Agrokimyo kirish
I I bob. O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim ekinlar tarkibidagi suv va quruq moddalarning nisbati
- Ekin va uning tana qismi Suv Quruq modda
- Quruq moddalar.
I I bob. O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY
TARKIBI VA OZIQLANISHI O’SIMLIKLARNING MINERAL KIMYOVIY TARKIBI O’simliklarning quruq moddasi deganda, ular tarkibidagi mineral va organik moddalar yig’indisi tushuniladi. Ayrim ekinlar tarkibidagi suv va quruq moddalarning nisbati, % (A.V. Peterburgskiy) (2.1.1– jadval)
Suvdagi yuqori solishtirma issiqlik sig’imi va har qanday haroratda ham bug’lanish xususiyati o’simliklarning qizib (kuyib) ketishidan saqlaydi. Quruq moddalar. O’simliklar tanasida quruq moddalarning to’planishi atmosferadan karbonat angidrid gazining yutilishi va ildiz tizimi tomonidan tuproqdagi mineral tuzlarning o’zlashtirilishi hisobiga sodir bo’ladi. Qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi quruq moddaning 42—45% i uglerod, 40—42% i kislorod, 6—7% i vodorod hissasiga to’g’ri kelib, ularning yig’indisi 90—94% ga tengdir. Azot va boshqa elementlarning yig’indisi atigi 6—10% ni tashkil qiladi. Uglevodlar, yog’lar va boshqa azotsiz organik birikmalar uchta elementdan — uglerod, kislorod va vodoroddan tuzilgan, oqsil hamda boshqa azotli organik birikmalar tarkibida esa azot ham uchraydi. Mazkur to’rtta element — organogen elementlar deb ataladi va o’simliklar quruq moddasining taxminan 95% ga yaqini ular hissasiga to’g’ri keladi. O’simliklar tanasida uchraydigan barcha elementlar o’simlik hayotida tutgan o’rni va miqdoriga ko’ra uchta guruhga ajratiladi. Uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir kabi elementlar o’simliklarning me’yorida o’sibrivojlanishi uchun o’ta zamr hisoblanadi. Ularning miqdori, odatda, o’simlik tanasining 0,01% idan toki bir necha o’n foizini tashkil qiladi va makroelementlar deb yuritiladi. Marganes, bor, molibden, mis, rux, kobalt, yod, vannadiy kabi elementlar o’simliklar tarkibida ancha kam (10─3─10─6%) miqdorda uchraydi, o’simliklar tanasida sodir bo’ladigan asosiy biokimyoviy va fiziologik jarayonlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu elementlar mikroelement deb nomlanadi. O’simlik tanasining juda ham kichik qismini (10-6—10 -12 %) tashkil etadigan rubidiy, seziy, selen, kadmiy, kumush, simob va boshqa elementlar ham o’ziga yarasha ahamiyat kasb etadi va ular ultramikroelementlar deyiladi. O’simliklar yondirilganda natriy, magniy, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, temir, bor, marganes va boshqa elementlar kul tarkibida qolishi sababli ular kul elementlar degan nomni olgan. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling