‘riqnomaning 1.5 bandi tadbiq qilinadi). 2.24. Har bir berilgan qo‘shimcha varaqlar uchun mehnat daftarchasining birinchi betining yuqori qismiga qo‘shimcha varaq berildi” deb yozib qo‘yiladi va uning son raqami hamda seriyasi ko‘rsatiladi. Keyingi qo‘shimcha varaq berilganda navbatdagi yozuv kiritilib, uning son raqami va seriyasi ko‘rsatiladi. III. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarchasini berish tartibi 3.1. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimning mazkur tashkilotda ishlagan davrida mehnat daftarchasiga kiritilgan ishi to‘g‘risidagi ma’lumot (yozuv)lar korxona rahbari yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxsning imzosi va korxona yoki xodimlar bo‘limining muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart. Ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi (masalan: moddiy javobgar xodimni biriktirilgan anjomlarni vaqtida topshirmaganligi uchun bahona qilib mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa). Bunday holda ishdan bo‘shash kuni, mehnat daftarchasi berilgan kun hisoblanadi. Ishdan bo‘shagan kunining yangi sanasi to‘g‘risida buyruq berilib, xodimning mehnat daftarchasiga yozib qo‘yiladi. Bo‘shagan kuni to‘g‘risida ilgari kiritilgan yozuv, ushbu Yo‘riqnomaning 2.8 bandida belgilangan tartibda bekor qilinadi. Xodim ishdan bo‘shaganda mehnat daftarchasini olganligi to‘g‘risida shaxsiy varaqasiga (T-2 son idoralararo namunaviy shakl — Yo‘riqnomaga 4-ilova) va xodimlar bo‘limidagi hisobot kitobiga imzo qo‘yadi. 3.2. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarga hamda dehqon xo‘jaliklarida ishlovchilarga mazkur faoliyatni to‘xtatganlaridan keyin mehnat daftarchalarini tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan beriladi. 3.3. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim ishda bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi o‘sha kuniyoq unga pochta orqali mehnat daftarchasini olib ketish to‘g‘risida ogohlantiruvchi xabarnoma jo‘natadi (boshqa xatlar hisobotga olinmaydi va Yo‘riqnomaning 3.1. bandi asosida ish ko‘riladi). Xodimning mehnat daftarchasini yashash joyiga pochta orqali jo‘natish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi. 3.4. Xodim vafot etgan bo‘lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yo‘li bilan topshiriladi yoki ularning talablariga ko‘ra pochta orqali jo‘natiladi. Vafot etgan xodim mehnat daftarchasining “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida yozuvning tartib soni va sanasi ko‘rsatilgandan so‘ng 3-ustunga “Mehnat munosabatlari bekor qilindi” deb yozilib, 4-ustunda esa buyruqning sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi. Ushbu yozuv belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Download 71.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling