Agrofood Marketing Course


- mavzu. Agrooziq-ovqat mahsulotlari kontekstida va Oʻzbekistonda marketing tizimi prinsiplari, vazifalari va funksiyalari


Download 96.16 Kb.
bet2/20
Sana25.10.2023
Hajmi96.16 Kb.
#1719902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Agro-oziq-ovqat marketingi kursidan o\'qituvchilar uchun qo\'llanma

2- mavzu. Agrooziq-ovqat mahsulotlari kontekstida va Oʻzbekistonda marketing tizimi prinsiplari, vazifalari va funksiyalari
Ikkinchi hafta uchun maʼruza mavzulari

  • Marketing tizimi, uning vazifalari va faoliyatini tushunish.

  • Agrooziq-ovqat mahsulotlari kontekstida - Mahsulotni ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchiga yetkazib berish jarayoni. Marketing elementlarining tarkibi va jarayoni. Xizmatlar marketingi va ishlab chiqarish resurslari marketingi (ishlab chiqarish vositalari), agromarketing va boshqalar. Marketing tizimida mahsulot assortimenti va sifati.

  • Iqtisodiyotni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirish sharoitida Oʻzbekistonda marketing rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi. Mamlakatimizda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirishda marketingning oʻrni va roli tushuntiriladi.

  • Oʻzbekistonda marketingning tadbirkorlik faoliyatining bir turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi.

Uchinchi hafta uchun maʼruza mavzulari

  • Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida marketingni qoʻllash tajribasi.

  • Xorijiy bozorlarda xalqaro va milliy marketing. Ichki va tashqi bozorda marketing. Eksport va xalqaro marketing. Xalqaro va milliy marketing assotsiatsiyalari.

  • Oʻzbekistonda marketing faoliyatining tashkil etilishi.

  • Jahon bozorining oʻziga xos xususiyatlari taʼkidlab oʻtiladi. Xalqaro bozorga chiqishda marketingning roli va ahamiyati tushuntiriladi. Xalqaro marketing sohasida qaror qabul qilish jarayonlari tushuntiriladi. Marketing xizmatlarining jamiyat uchun ahamiyati, marketing faoliyatining xaridorlarga taʼsiri, xorijiy mamlakatlarda marketing toʻgʻrisida bildirilgan fikrlar, reklama va ragʻbatlar, toʻsiqlar toʻgʻrisida soʻz boradi.

Savol-javob uchun savollar toʻplami:

  1. Bozor nima?

  2. Marketing nima?

  3. Bozor bilan marketing oʻrtasidagi farq nimada?

  4. Mahsulot bilan xizmatlar oʻrtasidagi farq nimada?

  5. Tovar bilan oʻzgalardan ajralib turadigan mahsulotlar oʻrtasidagi farq nimada?

  6. Qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlari sohasiga kiradigan uchta tarmoq?

  7. Nol darajadagi tarqatish kanali, deganda nima tushuniladi?

  8. Qoʻshimcha qiymat yaratish uchun yaratilishi mumkin boʻlgan uch foydali xususiyat nimalardan iborat?

  9. Marketing funksiyalari nimalardan iborat?

  10. Fyuchers va forvard shartnomalari, deganda nima tushuniladi?

  11. Qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari yana qanday savdo turlaridan foydalanishi mumkin?

  12. Nol darajali kanal bozorlariga qanday misol keltirish mumkin?

  13. Aksariyat tovarlar nima maqsadda sotiladi?

  14. Barter nima?

  15. Marketing kompleksi qanday tarkibiy qismlardan iborat?

  16. Korxonalar tomonidan qoʻyiladigan qanday maqsad turlari mavjud?

  17. Marketing aralashmasi (marketing elementlari) nima?

  18. Vositachilarning roli nimadan iborat?

  19. Qaysi foydali xususiyatlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga qoʻshimcha qiymat qoʻshadi?

  20. Oziq-ovqat taʼminoti zanjiriga qishloq xoʻjaligining qaysi tarmoqlari kiradi?

  21. Qishloq xoʻjaligining oziq-ovqat tarmoqlari qanday vazifalarni bajaradi?

  22. Vertikal va gorizontal integratsiyalash oʻrtasidagi qanday farq bor?

  23. Vertikal va gorizontal integratsiyalashning afzalliklari qanday?

  24. Vertikal va gorizontal integratsiyalashning kamchiliklari nimalardan iborat?

  25. Vertikal integratsiyalash oziq-ovqat taʼminoti zanjirining uzunligiga qay tarzda bogʻliq?

  26. Kooperativlar yoki mahsulot guruhlari, deganda nima tushuniladi? Ular qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlari bozorlariga qay tarzda ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin?

  27. Ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga erishiladigan tejamkorlik nima?

  28. Talab nima?

  29. Taklif nima?

  30. Mahsulotga boʻlgan talab elastikligini bilishning ahamiyati nimada?

  31. Talab bilan taklifni nima belgilaydi?

  32. Toʻrtta bozor tuzilmasi nimalardan iborat?

  33. Mazkur bozor tuzilmalarining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

  34. Bozorga kirish yoʻlidagi toʻsiqlarga qanday misollar keltirish mumkin?

  35. Bozor tuzilmalarining har biridagi (uzoq va qisqa muddatli) foyda olish imkoniyati qanday?

  36. Ushbu bozor tuzilmalari doirasida faoliyat yurituvchi firmalar tomonidan qanday qarorlar qabul qilinishi mumkin?

  37. Qishloq xoʻjaligidagi muayyan mahsulot turini reklama qilish va bozorda ilgari surish dasturlari nimalardan iborat?

  38. Axloqiy masalalar firmaning iqtisodiy faoliyati uchun qanday ahamiyatga?

  39. Ishbilarmonlik etikasining ijtimoiy masʼuliyat hamda jamoatchilik bilan aloqalarga bogʻliqligi?

1-hafta davomidagi onlayn savol-javob uchun bir necha javobli savollar toʻplami



  1. Bozor tushunchasining taʼrifi?

  1. Talab va taklif kuchlari amal qiladigan va xorijliklar (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar orqali) pul yoki ayirboshlash orqali mahsulotlar, xizmat koʻrsatish shartnomalari yoki vositalar bilan oʻzaro oldi-sotdi qiladigan haqiqiy yoki nominal joy.

  2. Talab va taklif kuchlari amal qiladigan hamda xaridor bilan sotuvchilar (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar orqali) pul yoki ayirboshlash orqali mahsulotlar, xizmat koʻrsatish shartnomalari yoki vositalar bilan oʻzaro oldi-sotdi qiladigan haqiqiy yoki nominal joy.

  3. Mukammal raqobat kuchlari amal qiladigan hamda xaridor bilan sotuvchilar (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar orqali) pul yoki ayirboshlash orqali mahsulotlar, xizmat koʻrsatish shartnomalari yoki vositalar bilan oʻzaro oldi-sotdi qiladigan haqiqiy yoki nominal joy.

  4. Talab kuchlari bilan davlat tomonidan tartibga solish qoidalari amal qiladigan hamda xaridor bilan sotuvchilar (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar orqali) pul yoki ayirboshlash orqali mahsulotlar, xizmat koʻrsatish shartnomalari yoki vositalar bilan oʻzaro oldi-sotdi qiladigan haqiqiy yoki nominal joy.


Download 96.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling