Tuproqda gumus va organik moddalar qancha ko’p bo’lsa, mikroorganizmlarning faoliyati yuqori bo’lib tuproq unumdorligi ortadi (Qo’rbonbayev, Raimboyeva, 2005).
Azotli va kaliyli o’g’itlarning yuqori dozalari ham tuproqdagi organik moddalar miqdorini kamayishiga olib keladi (W. Zoginov et al. 1982).
20 yillik tajribani ko’rsatishicha, o’g’itlarni qo’llamasdan gumus miqdori 19% ga kamaytiradi, faqat mineral o’g’itlar qo’llanilganda 6 % ta oshadi, yangi go’ng qo’llanilganda 43 % ga, go’ng-tuproq, komposti qo’llanilganda 81 % ga, chirigan go’ng qo’llanilganda 92 % ga, kombinirlangan kompost qo’llanilganda 109 % ga ortdi (G. Rtntyeg.1981)
Organik o’g’itlarni gumus xolida (chirigan xrlda) tuproqqa qo’llash, tuproq unumdorligining pasayishini oldini olib, uning fizik-kimyoviy xossalarini, strukturasini hamda suv-havo rejimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tuproqda SO2 miqdorining oshishi tuproqqa organik o’g’itlar qo’llanilganda kuzatiladi. U (issiqxona va teplitsalarda SO3 gazining chiqishi 0,3-0,6 kg/m2, ochiq joylarda esa 200-300kg/ga kun hisobida bo’lib ) donli ekinlarning, qand lavlagi, kartoshka ayniqsa sabzavot ekinlari hosildorligini 20,0-50 % ga oshirishi mumkin.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha organik o’g’itlarni qo’llanilishi mineral o’g’itlar bilan taqqoslaganda tuproqni chang holatidan suvga chidamli, mayda kesakchali, strukturali holatiga o’tishiga yordam berdi.
Kompostlashda organik chiqindilar 75-85°S ga qizdiriladi. Bunday holdagi kompost sochiluvchan va hidsiz bo’ladi va o’simliklar yengil o’zlashtiradigan organik hamda mineral birikmalar, makro va mikroelementlar tutadi.
Aniqlanishicha torfli-go’ngli kompostlarni chuqurroq solish tuproq qatlamini (haydov) tez madaniylashi sodir bo’ladi, bunda tuproqding suv-fizik gumus holati yaxshilanadi, fosfor va kaliyning oson o’zlashtiriladigan shakllari miqdori ortadi, organik o’g’itlarni 25-27 sm chuqurlikka solish odatdagi 20-25 sm chuqurlikka solingandagiga qaraganda gumusning ko’p to’planishiga olib keldi. (Melsayev I.T.,1997).
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish organik chiqindilaridan (parranda tezagi, go’ng, torf, somon va h.k.) kompost tayyorlandi. Tayyorlangan kompostlar madaniylashgan, gumus miqdori 5,4 % li chimli pozdzol tuproqlar sharoitida kartoshka ekiniga ta’siri o’rganildi. Kompostni 5 t/ga dan 30 t/ga normada solish kartoshka hosildorligini 44,4 t/ga dan 57,1 t/ga oshishini ta’minladi. Ya’ni tuganaklar hosili qo’shimcha 13,2 va 15 t/ga bo’lishini ta’minladi. (Smirnov A.M., Shakalov V.A. 1997)
Do'stlaringiz bilan baham: |