Agrokimyo kirish


O’SIMLIKLARNING ILDIZDAN OZIQLANISHI


Download 366.13 Kb.
bet8/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

O’SIMLIKLARNING ILDIZDAN OZIQLANISHI




  1. O’simliklarning ildizdan oziqlanishi mineral oziqlanish deb ham yuritiladi. Bu tushuncha bir─biri bilan uzviy bogiangan quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi.

  1. O’simliklarning ildiz tizimi tuproqning o’zlashtirishga layoqatli oziq moddalar zaxirasi to’plangan qatlamda rivojlanib (xemotropizm), o’z nordon ajratmalari bilan tuproq qattiq fazasiga ta’sir qiladi, singdirish kompleksi, TSK) tomonidan almashinib singdirilgan oziqa ionlarini eritmaga siqib chiqaradi va suvda qiyin eriydigan birikmalarni qisman eritadi.

  2. Ildiz yuzasidagi bir qator fermentlar tuproqning mineral va organik moddalarini parchalash (gidroliz) da ishtirok etadi.

  3. Ildiz tizimining faol yuzasi bilan muloqotda bo’ladigan tuproq eritmasi tarkibidagi ayrim tuzlar diffuziya yo’li bilan yutiladi.

  4. Diffuziya va ionlarning almashinuvchan adsorbsiyasi natijasida hujayra qobig’i harnda protoplazma membranasiga surilgan tuzlar ildiz tukchalari tomonidan yutiladi.

  5. Singdirilgan ionlar protoplazma ichida akkumulatsiyalanadi va ildizda ketadigan sintezlanish jarayonlarida ishtirok etadi.

  6. Barg va ildizda sintezlanadigan organik moddalar o’zaro almashinadi.

  7. Ildiz orqali yutilgan mineral moddalar ksilema bo’ylab o’simlikning yer usti qismiga qarab harakatlanadi va bunda mineral hamda organik moddalarning bir qismi tuproqqa ajraladi.

  8. Yutilgan ayrim moddalar qari barglardan yosli barglarga, vegetativ organlardan reproduktiv organlarga oqib o’tish yo’li bilan o’simlik tanasida qayta o’zlashtiriladi — reutilizatsiya.


      1. O’SIMLIKLARNING ILDIZ TIZIMI: TIPLARI,

TUZILISHI VA FUNKSIYALARI



  1. Qo’shimcha ildizlar o’simliklar hayotida katta ahamiyatga ega: ildiz tizimi hajmini oshiradi, asosiy va yon ildizlar nobud bo’lganda, ularning o’rnini bosadi.




  1. Tuproqqa kirib boorish chuqurligi har xil bo’lishi xususiyat asosida A.R. Modestov asosiy qishloq xo’jalik ekinlarini bir nechta guruhga bo’lishni taklif qilgan: A) uzun ildizli o’simliklar — beda, kungaboqar, qand lavlagi, lyupin, g’o’z a — 2,5─4 m va undan chuqur; B) o’rtacha ildizli o’simliklar — g’allagulli don ekinlari, makka ─ jo’xori — 1,5—2 m; D) qisqa ildizli o’simliklar — no’xat, rus no’xati, loviya, grechixa, soya, zig’ir, mosh, kartoshka, ekinbop nasha — 1,5 m gacha.

  2. Ildizning tik va yonlama tarqalishi, massasi va hajmini bilish ekinlarning qator oralariga ishlov berish, o’g’itlash va sug’orishni to’g’ri tashkil qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

  3. O’simliklarning ildiz tizimi bir qator funksiyalarni bajarishga moslashgan bo’lib, suv va unda erigan moddalarni yutish, turli─tuman organik birikmalarni sintezlash, o’zidan har xil moddalarni tuproqqa ajratish, shuningdek, tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish shular jumlasidandir.

  4. Ayrim o’simliklarning ildizida o’ziga xos moddalar sintezlanishi kuzatilgan. Masalan, kanakunjutda resipin, lyupinda lyupanin, tamakida nikotin sintezlanadi. O’simliklar tuproqdan suv va suvda erigan moddalarni suribgina qolmasdan, unga ko’p miqdorda turli─tuman moddalarni ajratib chiqaradi.

  5. Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlar asosida ildiz tizimi o’zidan karbonat kislotadan tashqari aminli birikmalar, organik kislotalar, qand moddalar, fermentlar, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy kabilarni ajratishi aniqlangan. Ildiz ajratmalari tuproqni oziq elementlar bilan boyitish, qiyin eriydigan birikmalarni o’simliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tkazish jarayonlarida, shuningdek, tuproq mikroorganizmlari hayotida muhim ahamiyatga ega.

  6. Oziqlanishga ta’sir etuvchi tashqi omillarning me’yordan u yoki bu tomonga sezilarli og’ishi ildiz ajratmalar miqdorining ortishi va o’simliklar oziqlanishining vomonlashishiga sabab bo’lishi mumkin.

  7. Beda o’simligi hayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillarida mos ravishda 65,2; 86,4 va 102,2 s/ga ildiz va angiz qoldiqlarini qoldiradi, qaysiki tuproqni organik moddalar bilan boyitadi va unumdorligini oshiradi.



      1. Download 366.13 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling