Agrokimyo kirish
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dukkakli ekinlar tarkibidagi oziq moddalar
- Yashil o’g’itlar turi N P 2 O 5
- Xashaki no’xat
- Xashakli dukkaklilar
- Qizil sebarga
10.3. YASHIL O’G’ITLAR
Tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitish maqsadida yashil o’simliklar haydalib, tuproqqa qo’shib yuboriladi. Bunday o’simliklar sideratlar, ularni o’stirish usuli esa sideratlash deyiladi. O’zbekistonda sideratlar sifatida javdar, no’xat, gorchitsa, bersima, аrpа, raps, shabdar, mosh, loviya, qoplania beda va xantal tavsiya etiladi. Yashil o’g’itlar boshqa organik o’g’itlarga o’xshash tuproqning xossalariga va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligiga har tomonlama ijobiy ta’sir qiladi. Ular tuproq tarkibidagi organik modda va azotni ko’paytiradi (10.3.1-jadval). (10.3.1-jadval) Dukkakli ekinlar tarkibidagi oziq moddalar (ko’kligidagi massasiga nisbatan, % hisobida)
Yashil o’simliklarni ishlatilish sharoitiga qarab har gektar yerga 35—45 t organik massa haydab yuborilsa, tuproqqa 150—200 kg azot tushadi. Bu o’rtacha 35—40 t go’ngga tengdir. Go’ng yetishmaganda uning o’rnini ko’kat o’g’itlar to’ldiriladi. Sideratlar tarkibidagi azot go’ng tarkibidagi azotdan ko’proq bo’lishi mumkin. O’simliklarni yashil o’g’itlar tarkibidagi azotdan foydalanish koeffitsienti (birinchi yili) go’ng tarkibidagi azotga nisbatan ikki barobar yuqoridir. Yashil o’simliklar tuproqqa aralashtirib haydab tashlangandan keyin tuproq sernam tutilsa, u tez parchalanib ta’siri oshadi. Tarkibidagi to’plangan azot tuproqda butunlay saqlanib qoladi, ya’ni yo’qolmaydi. U boshqa organik o’g’itlarga nisbatan tez parchalanadi. Yashil o’g’itlar ta’sirida tuproqning agrokimyoviy xossalari yaxshilanadi. Tuproqda chirindini ko’payishi natijasida uning biologik faolligi tezlashadi. Tuproq va tuproq usti havosi karbonat angidridga boyiydi, natijada o’simliklarning havo oziqlanishi yaxshilanadi, tuproqda o’simliklar o’zlashtira oladigan kul elementlari ko’proq to’planadi. Shuning bilan bir vaqtda tuproqdagi mikroorganizmlarni, oziq elementlarni yutish qobiliyati tezlashadi va bu elementlarni, ayniqsa azotni tuproqning pastki qatlamlariga yuvilishi keskin kamayadi. O’zbekistonda Tuproqshnoslik va agrokimyo instituti olimlari tomonidan sug’oriladigan tipik va o’tloq tuproqlarda raps va shabdor o’simliklari bilan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, tuproq unumdorligini oshirish bilan qiyin eriydigan fosfatlar o’simlik o’zlashtira oladigan holatga o’tgan va harakatchan formalari tuproqda ko’paygan. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling