Agrokimyo kirish


OZIQ MUHITIDAGI ELEMENTLAR NISBATI


Download 366.13 Kb.
bet10/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

OZIQ MUHITIDAGI ELEMENTLAR NISBATI




  1. Oziq muhitidagi elementlar nisbatini hisobga olish o’simliklar mineral oziqlanishini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ekinlar rivojlanishining turli davrlarida har xil nisbatdagi oziqa elementlarni talab qiladi.




  1. Oziq elementlarni ildizga yutilishi ko’p jihatdan gidratlangan ionlar diametriga bog’liq bo’lib, diametri kichik elementlar ko’proq yutiladi. Ayrim elementlar bundan mustasno: masalan, diametri katta bolsada, K+ ioni rubidiy va seziyga, Cl esa boshqa galogenlarga nisbatan tezroq yutiladi.

  2. O’simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo’lishi bevosita tashqi muhitdagi kation va anionlarning o’zaro nisbatiga bog’liq.

  3. Oziq eritmasining fiziologik jihatdan muvozanatlashganligi o’simliklarning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Oziq elementlarni o’simliklar oson va samarali o’zlashtiradigan nisbatlarda tutadigan eritmalar fiziologik jihatdan muvozanatlashtirilgan eritmalardir.

  4. Tajribalar asosida azot bilan yaxshi ta’minlangan o’sitnliklar K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn kabi elementlarning yaxshi o’zlashtirishi, fosforning ortiqcha miqdori Cu, Fe va Mn elementlari yutilishini cheklashi aniqlangan. Kaliy ta’sirida o’simlik tanasiga Ca, Mg va yana bir qator elementlar kamroq yutiladi.

  5. Oziqlanish niuhitidagi bironta elementning boshqa elementlarning yutilishiga yordam berishi ionlar sinergizmi iboralari bilan yuritiladi. Agar tuzlar aralashmasining ta’siri alohida olingan komponentla r ta’siriga teng bo’lsa, ionlar adidtivligi deyiladi.

  6. Azot, fosfor va kaliy yetarli bo’lgan sharoitlarda o’simliklarning mikroelementlarga talabchanligi ortadi. Masalan, tuproqda Fe, Mn va Zn taqchil b o’lsa, o’simliklarga azotning yutilishi kamayadi. Cu, Zn, Mo kabi mikroelementlar fosforning yutilishiga ijobiy, kaliyning o’zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi.

  7. O’simliklarning ildiz tiziini oziqa moddalarni tanlab, ma’lum miqdor va nisbatlarda yutish qobiliyatiga ega.

  8. Ekinlarning rivojlanishi va hosilining shakllanishida oziq elementlarning reutilizatsiyasi (qayta foydalanilishi muhim ahamiyatga ega). Reutilizatsiya — oziq elementlarning o’simlikdagi qari barglardan yosh barglarga, o’suv qismlardan urug’ va mevaga oqib o’tishidir. Ca, Fe, Mn, B, Zn kabi elementlar reutilizatsiyalanmaydi, oltingugurt qisman, azot, fosfor, kaliy va magniy ko’p marotaba reutilizatsiyaga uchraydi.

  9. Tashqi muhit oinillari (harorat, namlik, yorug’lik va havo) ionlar antogonizmi, sinergizmi va reutilizatsiyasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, issiqxonalarda yorug’likning kam bo’lishi, tuproqqa yuqori me’yorda azotli o’g’itlar kiritilishi sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibida nitratlar miqdorini keskin ortishiga olib keladi.





      1. Download 366.13 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling