Agrokimyo kirish
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
11.6.5. SHOLINI O’G’ITLASH
Sholi issiqsevar, yorug’sevar va suvga talabehan ekin, suvga o’ta talabehan. Muhiti tno’tadil va mo’tadilga yaqin tuproqlarda yaxshi o’sadi. Kuchsiz nordon va kuchsiz ishqoriy tuproqlarda ham sholidan yuqori hosil yetishtirish mumkin. Bu ekin chirindiga boy, granulometrik tarkibi o’rta va og’ir soz hamda ioyli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Yengil tuproqlar sholichilik uchun yaroqsizdir. Suvga bostirilgandan keyin bir kecha-kunduz o’tgach, tuproqdagi azot butkul yo’qoladi, besh-olti kundan keyin esa qaytarilish jarayoni kuchayib ketadi. Tuproqda hosil bo’ladigan bir yarim oksidlar (R2O3) o’simliklar uchun o’ta zararlidir. Lekin ildizning aerob mittizonasida ular oksidlanadi, qisman cho’kmaga aylanadi va o’simliklarni oziqlanishi uchun yaroqli, zararsiz oziqlanish manbayiga aylanadi. Oziq elementlarining yutilishiga tuproqda hosil bo’ladigan vodorod sulfid ayniqsa kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uni mo’tadillashishida Fe2O3 ning xizmati katta, qaysiki, o’simliklar uchun zararsiz FeS ni hosil qiladi. Sholi asosan ammiak shaklidagi azot bilan oziqlanadi, chunki nitrat shaklidagi azot cheklar suvga bostirilgandan keyin 5—6 kun o’tgach tuproqdan butkul yo’qoladi. Sholi paykalida o’sadigan ko’k-yashil suv o’tlari o’suv davrida gektariga 20 kg dan 200 kg gacha azot va bir tonnaga yaqin organic modda to’playdi. Bir tonna sholi hosili bilan (shunga mos miqdordagi paxoli bilan) tuproqdan o’rtacha 22 kg azot, 10 kg fosfor va 30 kg kaliy olib chiqiladi. Sholi ning murg’ak nihollari tuproqdagi tuzlar konsentratsiyasi xloridli sho’rlanishda 0,1% dan, sulfatli sho’rlanishda esa 0,2% dan oshib ketganda zararlanadi. Ulg’ayib qolgan nihollarga tuzlar konsentratsiyasining 0,7% ga yetishi ham unchalik ta’sir ko’rsata olmaydi. Sholining hosili va guruchning sifati navning biologik xususiyatlari va tashqi muhit sharoitlariga bog’liq. Mazkur sharoitlar ichida ayniqsa mineral oziqlantirishning ahamiyati katta. U azotga juda talabchan bo’lib, o’suv davrining boshidan oxirigacha o’zlashtiradi. Azot ning o’zlashtirilish jadalligi nihollar ulg’aygani sari (so’nggi barg paydo bo’lgunga qadar) ortib boradi, so’ngra keskin kamayadi. Azot tanqisligi sharoitida nihollarning rivojlanishi sekinlashadi, barglari sarg’aya boradi, fotosintez va shoxlanish sustlashadi, ro’vaklar kam donli bo’lib, hosildorlik sezilarli darajada pasayadi. O’tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga qaraganda, azotli o’g’itlar me’yorining ortib borishi qonuniy ravishda sholi hosildorligini oshiradi. Gektariga 150—200 kg azot kiritish sholi uchun eng maqbul miqdor hisoblanadi. Qozog’iston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olib borgan tajribalarida turli shakldagi azotli o’g’itlar, har xil usul va muddatlarda qo’llanilganda, guruchning sifat tarkibini o’zgarib borishi kuzatilgan (11.6.5-jadval). (11.6.5-jadval) Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling