Azotli o’g’itlarning shakli, qo’llash usuli va muddatlarini guruchning kimyoviy tarkibiga ta’siri (Ramazanova, Qozog’iston sholichilik instituti, 1999)
Tajriba vrianti
|
Quruq moddaga nisbatan % larda
|
oqsil
|
kraxmal
|
qand
|
kul
elementlari
|
O’g’itsiz (nazorat)
|
6.8
|
61,2
|
3,5
|
4,7
|
P60 (fon)
|
7,1
|
60,7
|
4,7
|
-
|
Fon + N90 (ammoniy sulfat ekishgacha)
|
8
|
58,7
|
4,7
|
4,4
|
Fon + N90 (mochevina ekishgacha)
|
8
|
63,8
|
4,3
|
4,3
|
Fon + N90 (ammoniysulfat 1/3 qismi ekishgacha, qolgani naychalash davrida)
|
8,9
|
65,4
|
3,6
|
5
|
Fon + N90 (mochevina 1/3 qismi
ekishgacha, qolgani naychalash davrida)
|
9,5
|
62,2
|
4,7
|
4,2
|
Ekish oldidan beriladigan ammoniy sulfat va mochevina guruch tarkibidagi oqsil miqdorini bir xilda oshirgan. Qo’shimcha oziqlantirish amalga oshirilgan variantlarda esa mochevina ko’proq samara berishi e’tirof etilgan. Guruch sifatiga fosforli o’g’itlar ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Nihollar o’suv davrining boshlarida fosforga juda talabchan bo’ladi. Fosfor yetishniagan hollarda o’simlik tanasidagi oqsil almashinuvi jarayoni buziladi, ildiz tizimi kuchsiz rivojlanadi va oqibatda hosildorlik keskin kamayib ketadi. Olib borilgan bir qator dala tajribalarida fosforli o’g’it me’yori ortib borgani sari guruchning shishasimon yaltiroqligi va solishtirma og’irligi ham ortib borishi aniqlangan. Sholining kaliyga bo’lgan talabi, odatda, uning tuproqdagi zaxirasi hisobiga qondiriladi. Kaliy yetishmagan hollarda. ayniqsa nihollar endigina unib chiqqan davrda, sholining barglari juda sekin shakllanadi, shoxlanishi ham sust boradi. Har 1 ga paykaldan 70—90 s hosil yetishtirish uchun tuproqqa ma’lum miqdorda kaliyli o’g’itlar kiritilishi lozim. Bu borada O’zbekiston sholichilik ilmiy tadqiqot institutining Qoraqalpog’iston tarmog’ida olib borilgan tajribalarning natijalari diqqatga sazovordir (11.6.6-jadval).
(11.6.6-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |