Agrokimyo kirish
OZIQ ELEMEINTLARNING YUTILISHIGA DOIR
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASHQI MUHIT OMILLARINING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIGA TA’SIRI
OZIQ ELEMEINTLARNING YUTILISHIGA DOIR
NAZARIYALAR O’simlik tanasida kechadigan nafas olish, moddalar almashinuvi, fotosintez, transpiratsiya kabi jarayonlar mineral moddalarning yutilishi va siljishini ta’minlaydi. Har bir element hujayrada o’ziga xos fiziologik biokimyoviy funksiyalarni bajaradi va uning o’rnini boshqa bironta element (kimyoviy xossalari o’xshash bo’lsada) bosa olmaydi. Hujayraga suv, gazlar va yog’da eriydigan moddalar oson so’riladi hamda chiqib ketadi. Aminokislotalar, monosaxaridlar, glitserin, yog’ kislotalar bir muncha qiyin, disaxaridlar va kuchli elektrolitlar juda qiyin o’zlashtiriladi. TASHQI MUHIT OMILLARINING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIGA TA’SIRI Ekinlar hosildorligi va ularga oziq elementlarining yutilishi birinchi navbatda tuproqdagi oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi. Oziq elementlar tuproqning eritmasi, organik va mineral qismlarida mavjud bo’lib, ularning eruvchan va almashinib─yutiladigan shakllarigina o’simliklarning oziqlanishi uchun yaroqlidir. Ekinlar tomonidan oziq moddalarning yutilishiga o’simliklarning biologik xususiyatlari va tuproq xossalari (unumdorlik, organik moddalar miqdori, mexanikaviy va mineral tarkiblar, harorat, aeratsiya, pH, eritma konsentratsiyasi) kuchli ta’sir ko’rsatadi. TUPROQ ERITMASINING KONSENTRATSIYASI Tuproq eritmasining konsentratsiyasi kichik bo’lgan hollarda o’simliklar sust rivojlanadi, ularda oziq elementlar tanqisligi kuzatiladi. Konsentratsiyaning juda yuqori bo’lishi ham o’simliklar oziqlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi. O’simliklarning ildiz tizimi juda suyuq eritmalardan ham (0,01—0,05%) oziq moddalarni o’zlashtirish xususiyatiga ega. Tabiiy sharoitlarda sho’rlanmagan tuproqlar eritmasining konsentratsiyasi 0,02—0,2% ni tashkil qiladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasi bir muncha yuqori bo’lganda ionlar o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, suv esa ildiz tomonidan tuproqning o’g’it kiritilmagan qatlamlaridan yaxshi shimiladi. Bu o’g’itlardan foydalanishda albatta hisobga olinishi lozim. Tuzlar konsentratsiyasining yuqori bo’lishi eritma osmotik bosimini oshiradi va tabiiyki, o’simliklarga suv hamda oziq moddalar yutilishini qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanishining ilk davrlarida eritma konsentratsiyasining yuqori bo’lishini talab qiladi. Keitirilgan ma’lumotlardan eritma konsentratsiyasi 25,9 mmol/g bo’lganda bodringdan yuqori hosil olinishi kuzatiladi. Konsentratsiyaning yanada oshirilishi barg chekkalarining qurishi, tomirlarining qo’ng’ir tus olishi va hosilning kamayishi bilan yakunlanadi. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling