Agrokimyo kirish


Download 366.13 Kb.
bet95/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Kaliyli o’g’itlar - tarkibida o’simliklar oson o’zlashtiradigan shaklda kaliy elementi bo’lgan mineral moddalar; suvda eruvchan xlorid, sulfat va karbonat kislotalarning tuzlari. Tarkibida kaliyli tuzlar bo’lgan tog’ jinslari K.o’. olinadigan xom ashyo.
K.o’. konsentrlangan K.o’., aralash K.o’. va xom kaliy tuzlariga bo’linadi. Konsentrlangan K.o’.ga kaliy xlorid (55,259,7% K2O), kaliy sulfat (44— 52% K2O), kaliyli selitra (44% K2O) kiradi. Aralash K.o’. xom kaliy tuzlariga konsentrlangan K.o’. qo’shib tayyorlanadi: 30—40% li kaliy tuzlari kaliy xloridning silvinit yoki kainit bilan mexanik aralashmasidan iborat; kaliy-magniyli konsentrat; kaliy-magniy sulfat yoki kalimagneziya; yog’och, torf va b. kuli. Xom kaliy tuzlari — maydalangan tabiiy minerallar (silvinit va kainit).
K.o’. sifatida tarkibida kaliyli tuzlar bor alyuminiy va sement sanoati chiqindilari (potash) ham ishlatiladi. Sement changi va potash muhiti ishqorli. Kul, ayniqsa, nordon tuproqpar uchun a’lo darajadagi K.o’. hisoblanadi, u tuproqning zararli kislotaliligini ham neytrallaydi. Go’ng o’simliklar uchun kaliy manbai, chunki unda 0,6% atrofida K2O bo’ladi.
Barcha q.x. ekinlari, ayniqsa, qumli va qumloqli tuproqlardagi ekinlar K.o’.ga kuchli ehtiyoj sezadi. K.o’., odatda, fosforli yoki azot va fosforli o’g’itlar bilan birga ishlatiladi. G’o’za, kartoshka, sabzavot, qand lavlagi, xashaki ildizmevalilar, makkajo’xori, kuzgi g’alla ekinlari va b. ekinlar kaliyga talabchan. 1 ga maydondagi g’o’za har tonna hosili uchun yerdan 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor bilan birga 30– 80 kg kaliyni o’zlashtirishi aniklangan. K.o’. meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va b. tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni ko’paytiradi, kuzgi g’alla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamini oshiradi. Quruq cho’l zonasida va sur tuproq yerlarda K.o’. faqat sug’orish paytida beriladi. Sho’rtob tuproqlarda K.o’. ishlatilmaydi, ular tuproq shoʻrini kuchaytiradi. Yerga solinadigan K.o’. me’yori tuproqning harakatchan kaliy bilan qanchalik ta’minlanganligiga bog’liq. Bunda azot, fosfor, kaliy (NPK) 1:0,7—0,8:0,53 nisbatda olinadi. K.o’. yillik miqdorining 50% ini asosiy o’g’it sifatida kuzgi shudgorda, 50% ini esa vegetatsiya davrida berish tavsiya etiladi.

Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling