11.8.2-jadval
Turli yoshdagi mevali daraxtlar uchun belgilangan o’g’it me’yori
(O’zbekistoa mevachilik, uzumchilik va vinochilik instituti)
Daraxtning yoshi
|
Go’ng,
kg
|
Mineral o’g’itlar, g
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
2
|
4
|
5-10
|
4-10
|
3-5
|
4
|
20
|
22-45
|
20-45
|
15-20
|
6
|
30
|
35-70
|
30-70
|
20-30
|
8
|
40
|
50-100
|
40-100
|
30-55
|
1 0 - 1 2
|
50-55
|
60-120
|
50-120
|
50-60
|
11.8.1. TOKNI O’G’ITLASH
Tok o’zining serhosilligi va o’g’itlarga talabchanligi bilan ajralib turadi. Shu bois tokzor uchun ajratiladigan maydon tuproqlari unumdorligini oshirish uchun haydashdan oldin 50 t gacha go’ng, 700—750 kg fosforli o’g’it va 100—150 kg kalivli o’g’it kiritiladi. Mumkin qadar tarkibida xlorni tutmaydigan kaliyli o’g’itlardan foydalanish kerak. Ko’chatlarning avji past bo’lsa, may-iyun oylarida 50 kg azot, va 40—50 kg fosfor bilan qo’shimcha oziqlantiriladi.
Hosilga kirgan toklar har yili gektariga 100 kg azot, 90 kg fosfor va 30—40 kg kaliy bilan oziqlantirib boriladi. Birinchi oziqlantirish may oyida (60 kg azot, 45 kg fosfor, 15 kg kaliy), ikkinchisi esa iyunda (40 kg azot, 45 kg fosfor, 15 kg kaliy) o’tkaziladi. Har ikki yilda bir marta 20—30 t/ga miqdorida go’ng kiritiladi. Kompostlar va eski devor qoldiqlarini qo’llash uzum hosili va sifatini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |