Agrokimyo kirish


Download 366.13 Kb.
bet90/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

11.7.6-jadval
Kartoshkaning “priekulskiy ranniy” navi hosildorligi va hosil sifatiga azot me’yorining ta’siri (X.Z. Umarov)

Olg’it me’yori,
kg/ga

Hosil,
s/g a

Hosil tarkibidagi:

Kraxmal
chiqishi, s/g a

Kraxmal, %

C vitamini, %

P100 K60 (fon)

95,6

12,52

9,1

12,07

Fon + N100

163,2

13,57

17,5

22,05

Fon + N150

180,7

13,87

17,8

25,07

Fon + N200

186,8

13,08

12,6

24,43

Fon + N300

189,7

11,57

9,1

21,84

Fon + N400

191,8

10,68

8,4

20,48




  1. Kuzatish va tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha,tuproqqa azot oshirilgan me’yorda kiritilganda, kartoshka tuganaklari yiriklashadi, lekin ular ko’p hollarda nuqsonli bo’lib, ichida yoriq va bo’shliqlar hosil bo’ladi. Virus kasalligiga chalinadigan o’simliklar soni ortadi.

  2. Kartoshkaning mineral oziqlanishida fosforning ahamiyati juda katta. U azotga teskari o’laroq, kartoshka tuganagi sifat ko’rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilanishiga yordam beradi.Respublikamiz sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining olgan natijalari buni yaqqol isbotlaydi. Fosfor me’yori gektariga 50 kg dan 200 kg ga oshirilganda (150 kg azot va 60 kg kaliy fonida) tuganaklar tarkibidagi kraxmal miqdori 13,31% dan 13,86% ga yetgan. Shu bilan bir vaqtda vitaminlarning miqdori va mahsulotning saqlanish muddati ham oshgan. Fosforli o’g’itlarning samaradorligi ko’p jihatdan ularni qo’llash muddatlariga ham bog’liqiigi aniqlangan.

  3. Kartoshka hosildorligini oshirish va tuganaklar sifatini yaxshilashda kaliy elementining roli beqiyosdir. D.N. Pryanishnikov birinchi bo’lib kartoshka tuproqdan donli ekinlarga qaraganda kaliyni to’rt marta ko’proq olib chiqib ketishini aniqlagan. Lekin shunga qaramasdan Respublikamiz kartoshkachiligida kaliyli o’g’itlarga kam e’tibor berilgan va ko’p hollarda qo’llash tavsiya etilmagan. Keyingi paytlarda olib borilgan tadqiqotlar kaliyli o’g’itlarni azot va fosfor bilan birgalikda qo’llash (ayniqsa ularyuqori me’yorlarda berilganda) kartoshka hosildorligini oshirishi va hosil sifatining yaxshilashini ko’rsatdi.

  4. Kartoshka kaliyli o’g’itlarning turiga, to’g’rirog’i, ularning tarkibida xlor bor yoki yo’qligiga o’ta sezgir ekin. XX asrning boshlarida kartoshkaga kaliyli o’g’it sifatida yog’och kuli qo’llanilgan. Kul tarkibidagi kaliy potash (kaliy karbonat) ko’rinishida bo’lib, kartoshka hosildorligi va tuganaklarning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Keyinchalik kul miqdorining kamayishi va ekin maydonlarining kengayib borishi ko’p miqdorda tarkibida xlor tutgan kaliyli o’g’itlarni ishlatishni taqozo qildi. Kaliyli o’g’itlar tarkibidagi xlor ionlari o’simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olib, uning asosiy qismi kuzda, tuproqni asosiy o’g’itlash davrida kiritiladi.

  5. Go’ng ayniqsa, yengil granulometrik tarkibli, yetarli darajada namlanadigan tuproqlarda yaxshi samara beradi. Ko’p sonli tajriba natijalarining ko’rsatishicha, turli tuproq-iqlim minaqalarida birga maydonga kiritiladigan 20—40 t go’ng o’rtacha 2,5—6,0 t qo’shimcha hosil beradi. Gektariga 30 t go’ng kiritilganda, undan bir kecha-kunduz davomida 100—200 kg CO2 ajralib chiqadi. O’simliklar o’rtacha 30—40 t hosilni shakllantirishi iichun 200—300 kg karbonat angidridni o’zlashtiradi. Demak, faqat go’ngdan ajraladigan CO2 hisobiga kartoshkadan olinadigan qo’shimcha hosilni 30—40% ga oshirish rnumkin. Go’ng tarkibidagi kaliy aksariyat mineral o’g’itlardan farq qilib, xlorsiz shaklda bo’lganligi sababli o’simliklar tomonidan oson o’zlashtiriladi.

  6. Ekish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan og’itlashning ahamiyati katta, chunki bunda o’g’itlar ildiz tizimiga yaqin tushadi va tuproq tomonidan nisbatan kamroq va sekinroq bog’lanib qoladi. Bu tadbir nihollarni hayotining birinchi kunidan boshlab o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalaridan foydalanishiga imkoniyat yaratadi. Tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, azot, fosfor va kaliyning har biri gektariga 20—30 kg miqdorda nitrofoska yoki nitroammofoska shaklida berilsa, nihollar baravar rivojlanadi.

  7. Yuqori hosil olish rejalashtirilganda, qo’shimcha oziqlantirish qanchalik erta muddatlarda amalga oshirilsa, kartoshka tuganaklarining hosildorligiga shuncha ko’p ijobiy ta’sir qiladi. Qo’shimcha oziqlantirishlarning eng qulay muddatlari to’liq nihollar paydo bo’lish davridan shonalashgacha bo’lgan davrdir. Kech muddatlarda amalga oshirilgan qo’shimcha oziqlantirish vegetatsiya davrining cho’zilib ketishiga sabab bo’ladi. Qo’shimcha oziqlantirishda tuproqqa asosan azotli o’g’itlar kiritiladi.

  8. Fosforli o’g’itlar bilan (20 kg P2O5) nihollar shonalash davrida yoki yig’im-terimdan bir oy avval ildizdan tashqari oziqlantirilsa, hosildorlik gektariga 10—15 s/ga, tuganaklardagi kraxmal miqdori esa 1,9—3,1% ga ko’payadi.

  9. Toshkent Davlat agrar universiteti mevachilik va sabzavotchilik fakulteti ohinlari (V.l. Zuyev, A. Abdullayev va bosliqalar, 1994) bo’z tuproqlar mintaqasida erta pishar kartoshka navlari uchun gektariga 120—150 kg azot, 80—100 kg fosfor va 60 kg kaliy, keclipishar navlar uchun esa 200—250 kg azot, 150—160 kg fosfor va 100 kg kaliy qo’llashni tavsiya qiladilar.

  10. Kartoshkani takroriy ekin sifatida ekish rejalashtirilganda, go’ng to’laligicha, fosforli-kaliyli o’g’itlar yillik me’yorining 70—80% i kuzgi shudgorlashda, qolgan qismi esa (29—30% i) verni ekishga tayyorlashda kiritiladi. Kartoshkaga yillik azot me’yorining 20% i tuproqni ekishga tayyorlashda, 30% i birinchi oziqlantirishda (nihollar to’liq unib chiqqach) va 50% i g’unchalash davrida qo’llaniladi. Gektariga 5 t chirigan go’ng va 100 kg ammiakli selitra tuganaklar ostiga tashlab ekilsa, nihollarning unib chiqish sur’ati jadallashadi. Kartoshka yetishtirishda ammoniy sulfat, donador superfosfat va kaliy sulfat tengi yo’q o’g’itlardan hisoblanadi.




Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling