Agroekosistemalar
Download 19.53 Kb.
|
Agroekosistemalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekosistemalar klassifikatsiyasi.
Agroekosistemalar. Agroekosistemalarni asosan avtotraf komponentlar yoki “yashil hududlar” tashkil qiladi. Agroekosistemalar tabiiy yoki yarim tabiiy ekosistemalardan quyidagi xislalari bilan farqlanadi, ya’ni: 1) Agroekosistemalar inson qaramog’idan yordamchi energiya oladi, u qutosh energiyasiga qo’shimcha yoki uning o’rnini bosadi (teplitsa, oranjereya xonalarda); 2) Agrotsenozlar ichida organzimlar soni xilma-xilligi juda ham chegaralangan (foydali o’simliklar, hayvonlar turlari); 3) Agroekosistemalarda dominantlik qiladigan turlar tabiiy tanlanish emas, balki sun’iy tanlanish ta’sirida bo’ladi. Agrosistemalar kerakli ozuqa mahsulotl;ar olish uchun tashkil qilinadi va funksiyasi tuzilishi boshqarilib turiladi. Ekosistemalar klassifikatsiyasi. Ekosistema funksional xislatlari yoki tuzilish belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi. Masalan, ekosistema kelayotgan foydali miqdori energiya miqdori va sifatiga qarab, u funksional bo’lishi mumkin. Undan tashqari o’simlik turlari yoki landshaftlarni fizikaviy turg’unlik belgilariga qarab, biomlarga bo’lishi ham keng qo’llaniladi (Odum, 1983). Ekosistemalar klassifikatsiyasini tirik organizmlar guruhlarida (taksonomik) ajratib qarab bo’lmaydi. Tabiatda hamma voqealar bir-birlari bilan qo’shilib ketgan, shuning uchun ham ekosistemalarni klassifikatsiya qilishda ekologlar o’rtasida bir fikr yo’qligidan, ekosistemalarni o’rganishda turlicha yondashish foydali deb topildi. Quyidagi yirik sistemalar ajratilgan, ya’ni: 1) Yer usti ekosistemalari (tunda, boreal, mo’tadil, tropik, cho’l va boshqalar); 2) Cho’l suv havzalari, daryolar, botqoqliklar ekosistemasi; 3) Dengizlar ekosistemasi. Tabiatda avtotroflar tomonidan hosil bo’lgan organik moddalar geterotroflar tomonidan chiritiladi va muhitda doimiy turg’unlik yuzaga keladi. Energiya beradigan har qanday biologik o’ksidlanish chirish deb aytiladi. Kislorod ishtirokidagi chirish jarayonini quyidagi xillarga ajratish mumkin. Aerob nafas olishda kislorod hizmat qiladi. Aerob nafas olish kislorodsiz bo’ladi. Achish jarayoni ham aerob holat bo’lib, bunda o’ksidlanadigan organik moddalar akseptor elektron (o’ksidchilar ro’lini o’taydi.) Chirish jarayoni abiotik va biotik omillar birligida yuzaga keladi. O’simlik va hayvonlar qoldiqlarini ohirigacha chirishini getrotrof yoki sarofaglar amalga oshiradi. Kuzatishlarning ko’rsatishicha hayvonlar qoldiqlarining ko’p qismi va dengiz o’simliklarining 25% I o’rtacha 2 oy ichida chiriydi, o’simlikning qolgan 75%I asosan kletchatkadan iborat bo’lib, juda sekin chiriydi. 10 oydan keyin shu qoldiqning 40 % I saqlanib qolgan . Chirishga eng turg’un maxsulot gumus yoki gumus moddalar hisoblanadi. Ekosistemadagi gumusning sekin mineralizatsiya bo’lishi , chirish jarayonini o’tadigan dekrit gumus va boshqa organik materiallar tuproqning hosildorligining oshorishda katta ahamiyatga ega bo’lib, tuproq tuzilishini yaxshilaydi , o’simliklarning o’sish va rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi . Ekosistemada organik qoldiqning chirishi uzoq va murakkab jarayondir. Bu jarayonda 1)O’lik organik moddalar tarkibidagi ozuqa elementlari ekosistema ichidagi moddalar almashishiga qaytadi. 2) Ozuqa elementlari majmuai va energiya ekosistemada. 3) Detrit ozuqasi hisobiga organizmlar kelajagi uchun ozuqa mahsuloti hosil bo’ladi. Ekosistema ichida chirish va parchalanish jarayonida inson faoliyati ham katta rol o’ynaydi, ya’ni: 1) Organik moddalarning yoqish (ko’mir, gaz, neft); 2) Tez sur’atlar bilan qishloq xo’jaligi rivojlanishidan tuproqdagi gumusning parchalanishi; 3) Dunyo o’rmonlaridagi yong’inlar, yog’ochniu yoqish natijasida atmosferaga CO2 va boshqa gazlarning chiqishidan ayrim gazlarning miqdori ortib boradi. Download 19.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling