Agrokimyo kirish


Download 366.13 Kb.
bet11/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

TUPROQ NAMLIGI




  1. Tuproq namligining o’simliklar oziqlanishiga ko’rsatadigan ijobiy ta’sirini quyidagicha asoslash mumkin: 1) suv o’s imliklarning fiziologik holatini yaxshilaydi, fotosintez, oqsillar biosintezi va moddalar almashinuvi jarayonlarini kuchaytiradi; 2) me’yordagi tuproq namligi ildiz tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va uning singdirish yuzasini oshiradi; 3) suv oziq elementlarni tuproq eritmasi va singdirish kompleksi (TSK) dan ildiz tizimiga oqib o’tishida diffuzion muhit rolini bajaradi.




  1. Tuproq namligi me’yorda bo’lganda, o’simliklar zarur oziqa elementlarni ko’proq o’zlashtiradi, ortiqcha namlik ta’sirida ayrim zararli ionlar (masalan, temir I oksid) o’simlik tanasiga o’tadi.

  2. Namlik yetishmaganda fermentlar tizimining faoliyati buziladi, gidroliz, organik moddalarning parchalanishi kuchayadi, fotosintez jadalligi susayadi va o’simliklar o’sishi to’xtaydi.

  3. Ma’lumki, ildiz tizimi orqali yutilgan suvning atigi 0,2% i o’simlik tanasining shakllanishi uchun sarflanadi, 9% dan ortig’i barglari orqali bug’lanadi, o’simliklar oziq moddalar bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda quruq modda birligini yaratishga sarflanadigan suv miqdori ancha kamayadi.



Quruq modda birligini yaratish uchun sarflanadigan
suv miqdori
(2.4.3– jadval)

Tajriba varianti

Bug’doy

Zig’ir

O’g’itsiz
N
NP
NPK

800
917
545
480

1093
1198
1000
787


  1. Havoning ijobiy namligi yuqori bo’lganda suvning bug’lanishi kamayadi, binobarin oziq moddalarning yutilishi yaxshilanadi.

  2. Yuqori me’yorda o’g’it berilayotgan sharoitlarda tuproq namligiga jiddiy e’tibor berish lozim. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida suv va oziq rejimlarini muvofiqlashtirish mo’l hosil garovidir.





      1. Download 366.13 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling