Agrokimyo kirish


O’SIMLIKLARNING HAVODAN OZIQLANISHI


Download 323.88 Kb.
bet2/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)


O’SIMLIKLARNING HAVODAN OZIQLANISHI




  1. J. Pristli (1771) o’sitnliklar nafas olish binobarida ifloslangan havoni tozalashini,

Ya. Ingengauz (1779) bujarayon faqat yorug’lik ishtirokida sodir bo’lishini isbotladi.

J. Senebe va T. Sossyurlar tomonidan yashil o’simliklar karbonat angidrid gazi va suvdan organik modda hosil qilish va bunda havoga erkin kislorod ajralib chiqishini ko’rsatib berdi.



  1. O’simliklarning yashash sharoitini yaxshilash orqali fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan mahsulotlar miqdori va tarkibini boshqarish mumkin.

  2. Barg tarkibidagi azot va magniyning 75, temirning 80, ruxning 70, kalsiyning 60, kaliy va misning 50% i xloroplastlar tanasida jamlanadi. Bu raqamlar mazkur elementlarning fotosintezida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.

  3. Bir kg barg tarkibida 1—3 g atrofida xlorofill bo’ladi yoki boshqacha aytganda, har 25 sim2 barg yuzasiga 1 mg xlorofill to’g’ri keladi. Bitta bargdagi xlorofill donalarining umumiy yuzasi shu barg plastinkasi yuzasidan qariyib 200 marta kattadir. Yoz faslida bir mg xlorofill bir soat davomida 5 mg karbonat angidridni assimilyatsiyalashda ishtirok etadi.

  4. Atmosfera havosidagi karbonat angidrid 0,03% dan 0,01% ga tushib qolsa, fotosintez to’xtaydi. Karbonat angidrid miqdori 30 marta va undan harn ko’proq oshirilsa (sun’iy sharoitlarda), fotosintezning samarasi harn shunga mos ravishda ortib boradi. Barg 12 mol karbonat angidridni o’zlashtirib, 112 kkal energiya to’playdi. Birga maydondagi kartoshka yoki qand lavlagi bir kecha kunduz 1 t ga yaqin karbonat angidridni o’zlashtirib, 500 kg ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi.

  5. O’simliklar bargi orqali atmosferadan kamroq oltingugurtni shuningdek, ildizdan tashqari oziqlantirishda azot, fosfor va ayrim mikroelementlarni o’zlashtirishi mumkin. Lekin tabiiy sharoitda barglar orqali uglerod o’zlashtirilsa suv, azot va boshqa moddalarning asosiy qismi ildiz orqali yutiladi.



      1. O’SIMLIKLARNING ILDIZDAN OZIQLANISHI




  1. O’simliklarning ildizdan oziqlanishi mineral oziqlanish deb ham yuritiladi. Bu tushuncha bir─biri bilan uzviy bogiangan quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi.

  1. O’simliklarning ildiz tizimi tuproqning o’zlashtirishga layoqatli oziq moddalar zaxirasi to’plangan qatlamda rivojlanib (xemotropizm), o’z nordon ajratmalari bilan tuproq qattiq fazasiga ta’sir qiladi, singdirish kompleksi, TSK) tomonidan almashinib singdirilgan oziqa ionlarini eritmaga siqib chiqaradi va suvda qiyin eriydigan birikmalarni qisman eritadi.

  2. Ildiz yuzasidagi bir qator fermentlar tuproqning mineral va organik moddalarini parchalash (gidroliz) da ishtirok etadi.

  3. Ildiz tizimining faol yuzasi bilan muloqotda bo’ladigan tuproq eritmasi tarkibidagi ayrim tuzlar diffuziya yo’li bilan yutiladi.

  4. Diffuziya va ionlarning almashinuvchan adsorbsiyasi natijasida hujayra qobig’i harnda protoplazma membranasiga surilgan tuzlar ildiz tukchalari tomonidan yutiladi.

  5. Singdirilgan ionlar protoplazma ichida akkumulatsiyalanadi va ildizda ketadigan sintezlanish jarayonlarida ishtirok etadi.

  6. Barg va ildizda sintezlanadigan organik moddalar o’zaro almashinadi.

  7. Ildiz orqali yutilgan mineral moddalar ksilema bo’ylab o’simlikning yer usti qismiga qarab harakatlanadi va bunda mineral hamda organik moddalarning bir qismi tuproqqa ajraladi.

  8. Yutilgan ayrim moddalar qari barglardan yosli barglarga, vegetativ organlardan reproduktiv organlarga oqib o’tish yo’li bilan o’simlik tanasida qayta o’zlashtiriladi — reutilizatsiya.



      1. O’SIMLIKLARNING ILDIZ TIZIMI: TIPLARI,

TUZILISHI VA FUNKSIYALARI


  1. Qo’shimcha ildizlar o’simliklar hayotida katta ahamiyatga ega: ildiz tizimi hajmini oshiradi, asosiy va yon ildizlar nobud bo’lganda, ularning o’rnini bosadi.




  1. Tuproqqa kirib boorish chuqurligi har xil bo’lishi xususiyat asosida A.R. Modestov asosiy qishloq xo’jalik ekinlarini bir nechta guruhga bo’lishni taklif qilgan: A) uzun ildizli o’simliklar — beda, kungaboqar, qand lavlagi, lyupin, g’o’z a — 2,5─4 m va undan chuqur; B) o’rtacha ildizli o’simliklar — g’allagulli don ekinlari, makka ─ jo’xori — 1,5—2 m; D) qisqa ildizli o’simliklar — no’xat, rus no’xati, loviya, grechixa, soya, zig’ir, mosh, kartoshka, ekinbop nasha — 1,5 m gacha.

  2. Ildizning tik va yonlama tarqalishi, massasi va hajmini bilish ekinlarning qator oralariga ishlov berish, o’g’itlash va sug’orishni to’g’ri tashkil qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

  3. O’simliklarning ildiz tizimi bir qator funksiyalarni bajarishga moslashgan bo’lib, suv va unda erigan moddalarni yutish, turli─tuman organik birikmalarni sintezlash, o’zidan har xil moddalarni tuproqqa ajratish, shuningdek, tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish shular jumlasidandir.

  4. Ayrim o’simliklarning ildizida o’ziga xos moddalar sintezlanishi kuzatilgan. Masalan, kanakunjutda resipin, lyupinda lyupanin, tamakida nikotin sintezlanadi. O’simliklar tuproqdan suv va suvda erigan moddalarni suribgina qolmasdan, unga ko’p miqdorda turli─tuman moddalarni ajratib chiqaradi.

  5. Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlar asosida ildiz tizimi o’zidan karbonat kislotadan tashqari aminli birikmalar, organik kislotalar, qand moddalar, fermentlar, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy kabilarni ajratishi aniqlangan. Ildiz ajratmalari tuproqni oziq elementlar bilan boyitish, qiyin eriydigan birikmalarni o’simliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tkazish jarayonlarida, shuningdek, tuproq mikroorganizmlari hayotida muhim ahamiyatga ega.

  6. Oziqlanishga ta’sir etuvchi tashqi omillarning me’yordan u yoki bu tomonga sezilarli og’ishi ildiz ajratmalar miqdorining ortishi va o’simliklar oziqlanishining vomonlashishiga sabab bo’lishi mumkin.

  7. Beda o’simligi hayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillarida mos ravishda 65,2; 86,4 va 102,2 s/ga ildiz va angiz qoldiqlarini qoldiradi, qaysiki tuproqni organik moddalar bilan boyitadi va unumdorligini oshiradi.



      1. OZIQ ELEMEINTLARNING YUTILISHIGA DOIR

NAZARIYALAR


  1. O’simlik tanasida kechadigan nafas olish, moddalar almashinuvi, fotosintez, transpiratsiya kabi jarayonlar mineral moddalarning yutilishi va siljishini ta’minlaydi.

  2. Har bir element hujayrada o’ziga xos fiziologik biokimyoviy funksiyalarni bajaradi va uning o’rnini boshqa bironta element (kimyoviy xossalari o’xshash bo’lsada) bosa olmaydi.

  3. Hujayraga suv, gazlar va yog’da eriydigan moddalar oson so’riladi hamda chiqib ketadi. Aminokislotalar, monosaxaridlar, glitserin, yog’ kislotalar bir muncha qiyin, disaxaridlar va kuchli elektrolitlar juda qiyin o’zlashtiriladi.




    1. TASHQI MUHIT OMILLARINING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIGA TA’SIRI




  1. Ekinlar hosildorligi va ularga oziq elementlarining yutilishi birinchi navbatda tuproqdagi oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi. Oziq elementlar tuproqning eritmasi, organik va mineral qismlarida mavjud bo’lib, ularning eruvchan va almashinib─yutiladigan shakllarigina o’simliklarning oziqlanishi uchun yaroqlidir.

  2. Ekinlar tomonidan oziq moddalarning yutilishiga o’simliklarning biologik xususiyatlari va tuproq xossalari (unumdorlik, organik moddalar miqdori, mexanikaviy va mineral tarkiblar, harorat, aeratsiya, pH, eritma konsentratsiyasi) kuchli ta’sir ko’rsatadi.




      1. TUPROQ ERITMASINING KONSENTRATSIYASI




  1. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi kichik bo’lgan hollarda o’simliklar sust rivojlanadi, ularda oziq elementlar tanqisligi kuzatiladi. Konsentratsiyaning juda yuqori bo’lishi ham o’simliklar oziqlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi.

  2. O’simliklarning ildiz tizimi juda suyuq eritmalardan ham (0,01—0,05%) oziq moddalarni o’zlashtirish xususiyatiga ega. Tabiiy sharoitlarda sho’rlanmagan tuproqlar eritmasining konsentratsiyasi 0,02—0,2% ni tashkil qiladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasi bir muncha yuqori bo’lganda ionlar o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, suv esa ildiz tomonidan tuproqning o’g’it kiritilmagan qatlamlaridan yaxshi shimiladi. Bu o’g’itlardan foydalanishda albatta hisobga olinishi lozim.

  3. Tuzlar konsentratsiyasining yuqori bo’lishi eritma osmotik bosimini oshiradi va tabiiyki, o’simliklarga suv hamda oziq moddalar yutilishini qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanishining ilk davrlarida eritma konsentratsiyasining yuqori bo’lishini talab qiladi.

  4. Keitirilgan ma’lumotlardan eritma konsentratsiyasi 25,9 mmol/g bo’lganda bodringdan yuqori hosil olinishi kuzatiladi. Konsentratsiyaning yanada oshirilishi barg chekkalarining qurishi, tomirlarining qo’ng’ir tus olishi va hosilning kamayishi bilan yakunlanadi.




      1. OZIQ MUHITIDAGI ELEMENTLAR NISBATI




  1. Oziq muhitidagi elementlar nisbatini hisobga olish o’simliklar mineral oziqlanishini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ekinlar rivojlanishining turli davrlarida har xil nisbatdagi oziqa elementlarni talab qiladi.




  1. Oziq elementlarni ildizga yutilishi ko’p jihatdan gidratlangan ionlar diametriga bog’liq bo’lib, diametri kichik elementlar ko’proq yutiladi. Ayrim elementlar bundan mustasno: masalan, diametri katta bolsada, K+ ioni rubidiy va seziyga, Cl esa boshqa galogenlarga nisbatan tezroq yutiladi.

  2. O’simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo’lishi bevosita tashqi muhitdagi kation va anionlarning o’zaro nisbatiga bog’liq.

  3. Oziq eritmasining fiziologik jihatdan muvozanatlashganligi o’simliklarning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Oziq elementlarni o’simliklar oson va samarali o’zlashtiradigan nisbatlarda tutadigan eritmalar fiziologik jihatdan muvozanatlashtirilgan eritmalardir.

  4. Tajribalar asosida azot bilan yaxshi ta’minlangan o’sitnliklar K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn kabi elementlarning yaxshi o’zlashtirishi, fosforning ortiqcha miqdori Cu, Fe va Mn elementlari yutilishini cheklashi aniqlangan. Kaliy ta’sirida o’simlik tanasiga Ca, Mg va yana bir qator elementlar kamroq yutiladi.

  5. Oziqlanish niuhitidagi bironta elementning boshqa elementlarning yutilishiga yordam berishi ionlar sinergizmi iboralari bilan yuritiladi. Agar tuzlar aralashmasining ta’siri alohida olingan komponentla r ta’siriga teng bo’lsa, ionlar adidtivligi deyiladi.

  6. Azot, fosfor va kaliy yetarli bo’lgan sharoitlarda o’simliklarning mikroelementlarga talabchanligi ortadi. Masalan, tuproqda Fe, Mn va Zn taqchil b o’lsa, o’simliklarga azotning yutilishi kamayadi. Cu, Zn, Mo kabi mikroelementlar fosforning yutilishiga ijobiy, kaliyning o’zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi.

  7. O’simliklarning ildiz tiziini oziqa moddalarni tanlab, ma’lum miqdor va nisbatlarda yutish qobiliyatiga ega.

  8. Ekinlarning rivojlanishi va hosilining shakllanishida oziq elementlarning reutilizatsiyasi (qayta foydalanilishi muhim ahamiyatga ega). Reutilizatsiya — oziq elementlarning o’simlikdagi qari barglardan yosh barglarga, o’suv qismlardan urug’ va mevaga oqib o’tishidir. Ca, Fe, Mn, B, Zn kabi elementlar reutilizatsiyalanmaydi, oltingugurt qisman, azot, fosfor, kaliy va magniy ko’p marotaba reutilizatsiyaga uchraydi.

  9. Tashqi muhit oinillari (harorat, namlik, yorug’lik va havo) ionlar antogonizmi, sinergizmi va reutilizatsiyasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, issiqxonalarda yorug’likning kam bo’lishi, tuproqqa yuqori me’yorda azotli o’g’itlar kiritilishi sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibida nitratlar miqdorini keskin ortishiga olib keladi.




      1. TUPROQ NAMLIGI




  1. Tuproq namligining o’simliklar oziqlanishiga ko’rsatadigan ijobiy ta’sirini quyidagicha asoslash mumkin: 1) suv o’s imliklarning fiziologik holatini yaxshilaydi, fotosintez, oqsillar biosintezi va moddalar almashinuvi jarayonlarini kuchaytiradi; 2) me’yordagi tuproq namligi ildiz tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va uning singdirish yuzasini oshiradi; 3) suv oziq elementlarni tuproq eritmasi va singdirish kompleksi (TSK) dan ildiz tizimiga oqib o’tishida diffuzion muhit rolini bajaradi.




  1. Tuproq namligi me’yorda bo’lganda, o’simliklar zarur oziqa elementlarni ko’proq o’zlashtiradi, ortiqcha namlik ta’sirida ayrim zararli ionlar (masalan, temir I oksid) o’simlik tanasiga o’tadi.

  2. Namlik yetishmaganda fermentlar tizimining faoliyati buziladi, gidroliz, organik moddalarning parchalanishi kuchayadi, fotosintez jadalligi susayadi va o’simliklar o’sishi to’xtaydi.

  3. Ma’lumki, ildiz tizimi orqali yutilgan suvning atigi 0,2% i o’simlik tanasining shakllanishi uchun sarflanadi, 9% dan ortig’i barglari orqali bug’lanadi, o’simliklar oziq moddalar bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda quruq modda birligini yaratishga sarflanadigan suv miqdori ancha kamayadi.


Quruq modda birligini yaratish uchun sarflanadigan

suv miqdori

(2.4.3– jadval)

Tajriba varianti

Bug’doy

Zig’ir

O’g’itsiz

N

NP



NPK

800

917


545

480


1093

1198


1000

787




  1. Havoning ijobiy namligi yuqori bo’lganda suvning bug’lanishi kamayadi, binobarin oziq moddalarning yutilishi yaxshilanadi.

  2. Yuqori me’yorda o’g’it berilayotgan sharoitlarda tuproq namligiga jiddiy e’tibor berish lozim. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida suv va oziq rejimlarini muvofiqlashtirish mo’l hosil garovidir.




      1. TUPROQ AERATSIYASI




  1. O’simliklar ildiz tizimi chegarasidagi kislorod va karbonat angidrid miqdori muntazam o’zgarib turadi. Anaerob sharoitda hujayralarning kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashadi, karbonat angidrid miqdori oshadi. Qisliloq xo’jalik ekinlari ildiz tizimi faqat aeratsiya yetarli bo’lgan sharoitlarda me’yorda faoliyat ko’rsatadi.

  2. Tuproqdagi kislorod miqdori moddalar yoki moddalar tizimining oksidlanish─ qaytarilish potensialini belgilaydi. Karbonat angidrid gazi ildiz tomonidan nitratlar, fosfatlar va ammoniy ionining yutilishga depressiv ta’sir ko’rsatadi (2.4.4─jadval).

2.4.4─jadval

Aeratsiyasining pomidor hosildorligi va

oziqlanishiga ta’siri



Eritma

aeratsiyasi


Pomidor

hosili, kg


1 o’simlik tomonidan o’zlashtirilgan, mg/ekv


NO3─ ─

H2PO4

K+

Ca+ +

Mg+ +

Oddiy

7

776

115

506

329

141

Kuchli

10

1074

160

738

445

197




      1. HARORAT




  1. G’alla ekinlari harorat 23 ─ 25 ºC bo’lganda azot va fosforni yaxshi o’zlashtiradi. Bug’doy tarkibidagi oqsil miqdori nisbatan issiq haroratli mintaqalarda yuqori bo’ladi. Kanakunjut, soya, loviya va g’o’za kabi o’simliklar 30—35°C haroratda oziq moddalarni yaxshi o’zlashtiradi.

  2. Haroratning 5—7°C ga qadar pasayishi kaliyning o’zlashtirishiga ta’sir qilmaydi, lekin ildiz tomonidan azot, fosfor, kaliy va oltingugurtning yutilishini keskin kamaytiradi. Ekinlar me’yorida oziqlantirilgan sharoitlarda haroratning 10°C dan pasayishi oziqa elementlarning o’zlashtirilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oziqa elementlarining o’zlashtirilishi haroratga mos ravishda ortib boradi, lekin 40°C dan boshlab keskin kamayishini fermentlar tizimining loxaslanishi bilan izohlash mumkin.




      1. YORUG’LIK




  1. Yorug’lik ta’sirida o’simliklarda mineral oziqlanish kuchayadi. Qorong’uda saqlanadigan o’simliklarda faqat fotosintez jarayoni emas, balki ildiz orqali oziqa moddalarning yutilishi ham susayadi. Uzoq muddat yorug’likdan baxramand bo’lmagan o’simliklarda mineral oziqlanish to’xtaydi, chunki fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan moddalar ildiz orqali yutiladigan ionlarning keyingi metabolik reaksiyalari uchun energetik material sifatida xizmat qiladi.




      1. TUPROQMUHITINING REAKSIYASI




  1. Tuproq muhitining konsentratsiyasi barcha o’simliklar uchun muhim fiziologik ahamiyatga ega. Nordon tuproqlarga ohak kiritilsa, H+ ionlari o’mini Ca++ egallaydi va pH mo’tadilga qarab siljiydi. Tuproq muhitining reaksiyasi o’simliklarga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bilvosita ta’sir to’g’ridan─to’g’ri o’simlikka emas, balki o’simlik faoliyati uchun zarursharoitlarga qaratilgan bo’ladi. Masalan, nordon muhitda o’simliklar o’zlashtirishga molik Fe, Co, Mn, Cu miqdori ortib N, P, Mo, В miqdori kamayadi. Tuproq muhitining reaksiyasi o’simliklar tomonidan oziq elementlarining yutilishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi (2.4.7─jadval).

2.4.7─jadval

Eritina pH ning o’siinliklarga yutiladigan ionlarga ta’siri.


O’simlik

Eritma

(NH4)2HPO4 da yutilgan(mg/soat)

NH4+

HPO4-2

Don─dukkaklilar

6,6

0,89

0,13

7,4

1,26

0,06

Bug’doy

6,7

1,86

0,28

7,3

2,26

0,10




  1. Ma’lumki, nordon eritmalar tarkibidagi H+ ionlari anionlarning o’zlashtirilishiga yordam bersa, ishqoriy eritmalarda — kationlar ko’proq o’zlashtiriladi. Bu hoi ayniqsa ishqoriy tuproqlarda fosforli o’g’ltlarni qo’llashda yaqqol ko’rinadi.

  2. Tuproq mikroorganizmlarining faoliyati ham pH bilan bevosita bog’liqdir. Singdirish sig’imi va buferlik qobiliyati yuqori bo’lgan tuproqlarda muhitning noqulay reaksiyasi o’simliklarga kamroq zarar yetkazadi.




      1. TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKSIYASI




  1. O’g’itlarning fiziologik nordonligi — o’simliklar tomonidan tuz tarkibidagi kationlarni ko’plab yutilishi va natijada muhit reaksiyasini nordonlashuvida namoyon bo’ladi. O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi asosida aksincha, o’siniliklar tomonidan tuz tarkibida ko’proq anionlarning yutilishi yotadi.

  2. Azotli o’g’itlar tarkibidan birinchi navbatda azot o’zlashtiriladi. Shu boisdan barcha ammoniyli tuzlar fiziologik jihatdan nordon, selitralar esa ishqoriy hisoblanadi. Masalan, natriyli seJitra dissosilanganda Na+ va NO3 ionlarga ajraladi. NO3 o’simliklar tomonidan tezda o’zlashtiriladi va Na+ tuproqning ishqoriyligini oshiradi. Shuningdek, muhitda gidrolitik ishqoriy tuz─ NaHCO3 yuzaga keladi.

  3. NH4Cl va (NH4)2SO4 kabi tuzlarning dissotsilanishidan hosil bo’ladigan ammoniy kationi o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Kislota qoldiqlari eritmani jadal nordonlashtiradi. Ammiakli selitra (NH4NO3) ning dissotsiatsiyasi NH4+ va NO3 ionlari hosil bo’lishi bilan boradi. NH4+ tezda TSK tarkibiga o’tadi va NO3 tuproqqa nordonlik baxsh etadi. Lekin bu tuzning fiziologik nordonligi unchalik kuchli emas. Kaliyli tuzlarning fiziologik nordonligi yanada kuchsiz. Kaliyga talabchanligi kam bo’lgan arpa va suli kabi ekinlarga kaliyli o’g’itlar mo’tadil, qand lavlagi, kungaboqar va makkajo’xori kabi kaliysevar o’simliklarga fiziologik nordon ta’sir ko’rsatadi (kartoshka, tamaki, zig’ir ham ko’p miqdorda kaliyni o’zlashtiradi). Oziq eritmasining o’z reaksiyasini saqlay olish xususiyati bevosita uning tarkibi bilan bog’liq. Masalan, eritmada Ca(HCO3)2 ko’p miqdorda uchrasa ortiqcha kislota kalsiy bikarbonat bilan ta’sirlashib, kalsiy tuzi, suv va karbonat angidridni hosil qiladi: Ca(HCO3)2 + H2SO4 = CaSO4 + 2H2O + 2CO2 Bunday eritma muayyan buferlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Buferlik qobiliyatiga shuningdek, tuproqning singdirish sig’imi va singdirilgan kationlar tarkibi kuchli ta’sir ko’rsatadi.




      1. Download 323.88 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling