Agrofood Marketing Course


- mavzu. Mahsulot oʻrni, bozor segmentatsiyasi va mijozlar turlari hamda SWOT tahlili


Download 96.16 Kb.
bet9/20
Sana25.10.2023
Hajmi96.16 Kb.
#1719902
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Agro-oziq-ovqat marketingi kursidan o\'qituvchilar uchun qo\'llanma

5- mavzu. Mahsulot oʻrni, bozor segmentatsiyasi va mijozlar turlari hamda SWOT tahlili
Oltinchi hafta uchun maʼruza mavzulari

  • Mahsulotning bozordagi oʻrni.

  • Joriy bozor holati: bozor segmentatsiyasi tahlili

  • Bozor segmentatsiyasining mohiyati va ahamiyati. Bozor segmentatsiyasi xususiyatlari. Bozor segmentatsiyasi turlari. Bozor segmentatsiyasining asosiy prinsiplari (geografik, psixografik, xulq-atvor, demografik va boshqalar).

  • Maqsadli bozor segmentlarini tanlash. Bozordagi eng talabgir segmentlarni aniqlash.

  • Makromarketing va mikromarketing hamda giperlokal va tor sohada

  • Umumiy iqtisodiy, tarmoq va bozor prognozlari. Maqsadli bozor hajmini hisoblash va undan keng miqyosli prognozlar uchun foydalanish.

  • Maqsadli bozor (auditoriya) bilan aloqa qilish usullari.



4-6- haftalar uchun savol-javob

  1. 4-hafta onlayn viktorinasi uchun qisqa javob variantli savollar toʻplami

  1. Mikro va makromuhitning farqi nimada?

  2. Nima uchun tashqi mikro va makromuhitlarni oʻrganish muhim?

  3. Qaysi asosiy tashqi makromuhit tendensiyalari tahlil qilinishi lozim?

  4. Qaysi beshta raqobatchi kuch daromad va jozibadorlikka taʼsir qiladi?

  5. SWOT tahlili nima?

  6. SWOTning qaysi tarkibiy qismlari ichki va qaysilari tashqi hisoblanadi?

  7. Tasavvur xaritasi, deganda nima tushuniladi?

  8. Maqsadli bozor, deganda nima tushuniladi?

  9. Isteʼmolchi profili, deganda nima tushuniladi?

  10. Bozor segmentatsiyasi oʻzgaruvchilari qaysilar?

  11. Bozorni segmentlash nima uchun muhim?

  12. Birlamchi va ikkilamchi maʼlumot manbalarining farqi nimada?

  13. Birlamchi maʼlumot manbalari nimalardan iborat?

  14. Ikkilamchi maʼlumot manbalari nimalardan iborat?

  15. Soʻrovnomalarni ishlab chiqish qanday bosqichlardan iborat?

  16. Bozor tadqiqotlari bilan eksperimentlar oʻrtasida qanday farq bor?

  17. Bozor talabini empirik tarzda qanday baholash mumkin?

  18. Talabni empirik baholashga qanday oʻzgaruvchilar kiritilishi kerak?

  19. Talab funksional shaklining qanday ikki varianti bor?

  20. Talab funksional shaklini aniqlashda qanday omillardan foydalaniladi?

  21. Chiziqli va chiziqli boʻlmagan funksional shakllardan foydalanishning afzalliklari nimada?

4-haftadagi onlayn savol-javob uchun bir necha javobli savollar toʻplami


1. Makromuhitning barcha oʻzgaruvchilarini tanlang
A. Demografiya
B. Firma maqsadi
C. Iqtisodiy koʻrsatkichlar
D. Raqobatchining takliflari
E. Kompaniyaning avvalgi natijalari
F. Zavodning joylashuvi
G. Siyosiy va ijtimoiy-madaniy tendensiyalar
H. Ekologik tendensiyalar
I. Texnologiyalardagi umumiy oʻzgarishlar
J. Bevosita aloqador bozor tendensiyalari
K. Taʼminotchining mavjudligi
L. Tegishli bozorga taʼsir qiluvchi qonun-qoidalar



Download 96.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling