Agrokimyo kirish
Asosiy (ekishgacha) o’g’itlash
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4.3-jadval Ishlov berish moslamalariga bog’liq ravishda o’g’itlarning tuproq qatlamlari bo’ylab tarqalishi, % (P.M. Smirnov)
- Ishlov berish moslamasi va aralashtirish chuqurligi, sm Tuproq qatlami,sm
Asosiy (ekishgacha) o’g’itlash. O’g’itlashning bu usuli ekinlarni butun o’suv davri mobaynida, ayniqsa oziq moddalariga yuqori talab qo’yiladigan, jadal rivojlanish davrida, oziq elementlari bilan ta’minlash uchun qo’llaniladi. Asosiy oVitlashda rejalashtirilgan o’g’it me’yorining asosiy qismi tuproqqa kiritiladi. Xo’jalikning tuproqiqlim sharoitlari va ayrim iqtisodiy-tashkiliy muammolaridan kelib chiqqan holda asosiy o’g’itlash ko’proq kuzda, ba’zi hollarda bahorda amalga oshiriladi. O’g’itlarni tuproqqa kiritish chuqurligi asosan yerni ishlash texnikasi bilan bog’liq (11.4.3-jadval).
11.4.3-jadval Ishlov berish moslamalariga bog’liq ravishda o’g’itlarning tuproq qatlamlari bo’ylab tarqalishi, % (P.M. Smirnov)
11.4.3-jadval ma’lumotlaridan o’g’itlarni tuproqning chuqur qatlainlari bilan aralashtirishda eng yuqori samaraga chimqirqarli plug yordamida erishish mumkinligi ko’rinib turibdi. Tuproqni ishlash chuqurligi bir xil bo’lishiga qaramasdan, prujina keskichli kultivator o’qsimon keskichli kultivatorga nisbatan o’g’itni ancha chuqur qatlamlarga tushirib beradi. Tuproqni ishlash chuqurligi 10 sm bo’iganda, o’g’itning 80% dan ziyodrog’i tuproqning yuza, quruq qatlamlarida qolib ketadi, qaysiki, kaliyli va fosforli o’g’itlarning tiksatsiyalanishini kuchaytirib yuboradi. Oson eruvchan va serharakat bo’lganligi sababli nitratli va ammiakli-nitratli azotli o’g’itlar faqat tuproqni bahorda qayta haydash davrida yoki kultivator-o’g’itlagich yordamida kiritiladi. Bahorgi nam va iliq davrda ammiak shaklidagi azot juda qisqa muddatda nitrat shakliga o’tadi va atmosfera yog’in-sochinlari yoki sug’orma suvlar ta’sirida osonlik bilan pastki qatlamlarga yuviladi. Fosforli o’g’itlarni iloji boricha chuqurroq ko’mish uchun ular, odatda, kuzgi shudgor yoki bahorda qayta haydash oldidan sochib chiqiladi. Tarkibida xlor tutgan kaliyli o’g’itlar yillik me’yorining 50% i yoki undan hani ko’prog’i kuzgi shudgor ostiga kiritilsa, kuzdagi yog’in-sochinlar ta’sirida xlorning o’simliklarga ko’rsatadigan salbiy ta’siri ancha kamayadi. Go’ngni ham kuzda, ayrim hollarda bahorgi ishlov paytida ishlatish yaxshi samara beradi. Go’ngni ko’mish chuqurligi bevosita tuproqlarning namligi va mexanikaviy tarkibi bilan bog’liq. Nam va og’ir mexanikaviy tarkibli tuproqlarda go’ngni yuzaroq kiritish yaxshi samara beradi. Asosiy o’g’itlashda ko’proq sochma va lokal(joyiga) usullardan kengroq foydalaniladi. Tajribalar natijalarining ko’rsatishicha, o’g’itlar lokal-tasmasimon usulda qo’llanilganda, ekinlar hosildorligi 3—23% ga oshadi. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling