Agrokimyo kirish


Oila va turlarni bo’linishi barcha tiplarga tegishli ularning melioratsiyalash tadbirlari quyidagilardan iborat


Download 323.88 Kb.
bet5/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)


Oila va turlarni bo’linishi barcha tiplarga tegishli ularning melioratsiyalash tadbirlari quyidagilardan iborat:

  1. Kimyoviy:

              • gipslash;

              • ohaklash;

              • nordonlash.

  1. Agronomik va agromeliorativ:

              • o’z-o’zini melioratsiyalash;

              • ko’p yarusli haydash;

              • shudgor holida qoldirish;

              • chuqur haydash.

  1. Biologik:

              • chidamli o’tlar ekish;

              • agro-o’rmon melioratsiyasi.


V BOB. AZOTLI O’G’ITLAR
5.1. O’SIMLIKLAR HAYOTIDA AZOTNING AHAMIYATI


  1. O’simliklar oziqlanishida azot manbayi bo’lib ammoniy (NH4+) va nitrat (NO3) tuzlari xizmat qiladi.

  2. O’simliklar tomonidan azotning o’zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalar sintezlanishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayon aminlanish jarayoni deb ataladi.

  3. Aminokislotalar sintezi uchun azot faqat qaytarilgan shaklda bo’lishi lozim, nitrat va nitritlar karbon kislotalarning ketogruhi bilan bevosita reaksiyaga kirisha olmaydi. O’simlik tanasida uglevodlar zaxirasi yetarli bo’lsa, nitrat shaklidagi azot fermentlar ishtirokida ildizning o’zidayoq ammiakka aylanadi. Nitratlardan ammiak hosil boiishida ishtirok etadigan fermentlar metallo-flavoproteidlar deb nomlanadi, chunki birinchi bosqichda molibden, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda mis, temir, magniy, so’nggi bosqichda esa marganets va magniyning ishtirok etishi shartdir.

  4. Qaytarilmasdan o’simlik tarkibiga o’tadigan nitrat shakldagi azot o’simliklar uchun zararsiz bo’lib, to’qimalarda ko’p miqdorda to’planishi mumkin. Lekin qishloq xo’jalik mahsulotlari (ayniqsa, yemxashak, sabzavot va poliz ekinlari) tarkibida nitratlarning ma’lum darajadan ortib ketishi ularni iste’mol qiladigan liayvon va insonlarga zararli ta’sir ko’rsatadi. Odatda, erkin ammiak o’simliklar tanasida kam uchraydi. Ayni modda miqdorining ko’payib ketishi o’simliklarning zaharlanishiga sabab bo’ladi.

  5. O’simlik tanasidagi glutamin va aspargin kislotalarning qayta aminlanishga moyilligi ularning modda almashinuvida juda katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, aspargin va glutamin kislotalarining amidlari — aspargin va glutaminlar ham qayta aminlanishi ancha oson kechadi.

  6. D.N. Prvanishnikov amidlar uglevodlar tanqisligi tufayli o’simlik tanasida ammiakni ortiqcha to’planishining oldini olishini isbotladi. Tarkibidagi uglevod zaxirasi kam urug’lar, masalan, qand lavlagining unib chiqishida o’simlik tanasiga ortiqcha miqdorda kiradigan ammiak, kislotalar sintezida to’la sarflanmaydi, to’qimalarda to’planib, o’simlikni zaharlaydi. Urug’i uglevodlarga boy o’simliklar (masalan, kartoshka) ammiakni tez o’zlashtiradi va tuproqqa ammiakli — azotli o’g’itlarni kiritish ularga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

  7. Demak, azotli organik birikmalar hosil bo’lishi va parchalanishining murakkab zanjiri ammiakdan boshlanib, ammiakda tugaydi. Shu bois akademik D.N. Pryanishnikov ammiak o’simliklarda azot moddalari almashinuvining alfasi ham, omegasi hamdir degan edi.




  1. O’simliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir bo’ladi, lekin lining sur’ati va xarakteri o’sish hamda rivojlanishning turli davrlarida turlicha kechadi. Masalan, urug’ning unish jarayonida endosperma va urug’ palladagi zaxira oqsil aminokislotaga qadar parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil bo’ladi va u aminokislotalar hamda amidlar, keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalarning sintezida ishtirok etadi. O’simlikda fotosintezga qobil yashil barg paydo bo’lgach, oqsil sintezi tashqi muhit (tuproq) dan >‘utiladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko’p azot o’simliklar jadal rivojlanib, tana qo’yadigan davrda o’zlashtiriladi. Ayni paytning o’zida oqsilning parchalanishi ham sodir bo’ladi: yosh, o’sayotgan a’zolarda oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari, o’sishdan to’xtagan a’zolarda oqsilning parchalanishi kuchliroq namoyon bo’ladi. Azot almashinuvi jadalligiga bog’liq ravishda o’simlik tanasining turli a’zolarida azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarida, asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo’ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tomon harakatlanadi. Urug’ shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo’ladigan aminokislotalar pishib yetilayotgan urug’larga oqib o’tadi va shu yerda oqsilga aylanadi.

  2. Turli o’simliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi tabiiy, lekin bitta o’simlikning turli a’zolari ham turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa, yosh barglar) azotga boy bo’lib, poya va ildizlarda lining miqdori birmuncha kamdir.

  3. Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Azot tanqis bo’lgan sharoitda o’simlikning o’sishi keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg’ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi shoxlamaydi. Hosil organlariningshakllanishi, rivojlanishi va donning quyilishi yomonlashadi.

  4. Azot bilan me’yorida oziqlantirilgan o’simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o’simlikning o’sishi va hayot faoliyati kuchayadi, uzoq davom etadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquvvat poya va to’q yashil tusdagi barglar shakllanadi, o’sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojianishi yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko’payadi. Lekin o’sish davrida bir tomonlama, faqat azot bilan oziqlantirishga ruju qo’yish hosilning pishib yetilishini orqaga suradi, o’sish organlari kuchli rivojlanib, o’simlikning g’ovlab ketishi ga sabab bo’ladi.

  5. Oqsil miqdorining ortishi hosil sifatini yaxshilaydi, lekin azotli moddalar miqdorining ko’payishi hamma vaqt ham mahsulot qimmatini oshiravermaydi. Masalan, qand lavlagi o’suv davrining oxirida azot bilan mo’l oziqlantirilsa, ildizda ko’p miqdorda nooqsil azotli birikmalar, aminokislotalar to’planadi, qaysiki, ildizmevadagi qand miqdorini kamaytirib yuboradi. Hosil sifati, shuningdek, qo’llaniladigan azotli o’g’it turiga ham bog’liq. Chunonchi, ammiakli azot bilan oziqlantirilgan o’simlik hujayrasining qaytaruvchanlik, nitrat shakldagi azot qo’llanilganda esa oksidlovchanlik qobiliyati kuchayadi.




  1. D.N. Pryanishnikov va shogirdlarining tadqiqotlari asosida o’simliklar hayotida ammiak hamda nitrat shakldagi azot teng kuchli ekanligi aniqlangan. Lekin o’simliklarning ammiak yoki nitrat shakldagi azotni o’zlashtirishi qator ichki va tashqi omillarga, xususan, ekinning biologik xususiyati, uglevodlar bilan ta’minlanganlik darajasi, tuproq muhiti, mikro- va makroelementlarning mavjudligi bilan chambarchas bog’liq. Tuproq muhiti mo’tadil bo’lsa, o’simliklar ammiak shakldagi azotni nitratlarga qaraganda yaxshi o’zlashtiradi, nordon muhitda esa, aksificha, nitrat shakldagi azot yaxshiroq o’zlashtiriladi. Tuproqda kalsiy, magniy va kaliyning ko’p bo’lishi ammiak azotini, fosforning mo’lligi esa nitratlarning o’zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tuproqda molibden tanqisligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va o’simliklarning ayni shakldagi azotni assimilatsiyalashini cheklaydi.

  2. Urug’dagi azotning asosiy qismi (yalpi miqdorining 90% ga yaqini) oqsillar tarkibiga kiradi. O’simlik oqsilida 14—18%, o’rta hisobda 16% azot mavjud. Demak, urug’dagi azotning nisbiy miqdori oqsil miqdoriga bog’liq va uning taxminan 1/6 qismini tashkil qiladi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’i tarkibida oqsil, binobarin azot miqdori ko’p, boshoqli ekinlar donida esa kam bo’ladi.


5.2. TUPROQLARDA AZOT MIQDORI VA UNING

BIRIKMALARI DINAMIKASI


  1. Tuproqning mexanikaviy tarkibi og’irlashib borgani sari yalpi azot miqdori ham ortadi. Bir ga maydondagi yalpi azot zaxirasi turli tuproqlarda 1,5 dan 15 t gacha o’zgaradi. Lekin qishloq xo’jalik ekinlarining azot bilan ta’minlanganlik darajasi uning yalpi miqdori bilan enias, balki o’simliklar o’zlashtirishiga molik mineral birikmalar miqdori bilan belgilanadi.

  2. O’simliklar azotni asosan mineral holatda o’zlashtiradi. Faqat azotning juda kam miqdori amid va aminokislotalar holida o’zlashtirilishi murnkin. Tuproqdagi yalpi azot miqdorining atigi 1—2% i mineral holatda bo’ladi.

  3. Tuproqdagi azotli organik moddalarning ammiakka qadar parchalanishi ammonifikatsiya deb yuritiladi. Ammon ifikatsiya bakteriya, aktinomiset va mog’or zamburuglarning katta guruhini tashkil etadigan aerob va anaerob mikroorganizmlar ishtirokida amalga oshadi.


5.3. DEHQONCHILIKDA AZOTNING AYLANISHI


  1. Nitratlar — azotning eng harakatchan shakli bo’lib, tuproqdan ko’p miqdorda chiqib ketadi. Tuproqdagi azotning umuman yoki vaqtincha o’simliklar o’zlashtira olmaydigan shaklga o’tishini uchta holga bo’lish mumkin:

                1. nitratlarning yuvilishi;

                2. denitrifikatsiya;

                3. azotning immobilizatsiyalanishi.




  1. Nitratlarning yuvilishi. Nitratlar oson eriydigan tuzlar hosil qilishi, singdirish kompleksidagi kolloidlar tomonidan yutilmasligi va asosan tuproq eritmasi tarkibida bo’lishi tufayli tuproqdan juda oson yuviladi. Azotning ayni yo’l bilan isrof bo’lishi iqlim sharoitlari, tuproqni ishlash tizimi, paykalning ekin bilan band yoki bandmasligiga bog’liq. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, shudgorlab tashlab qo’yilgan maydonlarda nitratlar ekinzorlardagiga nisbatan ko’proq yuviladi. Nitratlarning yuvilishi, ayniqsa, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida jadal ketadi (yiliga 30 kg ga). Lekin sug’orishni tashkil etish, sug’orma suvlarni sizot suvlari sathi bilan tutashishiga yo’l qo’ymaslik nitratlar yuvilishining oldini olish tadbirlaridan hisoblanadi. Sug’orma suvlar bilan tuproqning quyi qatlamlariga yuvilgan nitratlar bug’lanish jarayonida tuproq bo’ylab yuqoriga ko’tariladi va o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Nitratlarning yuvilishi, shuningdek, tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan harn bog’liqdir. Qumli tuproqlardan nitratlar ko’proq yuviladi. Gumusga boy tuproqlar o’zida suvni yaxshi tutib turadi, demak, bu tuproqlarda erigan holatdagi nitratlar ham nisbatan mahkamroq tutib turiladi.

  2. Denitrifikatsiya — nitrat shakldagi azotning azot (Il)-oksidi (NO)azot (I)-oksidi (N2O) va molekular azot (N2) kabi gazsimon moddalargacha qaytarilish jarayonidir. Denitrifikatsiyani o’simlik tanasida nitrat shakldagi azotning ammiakka qadar qaytarilishi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Denitrifikatsiyada tuproq azotining kamayishi sodir bo’ladi. Bu jarayon denitrifikatsiyalovchilar deb yuritiladigan Bac. denitrificans, Bac. stutzeri. Bac. flurescens va Bac. puocuaneum kabi bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Denitrifikatsiya tuproqda havo tanqis, pH ishqoriy va chirib ulgurmagan organik moddalar mo’l bo’lgan sharoitlarda jadal ketadi. Agar 1 g tuproqda lmln dona Bac. stutzeri mavjud desak, ular 1 kecha-kunduzda 0,5 mg azotni tuproqdan chiqarib yuboradi.

  3. Organik moddalarning minerallashuvi, nitrifikatsiya va denitrifikatsiyalar bilan bir vaqtda tuproqda azotning o’simlik o’zlashtira olmaydigan organik birikmalar holatiga o’tishi ham sodir bo’ladi. Bu jarayonga azotning immobilizatsiyasi (muqimlanishi) deyiladi. Immobilizatsiya to’laligicha biologik xarakterda bo’lib, mikroorganizmlarning uglevodlar va azot ishtirokida o’z tanasida oqsilning sintezlanishiga asoslangan. Turli bakteriya, aktinomiset va mog’or zamburug’lar selluloza, pentoza hamda boshqa o’simlik hamda hayvon qoldiqlarini parchalaydi. Ularga azotli oziqa sifatida, birinchi navbatda, tuproqdagi azotning mineral birikmalari (yoki azotli o’g’itlar) zarur. Hosil bo’ladigan niazkur ikki modda mikrob hujayrasi plazmasining oqsiliga aylanadi. Muqimlangan azot yo’qolmaydi, aksincha, mikroorganizmlar nobud bo’lgach, bir qismi mineral (NH3) holatga, bir qismi esa oqsilning gumitikatsiyalanishi natijasida tuproqdagi gumus moddalar tarkibiga o’tadi.

  4. Tuproqda azot nobudgarchiligining oldini olish va qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l hosil yetishtirish uchun uning zaxirasini muttasil to’ldirib turish kerak. Tuproqdagi azot zaxirasini to’ldirishning asosiy, tabiiy manbayi atmosfera azoti hisoblanadi. Yer yuzasining har 1 ga maydoni ustida 70—80 ming t ga yaqin azot mavjud, lekin havodagi molekular azotni aksariyat o’simliklar o’zlashtira olmaydi. Tabiiy sharoitlarda atmosfera azotining o’simliklar o’zlashtiradigan holatga o’tishi ikkitayo’1 bilan sodir bo’ladi. Birinchisi, atmosferadagi fizik jarayonlar (chaqmoq, yashin), ta’sirida azotning bog’lanishidir. Ayni hodisalar ko’proq tog’ oldi va tog’li o’lkalarda kuzatiladi, 1 yilda 2—5 kg ga azot tuproqqa kelib tushadi. Ikkinchi yo’l, ya’ni atmosfera azotining tuproqda erkin yashovchi va tuganak bakteriyalar kabi azot to’plovchi mikroorganizmlar tomonidan bog’lanishidir. Bunga tuproqda erkin yashab, azot to’plovchi mikroorganizmlar va Azotobacter chroococcum (aerob) larni kiritish mumkin. Ular qulay hayotiy sharoitlarda yiliga 3—15 kg ga atrofida azot to’plashi mumkin. Mikroorganizmlar faoliyati uchun tuproqdagi o’zlashtiriladigan uglevodlar fosfor va kalsiyning kamligi, nordon muhit, past harorat hamda namlikning haddan tashqari kam yoki kam bo’lishi cheklovchi omil bo’lishi mumkin. Atmosfera azoti Rhizobium yoki Bacterium radicicola kabi dukkakli ekinlar bilan simbioz hayot kechiradigan tuganak bakteriyalar tomonidan ko’p miqdorda o’zlashtiriladi. Tuproqda organik modda, harakatchan fosfor, kaliy, shuningdek molibden va bor kabi mikroelementlar yetarli bo’lgan sharoitlarda tuganaklar hosil bo’lishi tezlashadi va bakteriyalarning faolligi ortadi. Tuproqda to’planadigan azot miqdori dukkakli ekin turi bilan bog’liq. Bir ga maydondagi sebarga 150—160, lyupin — 160—170, beda 250—300, soya —100— 110, loviya va rus no’xati — 70—80 kg ga yaqin azot to’playdi. Dukkakli ekinlar tomonidan bog’lanadigan azotning taxminan 1/3 qismi ildiz va ang’iz qoldiqlari tarkibida bo’lib, ular asta-sekin mine ralla shadi va keyingi ekiladigan ekinlarning azot bilan ta’minlanishi yaxshilanadi.

  5. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, tabiiy manbalardan, shuningdek, dukkakli ekinlar tomonidan tuproqqa kelib tushadigan azot yuvilish, denitrifikatsiya va immobilizatsiya natijasida chiqib ketadigan azotga nisbatan ancha kamdir. Shu sababdan almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilish, mahalliy va mineral o’g’ltlardan unumli foydalanish yo’li bilangina ekinlar hosildorligini oshirish mumkin.


5.4. AZOTLI O’G’ITLAR


  1. Mineral o’g’itlar tarkibidagi oziq element soniga ko’ra oddiy va kompleks o’g’ltlarga bo’linadi. Oddiy o’g’ltlar tarkibida faqat bitta oziq elementini tutadi. Lekin bu shartli tushuncha hisoblanadi, chunki ko’p hollarda ular tarkibida Mg, Ca, S va mikroelementlar ham uchraydi. Kompleks o’g’ltlar esa tarkibidagi ikki yoki undan ortiq oziq elementning bog’lanish tabiatiga ko’ra murakkab, murak-kab — aralash va aralashtirilgan o’g’itlarga bo’linadi.

  2. Hozirgi kunda quyidagi turdagi azotli o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda. Ammiakli—nitratli o’g’itlar — ammiakli selitra, ammoniy — sulfat—nitrat. Ammiaklio’g’itLar— ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy karbonat, suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar.

Nitratli o’g’itlar — natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra.

Amidli o’g’itlar — mochevina, kaisiy sianamid, mochevina formaldegidli o’g’itlar (MFO’).
5.4.1. AMMIAKLI — NITRATLI O’G’ITLAR


  1. Ammiakli—nitratli o’g’itlarning asosiy vakili ammiakli selitra (NH4NO3) dir. Ammiakli selitra o’z tarkibida o’rtacha 34,6% nitrat va ammiak shakldagi azot tutadi.

  2. Ammiakli selitra gigroskopik bo’lgani bois tezda narn tortib, mushtlashib qoladi. Bu xususiyatni yo’qotish uchun unga fosforit yoki suyak talqoni, gips, kaolini kabi moddalar qo’shiladi. Bu qo’shilmalar sarg’ish tus beradi. Ammiakli selitraning asosiy qismi granullangan (donadorlangan) holatda ishlab chiqarilmoqda. Donador ammiakli selitra yaxshi fizikaviy xossalarga ega bo’lib, sochiluvchanligini uzoq muddat saqlab turadi. Ammiakli selitra tarkibidagi sof azotning miqdori 34,6% dan kam bo’lniasligi, namligi 0,4% dan, qo’shilmalar miqdori 0,1% dan oshib ketmasligi, muhiti mo’tadil yoki kuchsiz nordon bolishi lozim. Tayyor o’g’it nam tortmaydigan besh qavatli qog’oz yoki sellofan qoplarda saqlanadi.

  3. Ammiakli selitraning tuproq bilan o’zaro ta’siri. Oson eruvchan ammiakli selitra tuproq namligi ta’sirida to la eriydi. D.N. Pryanishnikov laboratoriyasida o’simliklar tomonidan ammiakli selitra eritmasidan nitrat (NO3) anioniga qaraganda ammoniy (NH4) kationini tezroq o’zlashtirishi aniqlangan, shu sababli u fiziologik jihatdan nordon o’g’it hisoblanadi. Lekin uning fiziologik nordonligi boshqa o’g’itlarga nisbatan ancha kuchsiz. Ammiakli selitra tuproqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o’zaro ta’sirlashganda, NH4 kationi tuproq kalloidlariga yutiladi, NO3 anioni esa tuproq eritmasida qolib, o’z harakatchanligini saqlaydi. Serkarbonat (bo’z va qora) tuproqlar eritmasida mo’tadil tuzlar (kalsiy va magniy nitratlar hosil bo’ladi va o’g’it yuqori me’yorda kiritilganda ham tuproq eritmasi nordonlashmaydi. Bunday tuproqlar uchun ammiakli selitra eng yaxshi azotli o’g’itlardan biri hisoblanadi. Tarkibida H+ ionlari mavjud nordon tuproqlar (masalan, chimli podzol tuproq) eritmasida esa HNO3 hosil bo’ladi, natijada ularning nordonligi yanada ortadi; Nordonlikning ortishi vaqtinchalik mavqega ega, lekin tuproqqa muttasil ravishda yuqori me’yorda ammiakli selitra kiritilsa, nordonlik oshib boradi va o’g’itning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi.

  4. Nishonlangan ato’llar usuli asosida azotli o’g’itlar tarkibidagi azotning 40—50% i o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi aniqlangan. Nitratlar o’g’itlar tarkibidagi azotning 10—20% i, ammiakli o’g’itlar tarkibidagi azotning 20—40% i organik holatga o’tishi va mos ravishda 20—30 va 15—20% i tuproqdan gazsimon holatda yo’qolishi aniqlangan.

  5. Ammiakli selitraning samaradorligini oshirish yo’llari va qo’llash usullari. Ammiakli selitra keng qo’llaniladigan azotli o’g’itlardan biri hisoblanadi. U, ayniqsa, mo’tadil muhitli serkarbonat tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. D.N. Pryanishnikov o’g’itlar samaradorligini oshirish uchun birinchidan, berilgan o’g’it tarkibidagi oziq elementlaridan foydalanish koeffitsenti yuqori bo’lishiga erishish, ikkinchidan, o’g’itlarni o’simlik uchun eng zarur davrlarda qo’llanilishi lozimligini ta’kidlagan edi.

  6. Ammiakli selitra tarkibidagi azotning bir qismi serharakat (NO3) va bir qismi kam harakat (NH4) shaklda bo’lgani bois uni keng miqyosda, tabaqalashtirilgan holda o’g’itlashning barcha muddatlarida qo’llash mumkin.

  7. Nam iqlimli sharoitlarda, ayniqsa, yengil mexanikaviy tarkibli tuproqlarda uni kuzda, asosiy o’g’itlashda qo’llash yaxshi natija bermaydi, chunki bunda nitrat shaklidagi azot yuvilib ketadi.

  8. Ammiakli selitrani kam dozalarda (10—15 kg/ga) qand lavlagi va g’alla ekinlari qator oralig’iga, kartoshka va sabzavot ekinlarining uyalariga qo’shimcha beriladi. Paxtachilikda hozirgi kunda ham ammiakli selitraning oldiga tushadigan azotli o lg’it yo’q.


5.4.2. AMMIAKLI AZOTLI O’G’ITLAR


  1. Ammoniy sulfat. Ammoniy sulfat (NH4)2SO4 o’z tarkibida 20,5—20,0% azot tutadi. Jahon miqyosida ishlab chiqariladigan azotli o’g’itlarning qariyb 25% i ammoniy sulfat hissasiga to’g’ri keladi. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24% atrofida o’simliklarning oziqlanishida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan oltingugurt tutadi. Ammoniy sulfatning fiziologik nordon o’g’itligini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, o’g’it tuproqqa tushgach nitrinkatsiya jarayoniga uchraydi. Tarkibidagi azot nitrat shakliga o’tadi. Natijada nitrat kislota hosil bo’ladi va sulfat kislota ajralib chiqadi:

(NH4)2S04 + 4O2 = 2HNO3 + H2SO4 + 2H2O

Bu kislotalar tuproq eritmasidagi bikarbonatlar va tuproq kolloidlari tomonidan neytrallanadi:



2HNO3 + Ca(HCO3)2 = Ca(NO3)2 + 2H2CO3:

H2SO4 + Ca(HCO3)2 = CaSO4 + 2H2CO3:

Ca+2 Ca+2

Tuproq + HNO3 = Tuproq + Ca(NO3)2;

Ca+2 2H +


Ca+2 Ca+2

Tuproq +H2SO4 = Tuproq + CaSO4

Ca+2 2H +
Mineral kislotalarning neytrallanishi tuproq eritmasi bikarbonatlarining parchalanishi va TSK dagi asoslarni vodorod yordamida siqib chiqarilishi asosida ketadi, natijada tuproqning buferlik qobiliyati pasayadi, u, o’z navbatida, nordonlikning oshishiga sabab bo’ladi. Ikkinchidan, tuproqqa tushgan ammoniy sulfat tezda erib, ionlarga ajraladi. O’simliklar SO4─2 anioniga qaraganda NH4 kationini tez va ko’p miqdorda o’zlashtiradi, natijada anionlar to’planib tuproqning nordonlashishiga sabab bo’ladi:

Ca+2 NH4+

Tuproq + (NH4)2SO4 = Tuproq + CaSO4

Ca+2 Ca+2


NH4+ kationlari tuproqning singdirish kompleksi tomonidan yutiladi va ilgari yutilgan boshqa kationlarning ekvivalent miqdoriga almashinadi. Yutilgan ammoniyni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Tuproqdagi harakatchanligi va yuvilib ketish xavfi kam bo’lgani bois ammoniy sulfatni asosiy o’g’itlash davrida, ya’ni kuzgi shudgor ostiga kiritish niumkin. Ba’zi hollarda NH4 ning ko’p miqdorda tuproqqa yutilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Qo’shimcha oziqlantirish paytida yoki ekish bilan qator oralariga kiritilganda, ildiz tizimi yaxshi rivojlanmagan yosli nihollar ammoniy sulfat tarkibidagi azotdan yaxshi foydalana olmaydi. Ammoniy sulfatni nordon tuproqlarga qo’llashda 1 s o’g’itga 1,3 s ohak qo’shish lozim. Asoslarga to’yingan tuproqlarda ammoniy sulfat muttasil ishlatilganda ham nordonlashish sodir bo’lmaydi. Shu sababli bo’z tuproqlarda uning samaradorligi ammiakli selitradan yuqori bo’ladi. Sug’oriladigan ekinlarga, ayniqsa, sholiga ammoniy sulfat qo’llash yaxshi samara beradi.

  1. Download 323.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling