Agrokimyo kirish


Download 323.88 Kb.
bet16/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)





  1. Ko’chat o’ralariga yangi yoki chala chirigan go’ng tashlash maqsadga muvofiq emas, chunki ularning chirishidan tuproq qatlamlarida hosil bo’ladigan chala oksidlangan birikmalar ko’chatlarni tutib ketishini qivinlashtiradi. Shuningdek, kaliyli o’g’it sifatida kaliy sulfat topilmasa, kaliy xloriddan ham foydalanish mumkin.

  2. Tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, bitta daraxt tanasi atrofida 1 kv. m yuzani o’g’itlash uchun 3—4 kg go’ng, 5—10 g azot, 4—10 g fosfor va 3—5 g kaliy lavsiya etiladi. Keltirilgan raqamlar gektariga 30—40 t go’ng va 30—100 kg sof oziq moddaga ekvivalentdir. Mevali daraxtlarga beriladigan o’g’it me’yori ularning yoshiga bog’liq ravishda o’zgartirib boriladi. Masalan, daraxtning yoshi 6 ga teng: u holda ildizining tarqalish diametri 3 m ga (6 : 2), yuzasi esa 7 kv m ga teng bo’ladi. Agar 1 kv.m yuza uchun 4 kg go’ng, 5 g azot, 5 g fosfor va 5 g kaliy lozim bo’lsa, 6 yoshIi daraxt uchun bu raqamlar 28 kg go’ng va 35 kg dan azot, fosfor, kaliyga to’G’ri keladi. Shu yo’l bilan turli yoshdagi mevali daraxtlar uchun o’g’it me’yorini hisoblash mumkin ( 11.8.2-jadval).


11.8.2-jadval

Turli yoshdagi mevali daraxtlar uchun belgilangan o’g’it me’yori

(O’zbekistoa mevachilik, uzumchilik va vinochilik instituti)



Daraxtning yoshi

Go’ng,

kg

Mineral o’g’itlar, g

N

P2O5

K2O

2

4

5-10

4-10

3-5

4

20

22-45

20-45

15-20

6

30

35-70

30-70

20-30

8

40

50-100

40-100

30-55

1 0 - 1 2

50-55

60-120

50-120

50-60



11.8.1. TOKNI O’G’ITLASH


  1. Tok o’zining serhosilligi va o’g’itlarga talabchanligi bilan ajralib turadi. Shu bois tokzor uchun ajratiladigan maydon tuproqlari unumdorligini oshirish uchun haydashdan oldin 50 t gacha go’ng, 700—750 kg fosforli o’g’it va 100—150 kg kalivli o’g’it kiritiladi. Mumkin qadar tarkibida xlorni tutmaydigan kaliyli o’g’itlardan foydalanish kerak. Ko’chatlarning avji past bo’lsa, may-iyun oylarida 50 kg azot, va 40—50 kg fosfor bilan qo’shimcha oziqlantiriladi.

  2. Hosilga kirgan toklar har yili gektariga 100 kg azot, 90 kg fosfor va 30—40 kg kaliy bilan oziqlantirib boriladi. Birinchi oziqlantirish may oyida (60 kg azot, 45 kg fosfor, 15 kg kaliy), ikkinchisi esa iyunda (40 kg azot, 45 kg fosfor, 15 kg kaliy) o’tkaziladi. Har ikki yilda bir marta 20—30 t/ga miqdorida go’ng kiritiladi. Kompostlar va eski devor qoldiqlarini qo’llash uzum hosili va sifatini oshiradi.


11.9. MIKROELEMENT BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN DALA TAJRIBALARI


  1. Tajribalarda bo’r H3BO3 (17,5% B) shaklda, rux ZnSO4∙7H2O (22,0% Zn), mis CuSO4∙5H2O (25,5% Cu), marganes MnSO4 ∙5H2O (22,8% Mn), kobalt CoSO4∙7H2O (21,0% Co) va molibden (NH4)2MoO4 (49,0% Mo) shakllarida ishlatiladi. Umglarni rnikroelement eritmasida ivitish uchun bo’rning 0,02— 0,05; marganesning 0,05; ruxning 0,03—0,04; molibdenning 0,01 — 0,05 va kobaltning 0,01—0,10% li eritmalari ishlatiladi. Uruglarni namlash muddati — 12 soat, urug’ va eritma o rtasidagi nisbat — 2:1. Mikroelementlarni ekishgacha yoki qo’shimcha oziqlantirish paytida tuproqqa solish uchun quyidagi dozalar tavsiya etiladi: bo’r — 1,0—1,5; rux — 2—4; mis — 1—3; marganes — 4—10; molibden — 0,5—1,0 va kobalt — 0,3—0,5 kg/ga.



BOSHQA QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR

  1. O’G’ITLAR TO’G’RISIDA MA’LUMOTLAR

Fosforli o’g’itlar - tarkibida fosfor bo’lgan mineral va organik moddalar; o’simliklarning fosfor bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. O’simliklar o’zlashtirgan fosforning tuprokdagi jamg’armasini to’ldirishning birdanbir manbaidir. F.o’. tarkibida fosfor bo’lgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli o’g’itlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xo’jaligiga yetkazib beriladigan F.o’. tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida bo’ladi. Ayrim F.o’. esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab o’g’itlardir. F.o’. sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral o’g’itlardan hisoblanadi (1842 yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab F.o’. ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qo’shaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) F.o’. Bu o’g’itlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Sa(N2RO4)2N2O holida bo’ladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) F.o’.; bu o’g’itlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — SaNRO4N,O yoki tetrakaltsiy fosfat — Sa4R2O5 holida bo’ladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu o’g’itlar shudgorlashda asosiy o’g’it sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qo’llaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) F.o’. Ularda fosfor kaltsiy fosfat — Sa3(RO4)2 holida bo’ladi. Bunday o’g’itlar qiyin eriydigan fosfatlarni o’simliklar o’zlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita o’g’it sifatida yuqori dozalarda solinadi. F.o’.ni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bog’liq.

Suvda eriydigan F.o’. kukuni va donador holda limon kislota va ammoniy sitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin eriydiganlari juda mayda kukun holida qo’llaniladi. Sug’orma dehqonchilik zonalarida, odatda, suvda eriydigan F.o’. qo’llaniladi. Ularning barchasi nam tortmaydi, mushtlanib qolmaydi. Survoha tuproklarda F.o’. tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari 1:0,7:0,3; o’tloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qo’llanganda yaxshi samara beradi. Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori qatlamida to’planadi. Tuproqqa solingan F.o’. tarkibidagi fosforning 20—25% solingan yili, 40— 60% 2—3 yil o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. F.o’.o’simlik rivojlanishi uchun zarur o’g’itdir. F.o’. ta’sirida hosil pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagida qand ko’payadi (fosfor yetishmaganda o’simlik barglarining cheti qorayib quriydi, o’simlik nimjon bo’lib o’sadi).



Kaliyli o’g’itlar - tarkibida o’simliklar oson o’zlashtiradigan shaklda kaliy elementi bo’lgan mineral moddalar; suvda eruvchan xlorid, sulfat va karbonat kislotalarning tuzlari. Tarkibida kaliyli tuzlar bo’lgan tog’ jinslari K.o’. olinadigan xom ashyo.

K.o’. konsentrlangan K.o’., aralash K.o’. va xom kaliy tuzlariga bo’linadi. Konsentrlangan K.o’.ga kaliy xlorid (55,259,7% K2O), kaliy sulfat (44— 52% K2O), kaliyli selitra (44% K2O) kiradi. Aralash K.o’. xom kaliy tuzlariga konsentrlangan K.o’. qo’shib tayyorlanadi: 30—40% li kaliy tuzlari kaliy xloridning silvinit yoki kainit bilan mexanik aralashmasidan iborat; kaliy-magniyli konsentrat; kaliy-magniy sulfat yoki kalimagneziya; yog’och, torf va b. kuli. Xom kaliy tuzlari — maydalangan tabiiy minerallar (silvinit va kainit).

K.o’. sifatida tarkibida kaliyli tuzlar bor alyuminiy va sement sanoati chiqindilari (potash) ham ishlatiladi. Sement changi va potash muhiti ishqorli. Kul, ayniqsa, nordon tuproqpar uchun a’lo darajadagi K.o’. hisoblanadi, u tuproqning zararli kislotaliligini ham neytrallaydi. Go’ng o’simliklar uchun kaliy manbai, chunki unda 0,6% atrofida K2O bo’ladi.

Barcha q.x. ekinlari, ayniqsa, qumli va qumloqli tuproqlardagi ekinlar K.o’.ga kuchli ehtiyoj sezadi. K.o’., odatda, fosforli yoki azot va fosforli o’g’itlar bilan birga ishlatiladi. G’o’za, kartoshka, sabzavot, qand lavlagi, xashaki ildizmevalilar, makkajo’xori, kuzgi g’alla ekinlari va b. ekinlar kaliyga talabchan. 1 ga maydondagi g’o’za har tonna hosili uchun yerdan 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor bilan birga 30– 80 kg kaliyni o’zlashtirishi aniklangan. K.o’. meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va b. tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni ko’paytiradi, kuzgi g’alla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamini oshiradi. Quruq cho’l zonasida va sur tuproq yerlarda K.o’. faqat sug’orish paytida beriladi. Sho’rtob tuproqlarda K.o’. ishlatilmaydi, ular tuproq shoʻrini kuchaytiradi. Yerga solinadigan K.o’. me’yori tuproqning harakatchan kaliy bilan qanchalik ta’minlanganligiga bog’liq. Bunda azot, fosfor, kaliy (NPK) 1:0,7—0,8:0,53 nisbatda olinadi. K.o’. yillik miqdorining 50% ini asosiy o’g’it sifatida kuzgi shudgorda, 50% ini esa vegetatsiya davrida berish tavsiya etiladi.



Azotli o’g’itlar — tarki-bida azot bo’lgan va o’simliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qo’llaniladigan organik hamda anorga-nik moddalar, o’simliklarni azot bilan oziqlantirish manbai. A.o’. 1914—18 y.larda ammiakni havodagi azot va vo-226doroddan sintezlash sanoat miqyosida o’zlashtirilganidan keyin kimyo sano-atida ishlab chiqarildi. O’zbekistonda birinchi marta Chirchiq elektr kimyo ktida 1940 y.da ishlab chiqarilgan. Farg’ona azotli o’g’itlar zavodi, Navoiy kimyo k-tida asosiy turdagi A.o’. ishlab chiqariladi. O’zR kimyo sanoatining A.o’. ishlab chiqarish bo’yicha yillik quvvati 2,8 mln. t (1995 y.da 1012,1 ming t Azotli o’g’itlar ishlab chikarildi; 100% oziq-modda hisobida). A.o’. organik (go’ng , torf, kom-post), mineral (ammiakli selitra, am-moniy sulfat, mochevina va suvli ammi-ak) hamda ko’kat o’g’itlar (lyupinning ko’k massasi, seradella va boshqalar)ga bo’linadi. A.o’.ni ishlab chiqarishda ammiak va nitrat kislota asosiy xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. A.o’. noqoratuproq zonada, o’rmonli dasht zonaning nam joylari va sug’oriladigan dehqonchilik zonasida qishloq xo’jaligi o’simliklari hosildorligini oshirishda eng yaxshi vo-sita hisoblanadi. O’simliklar ko’pincha azotning mineral birikmalaridan, aso-san, nitrat va ammoniy tuzlarini uzlash-tiradi. Mineral A.o’.da azot ammiakli, ammiakli-nitratli, nitratli va amid-li ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Bu o’g’itlar tarkibidagi azotni o’simliklar oson uzlashtiradi va uning ta’siri tez bilinadi. Sug’orma dehqonchilik mintaqasida qo’llaniladigan A.o’.ning asosiy miqdorini ammiakli selitra va mochevina tashkil etadi.Ammiakli o’g’itlarga (azot NH3 sha-klida) ammoniy sulfat, ammoniy xlo-rid, ammoniy bikarbonat, suvsiz ammi-ak, suvli ammiak, ammiakatlar kiradi. Ammoniy sulfat tarkibidagi ammiak-li azot tuproqqa yutilmaydigan nitrat holidagi azotga nisbatan tuproqda yaxshi ushlanib, kamroq yuvilib ketadi.Ammiakli - nitratli o’g’itlar (azot NH3 va NO3 shaklida) — bularga ammi-akli selitra (ammoniy nitrat, nitrat kislotaning ammoniy tuzi) va ammoniy sulfonitrat kiradi. Ammiakli selitra asosan donador holda ishlab chiqariladi; bu o’g’it ta’sirida tuproqning muxiti kuchsiz kislotali bo’ladi.Nitratli o’g’itlarga (azot NO3 shakli-da) natriyli, kalsiyli, kaliyli seli-tralar kiradi. Nitratli o’g’itlar fizio-logik ishqoriydir, ularni kislotali muxitga ega bo’lgan tuproqlarda ishlatsa yaxshi natija beradi.Amidli o’g’itlarga (azot NH2 sha-klida) mochevina (karbamid), mochevi-na-formaldegidli o’g’itlar kiradi. Sug’oriladigan dehqonchilikda mochevina A.o’. ichida eng samarali hisoblanadi. Mochevina-formaldegidli o’g’itlar tuproq qatlamidan yuvilib ketmaydi, ular tuproqda sekin eriydi. A.o’. me’yori tuproq-iqlim sharoiti, o’simliklarning biol. xususiyatlari, tuproqqa solina-digan organik o’g’itlar miqdori va boshqalarga bog’liq. A.o’. qo’llaganda o’simliklar hosildorligini oshishi turlicha bo’lib, bu ko’rsatkich tuproqqa qanday ishlov berilishiga, o’stirilayotgan ekin turi va boshqa omillarga bog’liq. Dala sharo-itida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, A.o’.ni qo’llanganda paxta hosili gektariga 13,5—15,7 s va undan ham ortishi mumkin. Hosildorlik gek-tariga 37,4—39,8 s bo’lishi uchun paxta dalasiga gektariga 250–300 kg sof azot miqdorida o’g’it solish zarur.

Mikroo’g’itlar — tarkibida o’simliklar uchun zarur mikroelementlar (bor, mis, kobalt, rux, molibden, marganets va boshqalar) bo’lgan o’g’itlar. M. asosiy o’g’itlar (azotli, fosforli va kaliyli) bilan birga o’simliklarning sog’lom o’sishi va hosildorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Tuproqsa o’simliklar o’zlashtira oladigan mikroelementlar yetishmagan hollarda qo’llaniladi. Bulardan tashqari, tarkibida bir necha mikroelementi bo’lgan polimikroo’g’itlar ham ishlatiladi. Bor, marganets, rux qo’shilgan superfosfatlar, nitrofoskalar, molibden va bor qo’shilgan fosforkaliyli o’g’itlar, bor, mis, rux va boshqa mikroelementlar qo’shilgan har xil aralash o’g’itlar makro- va mikroelementlarning eng samarali aralashmasi hisoblanadi. M. Sug’oriladigan zonalarda ekinlarga kam miqdorda: borli M. gektariga 1 kg , molibdenli M. 0,5– 1 kg , misli M. 1–2 kg , ruxli M. 2 kg , marganetsli M. 4–6 kg ta’sir etuvchi modda hisobida solinadi. Mas, tuproqqa borli o’g’itlar solinganda 1 ga yerdagi qand lavlagi hosili 20—40 s, sebarga va beda urug’i 0,5—1,0 s, zig’ir urug’i va tolasi 1—2 s, beda pichani hosili 5—7s; marganetsli o’g’itlar solinganda g’alla, sabzavot hamda rezavor-mevali ekinlar hosili 10% oshadi. M. tuproqqa ekishdan oldin solish, qo’shimcha ozikdantirish (mikro-elementlarning 0,1—0,05% eritmasini purkash), urug’likka ekishdan oldin ishlov berish (urug’likni ularning 0,02—0,05% eritmalari bilan ho’llash) usullarida ishlatiladi.



  1. QISHLOK XO’JALIK EKINLARINI XOSILDORLIGINI OSHIRISH VA TUPROKNING MЕLIORATIV XOLATINI YAXSHILASHDA ORGANIK O’GITLARDAN FOYDALANISH


Orgаnik o’g’itlаr turlаrining kimyoviy tаrkibi

(II.I-jadval )



O’g’itlаr mаnbаi

Quruq moddаsigа nisbаtаn аsosiy ozuqа

elementlаrning tаxminiy % i



Azot (N)

Fosfor (P2O5)

Kаliy (K20)

Go’ng

Yangi qorаmol

0,45

0,23

0,50

Ot

0,58

0,28

0,63

Qo’y

0,83

0,23

0,67

Cho’chqа

0,45

0,19

0,60

Arаlаsh

0,50

0,25

0,60

Arаlаsh yarimchirigаn

0,55

0,25

0,70

Chirindi

0,98

0,58

0,90

Go’ng shаltog’i

0,22

0,01

0,46

Pаrrаndаlаr аxlаti

Tovuq

0,7 – 2,1

1,5 – 2

0,8 – 1

G’oz

0,6

0,5

1,1

O’rdаk

0,8

1,5

0,4

Kаnаlizаtsiya oqovаsi,

0,01

0,002

0,004

Oqovа suv cho’kmаsi

1,9 – 3,9

2,3 – 3,9

0,01 – 0,21

Ko’k mаssа

Qаshqаrbedа

0,77

0,05

0,19

Sebаrgа

0,5

0,14

0,38

Somon

0,5

0,25

0,8



  1. Go’ngning organik moddalari ta’sirida tuproqning suv-fizik hossalari (suv o’tkazuvchanligi, nam sig’imi, hajm massasi) va biologik aktivligi yaxshilanadi.

  2. Organik moddalar tuproqda kechadigan gumifikasiya jarayonida oziqlanish tartibini saqlaydi. Mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlar sonini, yo’nalishini, jadalligini oshiradi. Buning natijasida tuproqda fosforni kimyoviy birikishi pasayadi, azotni biologik singdirilishi ortadi.

  3. Organik moddalarni parchalanishidan tuproqqa og’ir singadigan birikmalarni erivchan holatga keltiradigan karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Bunda tuproq usti havosi karbonat angidrid bilan boyib, bu o’simlikda kechadigan fotosintez jarayonini aktivlashtiradi.

  4. Go’ng va boshqa organik o’g’itlarga faqat oziq manba sifatida emas, balki o’simlikning oziqlanishini rag’batlantiruvchi vosita deb ham qarash kerak.

  5. Eng avvalo tuproqni meliorativ va ekologik holatini yaxshilash zarur undan keyin ularga organik o’g’itlarni berish kerak.

  6. G.Sultonova (1997,1998) ma’lumotlariga ko’ra 20 t/ga go’ng bilan N150 R100 K50 kg solinganda chanoqdagi paxta og’irligi sezilarli darajada oshgan. Ayniqsa, 40 t/ga go’ngni ekishdan oldin berilganda chigitning unib chiqishi 10-20 % ga yuqori bo’lgan. Shuningdek paxta navlari bo’yicha ochilishi ham yuqori bo’lgan.

  7. S. Qodirov Trushkin A (1993) tajribalarida g’o’zaga lignin o’g’itlarini qo’llaganda paxta hosilldorligi gektariga 2,7-3,1 s/ga atrofida oshgan.

  8. Tuproqda organik moddaning davomli va barqaror yig’ilib borishi tuproqning xossa va hususiyatlarini yaxshilaydi, jumladan buferligini oshiradi, pirovard natijada tuproqning potensial unumdorligi turg’un oshirib borishga erishiladi. (Ziyomuxammedova, Boirov, 2005).

  9. Tuproqda gumus va organik moddalar qancha ko’p bo’lsa, mikroorganizmlarning faoliyati yuqori bo’lib tuproq unumdorligi ortadi (Qo’rbonbayev, Raimboyeva, 2005).

  10. Azotli va kaliyli o’g’itlarning yuqori dozalari ham tuproqdagi organik moddalar miqdorini kamayishiga olib keladi (W. Zoginov et al. 1982).

  11. 20 yillik tajribani ko’rsatishicha, o’g’itlarni qo’llamasdan gumus miqdori 19% ga kamaytiradi, faqat mineral o’g’itlar qo’llanilganda 6 % ta oshadi, yangi go’ng qo’llanilganda 43 % ga, go’ng-tuproq, komposti qo’llanilganda 81 % ga, chirigan go’ng qo’llanilganda 92 % ga, kombinirlangan kompost qo’llanilganda 109 % ga ortdi (G. Rtntyeg.1981)

  12. Organik o’g’itlarni gumus xolida (chirigan xrlda) tuproqqa qo’llash, tuproq unumdorligining pasayishini oldini olib, uning fizik-kimyoviy xossalarini, strukturasini hamda suv-havo rejimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

  13. Tuproqda SO2 miqdorining oshishi tuproqqa organik o’g’itlar qo’llanilganda kuzatiladi. U (issiqxona va teplitsalarda SO3 gazining chiqishi 0,3-0,6 kg/m2, ochiq joylarda esa 200-300kg/ga kun hisobida bo’lib ) donli ekinlarning, qand lavlagi, kartoshka ayniqsa sabzavot ekinlari hosildorligini 20,0-50 % ga oshirishi mumkin.

  14. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha organik o’g’itlarni qo’llanilishi mineral o’g’itlar bilan taqqoslaganda tuproqni chang holatidan suvga chidamli, mayda kesakchali, strukturali holatiga o’tishiga yordam berdi.

  15. Kompostlashda organik chiqindilar 75-85°S ga qizdiriladi. Bunday holdagi kompost sochiluvchan va hidsiz bo’ladi va o’simliklar yengil o’zlashtiradigan organik hamda mineral birikmalar, makro va mikroelementlar tutadi.

  16. Aniqlanishicha torfli-go’ngli kompostlarni chuqurroq solish tuproq qatlamini (haydov) tez madaniylashi sodir bo’ladi, bunda tuproqding suv-fizik gumus holati yaxshilanadi, fosfor va kaliyning oson o’zlashtiriladigan shakllari miqdori ortadi, organik o’g’itlarni 25-27 sm chuqurlikka solish odatdagi 20-25 sm chuqurlikka solingandagiga qaraganda gumusning ko’p to’planishiga olib keldi. (Melsayev I.T.,1997).

  17. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish organik chiqindilaridan (parranda tezagi, go’ng, torf, somon va h.k.) kompost tayyorlandi. Tayyorlangan kompostlar madaniylashgan, gumus miqdori 5,4 % li chimli pozdzol tuproqlar sharoitida kartoshka ekiniga ta’siri o’rganildi. Kompostni 5 t/ga dan 30 t/ga normada solish kartoshka hosildorligini 44,4 t/ga dan 57,1 t/ga oshishini ta’minladi. Ya’ni tuganaklar hosili qo’shimcha 13,2 va 15 t/ga bo’lishini ta’minladi. (Smirnov A.M., Shakalov V.A. 1997)

  18. Agar tuproqda CO2 gazining miqdori 0,001% oshsa ekinlar hosidorligi ikki barobar ko’payadi.

  19. 1 tonna somon chiriganda, 3 tonna go’ng chiqaradigan miqdorda CO2 gazi ajraladi. (I.Ernazarov. 2004)

  20. Riffaidir Live—Miinser (1983)ning yozishicha karbonat angidrid gazini o’simlik tomonidan foydalanishi kaliy ta’sirida ortadiki bu esa go’ng tarkibidagi asosiy ozuqa unsurlaridan biridir.

  21. A.U.Donbe, P.N.Kordunyans (1980) larning ma’lumotlariga qaraganda oqpalak (vilt) kasaligi zamburug’ini kamayishi uchun har yili 30 t/ga go’ng solish kerak bo’ladi.

  22. Klimaren Yeva—Maria (1982), K.F.Vfraft (1981), Wiss Withelirn (1989) lar organik o’g’itlapni tuproq hususiyatlariga ta’sirini aniqlashgan. Ularning ma’lumotiga qaraganda go’ng tuproqni hajm og’irligini kamaytirib, suv ushlash qobiliyatini oshiradi natijada qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi ortadi.

  23. X.D.Djumanqulov, Babayev (1986) va boshqalar, organik o’g’itlarni qo’llash natijasida tuproqdagi azot va uglerodni yo’qolishi kamayadi degan xulosaga kelishgan.

  24. Tarkibida azotli organik moddalarni parchalanish jarayonlarini denitrifikatorli mikroorganizmlar yakunlaydi. Bu denitrifikatorli mikroorganizmlar mahalliy — mineral o’g’it aralashmalarda (GOMU) gektariga 1,8 tonna qo’llanilganda 10 marta 2,5 tonna qo’llanilganda 100 martaga kamayganligi aniqlangan.

  25. Eng yuqori agroiqtisodiy samaradorlik go’ngni mineral o’g’itlar bilan birgalikda azotni yillik me’yorini 1/3 nisbatda, fosforga 1/4 nisbatda qo’llanilganda olindi.

  26. Download 323.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling