Agrokimyo kirish


Download 366.13 Kb.
bet38/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Kalsiy sianamid — CaCN2 . Toza CaCN2 34,98% azot tutadi. O’g’it tarkibida 58—60% CaCN2, 20—28% CaO, 9—12% ko’mir, kam miqdorda kremniy, temir va aluminiy oksidlari mavjud. Kalsiy sianamid yengil, qora yoki to’q kulrang tusli unsimon modda. Yuklash va tashish paytida changib, ko’z hamda nafas yo’llari shilliq pardalarini yalligiantiradi.

  • Kalsiy sianamid — ishqoriy o’g’it bo’lgani uchun nordon tuproqlarda yaxshi samara beradi. Tannarxi yuqori bo’lgani bois undan defoliant sifatida fovdalanish rnaqsadga muvofiqdir.

    VI bob. FOSFORLI O’G’ITLAR


    6.1. O’SIMLIKLAR HAYOTIDA FOSFORNING
    AHAMIYATI



    1. Qishloq xo’jalik ekinlarining generativ organlarida vegetativ organlariga nisbatan fosforning miqdori ko’proq bo’ladi.

    2. Shunday qilib, fosfor o’simlik uchun eng zarur bo’lgan juda ko’p organik moddalarning tarkibiga kiradi, ularsiz organizmning hayotiy jarayonlari amalga oshmaydi. Lekin fosforning ahamiyati bu bilan chegaralanmaydi. Sintetik jarayonlaming sodir bo’lishi, masalan, oqsil, yog’, uglevodlarning sintezlanishi uchun ancha miqdor erergiya sarflanishi lozim bo’ladi. U makroergik birikmalar deb nomlangan birikmalar orqali yetkaziladi. Ularning gidrolizi natijasida ajralib chiqadigan energiya har mol ga 25—67 kJ bo’ladi, u murakkab efirli bog’larning gidrolizidan hosil bo’lgan (har mol ga 8—12 kJ) energiyadan ancha ko’pdir. Hozirgi kunda juda ko’p sonli makroergik bog’li birikmalarning mavjudligi aniqlangan, ulardan ko’plarining tarkibiga fosfor kiradi va makroergik bog’lar fosfat kislota ishtirokida hosil bo’ladi.

    3. Yosh va tez o’sadigan o’simliklarda fosfor asosan meristema to’qimasida konsentrlanadi. U o’simlik ichida oson harakatlanadi va qari to’qimalardan yosh to’qimalarga ko’chadi, ya’ni reutilizatsiyalanadi (qaytadan ishlatiladi). Ekinlaming pishib yetila boshlagani sari o’simlik tarkibidagi fosforning bir qismi urug’ va mevalarda (g’allasimonlar urug’ida 50% gacha) yig’ila boradi. O’simlikning fosforli oziqlanishi me’yor chegarasida bo’lganda, fosfat kislotaning mineral tuzlari vegetativ organlarda, ayniqsa urug’larda ko’p miqdorda to’planmaydi. Lekin tuproqda o’zlashtiriladigan fosforning bo’lishi yoki fosforli o’g’itlarning kechiktirib solinishi hamda azot va boshqa oziqa moddalarning tanqisligi, o’simliklarda mineral shakldagi fosfatlarning miqdorini oshishiga olib keladi, chunki tarkibida fosfor bo’lgan bu moddalar fosfor tutuvchi birikmalarning sintezi jarayonida ishlatilmay qoladi. O’simIiklarda fosforning organik birikma tarzidagi birikmalari va ular orasida fitinning miqdori keskin oshib ketadi.

    4. Hujayraning tuzilmaviy tarkibida fosforning taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi va bu yo’ng’ichqa misolida ko’rib chiqilgan. Uning birinchi hujayrasi sitoplazmasida fosforning miqdori 50%, yadrosida 21%, plastidasida 19% va mitoxondriyalarida 10% ni tashkil etadi. Barg tarkibidagi fosforining ancha qismi (kuzgi javdar, bug’doyda 15%, salatda 22%) fotosintezni amalga oshiruvchi xloroplastlarga to’g’ri keladi.


    Download 366.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling