Agrokimyo kirish
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.7.5-jadval Kartoshkaning moddalarni o’zlashlirilish dinamikasi, (%)
11.7.5. KARTOSHKANI O’G’ITLASH
Kartoshka barcha tuproq tiplarida o’sib rivojlanadigan, keng tarqalgan qishloq xo’jalik ekini. Undan yengil va o’rta qumoqli tuproqlarda (ayniqsa, qora va qayir tuproqlarda) mo’l hosil olish mumkin. Nordon va eritma konsentratsiyasi yuqori bo’lgan tuproqlarda ham yaxshi o’sadi. Lekin yuqori hosil yetishtirish uchun tuproqda oziq moddalar mo’l bolishi shart, bu bevosita lining ildiz tizimini kam taraqqiy etganligi bilan bog’liq. Kartoshka rivojlanishining turli davrlarida turli miqdorda oziq moddalarni o’zlashtiradi va to’playdi. Masalan, gullashning oxirida, ya’ni poya to’la shakllanib bo’lganda, bu o’simlik yalpi oziq moddalarning 2/3 qismini o’zlashtiradi (11.7.5-jadval). 11.7.5-jadval Kartoshkaning moddalarni o’zlashlirilish dinamikasi, (%)
Unib chiqqandan to shonalashning boshlanishigacha o’rta kechpishar navlar 20—27% oziq modda to’plasa, shonalashdan gullashning oxirigacha 40—60 va gullashdan keyin 20—33% oziq modda to’playdi. 10 t kartoshka tuganaklari fshunga mos ravishdagi poya va barglari bilan birga) navlariga bog’liq holda turli tuproq-iqlim sharoitlarida tuproqdan 40—70 kg azot, 15—20 kg fosfor va 60—90 kg kaliyni olib chiqib ketadi. Bu albatta ko’p miqdorda mineral o’g’itlarni qo’llashni taqozo qiladi. Lekin tuproqqa kiritiladigan o’g’it me’yorlari, qo’llash muddatlari va o’g’it tarkibidagi asosiy oziq moddalar (NPK) ning nisbati kartoshka hosildorligi va hosil sifatiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Kartoshkani o’g’itlash tizimida azot miqdorining ustun bo’lishi fermentativ ta’sir yo’nalishini kraxmal to’planishiga teskari tomonga qarab siljitadi. Bu fikr O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida o’tkazilgan tajriba natijalarida ham o’z ifodasini topgaa. 11.7.6-jadvalda sug’oriladigan bo’z tuproqlar sharoitida turli me’yordagi azotning kartoshka hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri ko’rsatilgan. Yalpi hosil miqdori azot me’yoriga bog’liq ravishda ortib borsada, hosilning sifat ko’rsatkichlari azot miqdori gektariga 200 kg dan oshganda keskin kamayadi. Shu bilan bir qatorda hosil miqdorini bir tomonlama oshib borishini, ya’ni olinayotgan qo’shimcha hosilning iqtisodiy samarasi o’g’it me’yori oshgani sari kamayib borishini ta’kidlash lozim. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling