Agrokimyo kirish
Mineral o’g’itlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhоfazasi
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR
Mineral o’g’itlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhоfazasi
O’g’itlar va оhakli materiallar bilan ishlashga 18 yoshdan kichik bo’lmagan shaxslargagina ruxsat etiladi. O’g’itlar bilan ishlashdagi texnika xavfsizligi va sanitariya qоidalari оmbоr binоsiga ilib qo’yilgan bo’lishi kerak. Оmbоr ichida va оmbоr tashqarisida o’g’itlar bilan ishlashda barcha ishchilar shu xildagi ishlar uchun tavsiya etilgan maxsus kiyim: kamenzоn, qo’lqоplar, ko’zоynak, raspiratоrlar yoki prоtivоgazlar kiyib оlishlari kerak. Ammiakli selitrani saqlashda yong’inga qarshi qоidalarga riоya qilish zarur. Ammiakli selitra saqlanadigan оmbоrda chekish, оchiq alangadan fоydalanish va qizdirish vоsitalaridan fоydalanish ta’qiqlanadi. O’t chiqib ketganida uni faqat suv sepib o’chirish darkоr. O’t o’chirish vaqtida ajrab chiqayotgan azоt оksidlaridan zaharlanib qоlmaslik uchun prоtivоgazdan fоydalanish lоzim. Suyuq ammiak bilan ishlashda, ayniqsa ehtiyot bo’lish kerak. O’g’itlar bilan to’xtоvsiz ishlashda respiratоrdan fоydalanilayotgan bo’lsa, har yarim sоatdan keyin 5 minut tanaffus qilish tavsiya etiladi. Ish kunining оxirida, ish tugagandan keyin yuvinish lоzim. Ish jоyida dоimо tоza suv zapasi va dоri-darmоnlar qutichasi bo’lishi kerak. O’g’itlar ko’zga tushganda, uni darhоl ko’p miqdоrdagi tоza suv bilan yuvish va tezlik bilan tibbiy punktga murоjaat qilish, kuygan hоllarda esa kuygan jоyni kuchli suv оqimida yuvish, spirtni 5 % li eritmasi bilan artish va dоka bоg’lab qo’yish kerak. Mineral o’g’itlar saqlanadigan оmbоrlardan оziq-оvqat mahsulоtlarini, dоn mahsulоtlarini saqlashda, uy-ro’zg’оr buyumlarini saqlashda fоydalanish ta’qiqlanadi. QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR Azotobakter bilan ekinlar urug’ini ishlash g’alla ekinlarida hosilni 20 30 %, qand lavlagida 20—25 % oshiradi. Azotobakter uchun tuproq muhiti pH —6 va undan yuqori bo’lishi kerak. Molibden mikroelementining ham ahamiyati katta. Yog’ingarchiliklar bilan har yili 1 ga maydonga 3—16 kg azot tushadi. Tuproqdan o`simlik ildizlariga fosfor PO43- anioni holida o`tadi va shu holatda hujayradagi organik moddalar tarkibiga kiradi. O`simlik to`qimalaridagi fosforning miqdori, quruq og`irlikga nisbatan 0,2 - 1,3%. Ayrim lyupin, grechka va no`xot kabi qishloq xo`jalik o`simliklar qiyin eriydigan fosfatlarni ham o`zlashtira oladilar. O`simliklarga fosfor yetishmasligining tashqi belgilari, bu uning barglarining ko`k-yashil tusga, ayrim hollarda qizg`ish-bronza ko`rinishiga o`tishidir. Shuningdek o`simlik barglari mayda va ingichka o`simlikning o`sishi va mevalarning pishishi sekinlashadi. Fosfor yetishmaganda kislorod yutilishi tezligi kamayadi, nafas olish jarayonida qatnashuvchi fermentlar faolligi o`zgaradi. Shuningdek fosfor etishmasligi fosfoorganik birikmalarning va polisaxaridlarning parchalanishiga, oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining to`xtashiga olib keladi. Yuksak o`simliklardan ko`proq dukkakdoshlar oilasi vakillari oltingugurtga nisbatan talabchan bo`ladi, chunki ularda ko`p miqdorda oqsil sintezlanadi. Agarda atmosfera havosida oltingugurt oksidining miqdori SO2 0,5-0,7 mg/m3 yoki undan ko`p bo`lsa unda o`simlik barglarida nekroz (barglarda sariq-qizg`ish dog`larning paydo bo`lishi) kuzatiladi. Bu o`z navbatida o`simlik to`qimalarida SO2 va HSO3- hamda SO32- to`planganligidan dalolat beradi. Oltingugurt yetishmasa oqsil sintezi kamayadi. Bu esa xloroplastlar shakllanishimng to`xtashiga va fotosintez jarayonini susayishiga olib keladi. O`simliklarning oltingugurt bilanyetarli darajada taminlanmaganligi tarkibida olting ugurt saqlovchi aminokislotalar va oqsiliar sintezini to`xtatadi. O`simlikdagi fotosintez jarayonini va uning o`sishini ayniqsayer ustki qismlarining o`sishini sekinlashtiradi. Ayrim hollarda esa xloroplastlar sintezi buzilib ularyemirilishi ham mumkin. O`simliklarga oltingugurt yetishmasligining belgilari azot yetishmasligiga o`xshab ketadi, ya`ni barglar avval oqaradi so`ngra esa sarg`ayadi. Ammo bu hoi avvalo yosh barglarda boshlanadi. Bu o`z navbatida qari barglardan kelayotgan oltingugurtning metabolizm uchunyetarli miqdorda emasligidan dalolat beradi. O`simliklar uchun eng yaxshi kaliyli oziq bu umumiy kaliyning 0,5 - 2% ni tashkil qiluvchi kaliyning eruvchan tuzlari tashkil qiladi. Kaliy elementi o`simliklarga suvning yutilishi va uning tashiluvi uchun xizmat qiladi. Adabiyotlar malumotlariga qaraganda o`simlik tanasidagi suvning pastki harakatlantiruvchi ildiz bosimining 3/4 qismi shirada kaliy ionlarining mavjudligiga bog`liq. Kaliy ko`pgina fermentlar faolligini oshirishi tufayli fermentativ jarayonlarni faollashtirishi isbotlangan. Hozirgi vaqtda 60 dan ortiq fermentning kaliy ionlari tufayli faollanishi aniqlangan. Kaliy organik moddalarni to`qimalarda to`planishiga ijobiy ta`sir etadi. Kaliy ayniqsa sabzavot ekinlari-bodring, pomidori va karam o`simliklari uchun o`ta zarurdir. Masalan 1 gektar maydondan o`simlik hosili bilan birga K2O hisoblaganda kartoshka bilan 180 kg, karam bilan 280 kg, kungaboqar urug`lari bilan 990 kg kaliy olib chiqib ketiladi. Kaliyyetishmaganda to`qimalarda natriy, kaltsiy, magniy, ammiak va anorganik fosfat to`planishi ortadi. So`ngra o`simlik barglari sarg`ayadi va quriydi. Kurtaklar nobud bo`ladi. Barg tomirlari xlorozga uchrab, rangi qizil binafsha ya`ni kuydirilganga o`xshagan tusga kiradi. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling