Agrokimyo kirish


Download 323.88 Kb.
bet4/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)


3.6. TUPROQ ERITMASI


  1. Tuproq eritmasining muhiti (pH) doimiy emas. Tuproqda sodir bo’ladigan biologik, kimyoviy, fizik-kimyoviy ja rayonlar natijasida kislota yoki asoslar hosil bo’ladi, natijada tuproq eritmasining muhiti o’zgaradi. Darslikning o’tgan boblarida ta’kidlab o’tilganidek, tuproqda muntazam ravishda karbonat kislota, nitrifikatsiya jarayoni natijasida nitrat kislota hosil bo’ladi. Agar hecli bir kuch ta’sir ko’rsatmasa, mazkur kislotalar barcha tuproqlarni nordonlashishiga olib kelishi lozim edi. Shuningdek, tuproqqa kiritilgan o’g’itlar ta’sirida ham tuproq muhitining keskin o’zgarishi kutiladi, chunki ayrim o’g’itlar fiziologik nordonlik xususiyatiga ega bo’lsa, (ammoniy xlorid, ammoniy sulfat), ayrimlari fiziologik ishqoriydir (kalsiyli va natriyli selitralar). Tuproq muhitining keskin o’zgarishi tabiiyki, o’simliklarning rivojlanishi va mikroorganizmlarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin tuproqda shunday bir qarshilik ko’rsatish mavjudki, yuqorida aytib o’tilgan salbiy holatlarning to’la ta’sir etishiga imkon bermaydi. Tuproqlarni eritma muhitining nordonlashuvi yoki ishqoriylanishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga ularning buferligi deyiladi.

  2. Tuproqning singdirish sig’imi qancha katta bo’lsa, uning buferligi shuncha yuqori bo’ladi. Gumusga boy, granulonietrik tarkibi og’ir qumoq va loyli tuproqlarning buferlik darajasi yuqoridir.

  3. Singdirilgan asoslar tuproqlarning nordonlashishiga qarshi buffer vazifasini o’taydi.

  4. Tuproqqa yuqori me’yorda go’ng kiritish ularning singdirish sig’imi, asoslar bilan to’yinganlik darajasi va mos ravishda buferlik qobiliyatini ham oshiradi.



IV bob. KIMYOVIY MELIORATSIYALASH

USULLARI
4.1. SHO’RTOBLI VA SHO’RTOB TUPROQLARNI

GIPSLASH


  1. Sho’rtobli tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash maqsadida gips berilishini tuproqni gipslash deyiladi. Sho’rtobli tuproqlar singdirish kompleksida natriy kationining ko’p bo’lishi bilan xarakterlanadi. Singdirilgan natriyning miqdoriga qarab tuproqlar quyidagi gumhlarga ajratiladi (I.A. Antipov — Karatayev bo’yicha) singdirilgan natriy tuproq singdirish sig’imini 3—5% ni tashkil qilsa, bunday tuproqlar sho’rtobsiz, 5—10% ni tashkil qilsa - kuchsiz sho’rtobli, 10—20% ni tashkil qilsa — sho’rtobli va 20% dan yuqori bo’lsa - sho’rtoblar deb aytiladi.

  2. Sho’rtobli tuproqlarda .suvda eriydigan tuzlar miqdori uncha ko’p bo’lmaydi (tuproq og’irligining 0,25%). Sho’rtobli tuproqlarning fizik, fizik-kimyoviy va biologik xossalarining yomonlashuvi asosan singdirilgan natriy kationi miqdori bilan bog’liq. Shu sababdan sho’rtobli tuproqlarning unumdorligi ham pasaygan bo’ladi. Tuproq mineral va organik kalloid zarrachalari natriy bilan to’yinganda (suvda eriydigan tuzlar bo’lmaganda) yengil parchalanib (nitrizatsiya) yuqori qatlamlarga qarab yuviladi va qattiq sho’rtob gorizont (qatlam) liosil qiladi. Agarda sho’rtob gorizont 7 sm pastda joylashsa, maydayoki qatqaloqli sho’rtob tuproq, agarda 7—15 sm pastda joylashsa, o’rta ustunchali sho’rtob tuproq, 15 sm va undan pastroqda joylashsa ehuqur ustunchali sho’rtob deb yuritiladi.

  3. Nam holatda sho’rtobli tuproq juda bo’kadi (shishadi), suvni qiyin o’tkazadigan yopishqoq massaga, quruq holatda esa zich va qattiq mexanik ishlov berish mumkin bo’lmaydigan massaga aylanadi. Sho’rtob gorizont o’simlik ildizini pastga qarab o’sishiga yo’l qo’ymaydi. Singdirilgan natriy bilan kalsiy bikarbonat yoki ko’mir kislotasi o’rtasida almashinuv reaksiyasi ketsa sho’rtobli tuproq eritmasi tarkibida natriyning bikarbonat yoki karbonat tuzlari paydo bo’ladi. Bu tuzlar gidrolitik ishqoriy bo’lganligi uchun tuproq eritmasida yuqori (pH 9 va yuqori) ishqorlik paydo qiladilar.

  4. Ishqoriy reaksiya sharoitida o’simliklarda modda almashinuvi buziladi, tuproqda kalsiy va magniyning fosforli tuzlarining temir, marganes, bor birikmalarining eruvchanligi va harakatchanligi kamayadi. Sho’rtobli tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlarining hosili kam va sifati juda past bo’ladi. Ayniqsa yangi sug’oriladigan zonada sho’rtobli tuproqlar ko’proq uchrab turadi.

  5. Tuproqlarning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriy yo’qotilsagina tuproq eritmasidan sodani yo’qotish mumkin. Buning uchun singdirish kompleksidan yutilgan natriyni gipsdagi kalsiy bilan almashtirilsa tuproq eritmasida hosil bo’lgan natriy sulfatni suv bilan yuvib chiqarib yuborsa bo’ladi:

(TSK)Na+ + Ca SO4 = TCK Ca+2 + Na2 SO4

Na2CO3Na+ + CaSO4 = CaCO3 + Na2SO4



  1. Eritmada kam miqdorda natriy sulfatning hosil bo’lishi o’simlikka zararli ta’sir ko’rsatmaydi. Amnio singdirish konipleksida 20% dan ortiqroq natriy ioni singdirilgan bo’lsa, eritmada hosil bo’layotgan natriy sulfat miqdori katta bo’ladi va uni sug’orish jarayonida yuvib yuborishni rejalashtirish kerak.

  2. Tuproqqa solingan gips uni ishqoriy reaksiyasini neytrallashtiradi. Tuproq singdirish kompleksidagi natriyning o’rniga kalsiyni singdirilishi tuproq kolloidlarini koagulatsiya qiladi. O’simlik qoldiqlari chirishi natijasida hosil bo’lgan chirindi kalsiy ishtirokida tuproq zarrachalarini birlashtirib kleylaydi, tuproqning fizik xossalari, uning suv o’tkazishi aeratsiyasi yaxshilanadi. Tuproqqa ishlov berish yengillashadi. Fizik xossalarning yaxshilanishi o’simliklar, mikroorganizmlar va tuproq hayvonot dunyosining yashashiga sharoit yaratiladi. Demak, gips qo’llash bilan sho’rtobli tuproqlarda ularning fizik, fizik-kimyoviy va biologik xossalari yaxshilanadi, tuproq unumdorligi oshadi. Sho’rtobli tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlari o’sishi va taraqqiy etishi uchun kerakli sharoit paydo bo’ladi.


4.1.1. TUPROQNI GIPSLASH UCHUN MATERIALLAR


  1. Maydalangan gips gipsni tabiiy zaxiralarini maydalash yo’li bilan olinadi. U oq yoki unsimon massa bo’lib, 71—73% CaSO4 saqlaydi. Suvda 1 litrda 1 gramm eriydi. Unsimon massaning 70—80% 0,25 mm li elakdan o’tgan bo’lishi, qolgani 0,1 mm li elakdan o’tgan bo’lishi kerak. Namligi 8% dan oshmasligi kerak, aks holda quriganda kattakatta kesak va bo’laklar hosil qiladi. Fosfogips-fosforli o’g’itlar (superfosfat, prisepitat, fosfor kislotasi) ishlab chiqarishda qoladigan qoldiq oq yoki kul rang unsimon massa, o’zida 70—75% CaSO4 saqlaydi. Undan tashqari tarkibida 2—3% P2O5 ham bor. Gips va fosfogips quruq xonada saqlanadi.



4.1.2. GIPS QO’LLASHNI ME’YORI, MUDDATI VA USULI


  1. Tuproqqa solinadigan gips miqdori tuproqdagi singdirilgan natriyning ortiqchasini siqib chiqarishga yetishi kerak. Gips me’yori tuproqdagi singdirilgan natriy miqdoriga qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi:

CaSO4 (t/ga) = 0,086 (Na-KT) Hd,

bunda H — tozalanishi kerak bo’lgan qatlam (sm);

d — tozalanadigan qatlam tuprog’ining hajm og’irligi;

Na — almashinadigan natriyning umumiy miqdori (mg—ekv 100 g tuproqda);

T — tozalanadigan qatlam tuprog’ining singdirish sig’imi (100 g tuproqda mg—ekv);

K — tuproqda qolishi mumkin bo’lgan almashinadigan natriy miqdori (T ning qismi);



KT — tuproqda qolishi mumkin bo’lgan natriyning miqdori (mg— ekv 100 g tuproqda).

  1. Gipslashda tuproqdagi almashinuvchi natriyning to’liq siqib chiqarilishi talab qilinmaydi.

  2. I.N. Antipov — Karatayevning tadqiqotlariga muvofiq almashinuvchi natriyning tuproq singdirish kompleksida tuproqning xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan miqdori umumiy singdirish sig’imining 10% ni tashkil qiladi.

  3. Singdirilgan natriyning umumiy miqdori bilan tuproq xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan miqdori o’rtasidagi farq kalsiy bilan almashinishi kerak bo’lgan miqdorni tashkil qiladi. 1 g tuproqdagi almashinadigan natriyning o’rnini olish uchun: gramm gips kerak bo’ladi.

1 gektar maydonning 1 sm qalinligidagi tuproqda oshiqcha natriyni siqib chiqarish uchun (1 ga maydonga tonna hisobida):
yoki (qisqartirgandan keyin)
0,86 (Na—KT), melioratsiya qilinmaydigan tuproq qatlamidagi ortiqcha almashinuvchi natriyni chiqarish uchun uning d hajmiy massasiga solinadigan gipsning miqdori ( 1 ga maydonga tonna hisobida) 0,086 (Na—KT) Hd ga teng bo’ladi. Masalan, sho’rtob tuproqning melioratsiyasi uchun gipsning me’yori agar melioratsiya qilinadigan qatlam singdirish sig’imi T = 20d mg/ekv, yutilgan natriyning (Na) miqdori 4 mg/ekv, melioratsiya qilinadigan qatlam N = 20 sm uning hajmiy massasi d = 1,8 bo’lganda, sarhisob qilish natijasida aniqlanadi: 0,086 (4 - 0,1 • 20) 20 • 1,8 = 6,2 t/ga bo’ladi.

  1. Agar tuproqdagi yutilgan natriyning miqdori noma’lum bo’lsa, unda gipsning quyidagi taxminiy me’yori (1 ga maydonga tonna hisobida) kashtan va qo’ng’ir sho’rtob tuproqlarida 1—3 tonna, o’rta va chuqur ustunchali sho’rtob tuproqlarda 3—5 tonna va qatqaloqli xlorid-sulfatli sho’rtoblarda 3—8 tonnadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

  2. Sug’oriladigan maydonlarda me’yorni 25—30% ga kamaytiriladi. Sho’rtob tuproqlar boshqa tuproqlar o’rtasida dog’-dog’ shaklini olgan orolchalar tarzida uchraydi. Agar bu maydonlar umumiy maydonning 30% dan kam miqdorni tashkil qilsa, gipsni faqat dog’larga solinadi va agar sho’rtob maydonlar 30% ziyod maydonni egallasa va sho’rtob tuproqlar bilan o’ralgan bo’lsa, butun maydon gipslanadi, lekin maydon oralari uchun har xil me’yor belgilanadi.

  3. Gipsni melioratsiyalovchi ta’siri uning tuproq bilan aralashib ketish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun gipsni shudgor paytida chuqur haydash va uning tuproq qatlami bilan yaxshi aralashuvini ta’minlashni e’tiborga olib amalga oshiriladi. Mayda qatqaloqli sho’rtob maydonlarga jami gipsni haydagandan keyin va kultivator yordamida solinsa, sho’rtob gorizonti 7—20 sm da joylashgan o’rta va chuqur ustunchali sho’rxok maydonlarga gipsni ikki marta — me’yorni bir qismini haydashdan oldin, qolgan qismini esa haydagandan so’ng kultivator yordamida solinadi. Haydash jarayonida sho’rtob gorizont yuza qismga tomon qancha ko’p ag’darilsa, haydalgandan keyin shuncha ko’p miqdorda gips solinadi. Chuqur ustunchali sho’rtob gorizonti 20 sm dan ziyodda joylashgan maydonlarga gipsni butun me’yorini haydashdan oldin solib, so’ng shudgor qilinadi.

  4. Sho’rtob tuproqlarning melioratsiyasi uchun gips bilan bir qatorda boshqa uslublardan ham foydalaniladi. Ba’zi sho’rtob tuproqlarda sho’rtob gorizontning 30—45 sm chuqurligida gipsga boy qatlamlar ham uchraydi. Bunday hollarda sho’rtob tuproqlarda shudgorni maxsus plug (omoch) lar yordamida chuqur (35—50 sm) haydaladi va bunda gips qatlami ag’darilib (to’liq yoki qisman), sho’rtob gorizont bilan aralashadi. Hosil bo’lgan Na2SO4 sug’orish yo’li bilan chiqanb yuboriladi. Cho’lning kashtan zonasining o’rta va chuqur ustunchali sho’rxoklarini melioratsiya qilish uchun, sho’rtob gorizont osti qismida joylashgan kalsiy karbonatdan foydalanish tavsiya qilinadi. Lekin CaCO3 CaSO4 ga nisbatan suvda ancha yomon eriydi. Uning eruvchanligi va melioratsiya qiluvchi ta’siri tuproq eritmasi tarkibida karbonat angidrid miqdorining ortishi, ya’ni bu jarayonga tuproq mikroorganizmlarini faollashuvi va o’simlik ildizlaridan CO2 ning ajralishi bilan bog’liq bo’lgan ta’sir tufayli kuchayadi. Kalsiy karbonat karbonat angidrid ta’sirida eruvchan kalsiy bikarbonatga aylanadi va kalsiy sho’rtob tuproqdagi yutilgan natriyni siqib chiqaradi. Kalsiy karbonatning meliorativ ta’sirini kuchaytirish uchun agrouslublar majmuasidan kompleks foydalanish lozim. Bunga tuproqqa chuqur ishlov berish (35—40 sm gacha chuqur qilib haydash), tuproqda namlik zaxirasini ko’paytirishga qaratilgan tadbirlarni ko’rish, organik va mineral o’g’itlardan foydalanish hamda yo’ng’ichqa va boshqa qurg’oqchilikka chidamli o’simliklarni yoqib tuproqdagi organik moddalarni ko’paytirib va mikrobiologik faollikni oshirish kabilar kiradi.


4.2. GIPSDAN O’G’IT SIFATIDA FOYDALANISH


  1. Gips sho’rxok tuproqlarni kimyoviy jihatdan melioratsiya qilish uchungina foydalanilib qolmasdan, balki yutilgan natriy bo’lmagan tuproqlarda kalsiy va oltingugurt tutuvchi o’g’it sifatida ham foydalaniladi. Oltingugurt — o’simlik uchun eng muhim elementlardan bo’lib, ularning ta’siri muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Oltingugurt yetishmasa o’simlikning o’sishi va rivojlanishi susayadi hamda hosildorlik sezilarli darajada kamayadi. Oltingugurt tuproqdan o’simlikka SO42- anioni tarzida yutiladi, uning manbayi sulfat kislotaning har xil tuzlari: CaSO4, MgSO4, K2SO4, (NH4)2SO4 va boshqalardir. O’simliklar oltingugurtni havodan barglari orqali SO4 — sulfit angidrid tarzida ham o’zlashtirishi mumkin. Yutilgan oltingugurtning asosiy qismi o’simlik to’qimalarda qaytariladi va shu qaytarilgan shaklda har xil organik birikmalar: oqsillar, ba’zi vaqtda lipidlar, ba’zi vaqtda fermentlar, o’simlik moylari va boshqalar tarkibiga kiradi. Oltingugurtning ko’p qismi o’simliklarda oqsillar tarkibiga kiradi. Oltingugurtning asosiy qismi o’simliklarda oqsillar tarkibiga kirganligi sababli, uning miqdori urug’ va barglarda novda hamda ildizlardagiga nisbatan ko’proq bo’ladi. Masalan, qand lovlagisi ildizida oltingugurtning miqdori (quruq moddaga nisbatan SO2, ni foiz miqdori hisobida) 0,2 atrofida, bargida 0,1 gacha, kartoshka tuganaklarida 0,35, poyasida 0,55; g’allasimonlarning somonida 0,12, donida 0,3—0,45; dukkaklilar donida g’allasimonlardagiga nisbatan ancha ko’p, ya’ni 0,6—0,8 ni tashkil qiladi. Oltingugurt aminokislotalardan metionin, sistin va sisteinlarning tarkibiga kiradi, ular oqsil molekulasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Sistinda disulfid -s-s, sisteinda esa sulfgidril (-sh) bog’lanish mavjud bo’ladi. O’simliklarda sistein oksidlanish natijasida osongina sistinga sistin esa qaytarilish natijasida sisteinga aylanadi. Disulfid va sulfgidril guruhlarining “sistin-sistein” tizimidagi o’zaro bir biriga o’tishi ularning o’simlik hujayrasida yuz beradigan oksidlanishqaytarilish jarayonlaridagi faol ishtirokini belgilaydi. Sistein bundan tashqari glutation tripeptidining tarikbiga kiradi. Qaysikim ba’zi fermentlaming faollashtiruvchi omili hisoblanadi. Oltingugurt vitaminlar: tiamin (B1) va biotinlarning tarkibiga kirib, bu vitaminlar o’z navbatida o’simliklarda sodir bo’ladigan modda almashinuv jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Tiamin ba’zi organik va aminokislotalarning dekarboksillanishini (katalizlovchi) fermentlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, biotin havelevouksus kislotasini dekarboksillanishida va ba’zi aminokislotalarning reaksiyalarida faol ishtirok etadi. Shuning uchun oltingugurt o’simliklardagi karbon suv va azot almashinuvida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Oltingugurt ba’zi maxsus organik birikmalar: butgullilar (gorchisa, raps va boshqalarning) urug’ida uchraydigan gorchisali moylar; lolagullilar o’llasiga mansub o’simliklar (xususan, piyoz, sarimsoq) ning sarimsoq moylari tarkibiga kiradi. Oltingugurt eng ko’p miqdorda dukkaklilar va butgullilar vakillarida, biroz kamroq miqdorda G’alla ekinlari hamda kartoshkada uchraydi. G’alla ekinlari hosili 1 gektarga 20 s bo’lganda va kartoshka hosili 1 gektarga 200 s bo’lganda oltingugurtning tuproqdan olinish miqdori 7— 15 kg ni, dukkakli o’tlarda bu miqdor 20—30 kg ni, ildiz mevalilarda — 30—40 kg va karamda esa — 50—80 kg ni tashkil qiladi. Oltingugurtning ko’p qismi hosilning tovar mahsuloti bo’lmagan qismida bo’ladi. Shuning uchun xo’jaliklarda undan unumli foydalanilganda o’simliklar tomonidan yutilgan oltingugurtning ko’p qismi yana tuproqqa qaytariladi. Tuproqda, odatda, yetarli miqdorda oltingugurt bo’ladi. Uning asosiy qismi (70—90%) o’simlik tomonidan qiyin o’zlashtiradigan organik modda shaklida bo’ladi, shuning uchun chirindining miqdori qancha ko’p bo’lsa, oltingugurtning tuproqdagi zaxirasi shuncha ko’p bo’ladi. Tuproqning organik modda qismidagi yoki organik o’g’it tariqasidagi va yer qatlamining ag’dariladigan o’simlik qoldiqlaridagi oltingugurt o’simlik uchun o’zlashtiriladigan holatga o’tishi faqat ularning to’liq parchalanishi va minerallanishidan so’nggina amalga oshadi. Bunda oltingugurt bakteriyalari oltingugrtni SO4-2 gacha oksidlaydi va tuproqda sulfat kislotaning har xil tuzlari hosil bo’ladi. Odatda, o’simlik tomonidan o’zlashtiriladigan darajadagi oltingugurtning mineral birikmalari tuproqda uncha ko’p bo’lmaydi. Oltingugurt ayniqsa sanoati rivojlangan ba’zi tumanlarda yil davomida sulfit angidrid (SO4) sifatida havodan tushib tuproqda yig’iladi. Sanoat korxonalarida yoqilg’ini yoqilganda havoga chiqadigan SO4 namgarchxilik bilan tuproqqa tushadi. Bundan tashqari, oltingugurt go’ng bilan va ba’zi mineral o’g’itlar — ammoniy sulfat, kaliy sulfat, kaliy rnagneziya hamda tarkibida 400 dan ziyodroq gipsi bo’lgan oddiy superfosfat tarzida tuproqqa kirib turadi. Shuning uchun ko’p tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlari oltingugurtga nisbatan tanqislikni sezmaydi. O’simlikning oltingugurtga bo’lgan talabi va tuproqqa qo’shimcha ravishda uni kiritib turish talabi oltingugurtsiz konsentrlangan mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish va utardan foydalanish kuchaygan sari osha boradi. Bundan tashqari, mineral o’g’itlardan yanada ko’proq foydalanish natijasida oltingugurtning tuproqdan o’simlikka o’tishi kuchaygan sari bu elementni tuproqqa kiritishga oid talab kuchaya boradi. Kalsiy va oltingugurt tutuvchi o’g’it sifatida gips asosan dukkakli yem-xashak ekinlari (yo’ng’ichqa va beda) ga qo’llaniladi. Ularga gipsning ijobiy ta’siri faqat o’simlikni kalsiy va oltingugurt bilan yaxshi ta’minlanishi tufayli sodir bo’lmay, balki o’g’it tarkibidagi kalsiy tomonidan yutilgan holatdagi kaliyning siqib chiqarilishi natijasida o’zlashtiriladigan shaklga o’tishi orqali namoyon bo’ladi.



4.3. SHO’RTOBLI TUPROQLARNI OHAKLASH


  1. Sho’rtobli tuproqlarni melioratsiyalashda (asosan sodali sho’rlangan tuproqlarda) ohak qo’llash keng qo’llanmagan, chunki bu tadbir tuproqlarda sodani hosil qiladi: [TCK]Na+ + CaCO3 ↔ [TCK]Ca+2 + Na2CO3 Bundan tashqari, tuproqlarni ohaklash natijasida u ishqorli tuproqlarga aylanib qolishi ham mumkin. Ohak — kuchsiz eruvchi birikma hisoblanadi. Shuning uchun tuproqlarda meliorant sifatida sekin harakatlanadi. Shuning uchun tuproqlarda ohakli meliorant sifatida oz natriylangan sho’rtob va ayniqsa sho’rtoblangan tuproqlarda organik o’g’itlar bilan qo’shib solinsa, tuproqlar eritmasida va havosida CO2 ning miqdori ortib, CaCO3 ning eruvchanlik miqdori tezlashadi. Ohaklashning yana bir ijobiy tomoni Rossiyaning janubiy tomonlarida Stavropol, Rostov va boshqa mintaqalarida tarqalgan. Fizik xususiyati yomon qattiqlashgan katta-katta kesakli sizot suvlari yer yuziga yaqin tuproqlarda qo’llash ham yaxshi samara beradi. Sho’rtoblar bir qator o’lla va turlarga ega bo’lib (4.3.1 - jadval), ularni melioratsiyalash tadbirlari quyidagilardan iborat:


Sho’rtoblarning tasnifi

(4.3.1 - jadval)



Tipi

Tipchasi

(mintaqa

belgisi

asosida)

Oilasi

Turi

Avtomorf

Qora tuproqlar

Kashtan


tuproqlar

Yarim sahro

qo’ng’ir

tuproqlari



Kimyoviy tarkibi va

sho’rlanish tipi. Sodali

aralashgan (sodali-sulfatli -

sodali-xloridli-sulfatli)

neytral muhitli(sulfatlixloridli,

xloridli -sulfatli)

Sho’rlanish qatlamining

qalinligi bo’yicha

(sho’rlanishning yuqori

chegarasi)



Sho’rtoblangan

qatlamning qalinligi

bo’yichaAl: qatqaloqli

(3 sm gacha)

kichik (3-10 sm) o’rta (10-18 sm)

chuqur( 18 sm )

Sho’rtobli qatlamda

singdirilgan natriyni

miqdori bo’yicha


Yarim

Gidromorf



O’tloqi-qora

tuproqlar

O’tloqi

kashtan tuproqlar.



Yarim

saxro o’tloqi.

O’tloqi qo’ng’ir

tuproqlar

O’tloqi

muzlangan



tuproqlar

Sho’rtoblashgan-oson

eriydigan tuzlarni tarqalish

chuqurligi 5-30 sm

Yuqori sho’rtoblashgan 30-

50 sm

Sho’rtoblashgan 5 0-100



sm

Kuchli sho’rxoklashgan

100-200 sm

Sho’rxoklashmagan (kuchli

sho’rlangan-200 sm)


Juda past 10% gacha

(qoldiqli)

Kam natriylangan

10-25%


O’rta natriylangan

25-40%


Ko’p natriylangan

40 %


Gidromorf

Qora o’tloqi

tuproqlar

Kashtan

o’tloqi


tuproqlar

Qo’ng’ir


Yarim saxro

O’tloqi


‘tloqibotqoq

O’tloqi muzlangan



Sho’rlanish darajasi bo’yicha

Sho’rtoblar — sho’rxoklar.

Kuchli sho’rlangan

O’rtacha sho’rlangan

Kuchsiz sho’rlangan.

Sho’rlanmagan(kam

uchraydi) Karbonat va

gipsni tarqalish chuqurligi

bo’yicha yuqori karbonatli

—40 sm chuqur karbonatli

—40 sm yuqori gipslangan

40 sm chuqur

gi pslangan — 40 sm


Sho’rtoblanish

darajasi


bo’yicha. Kuchsiz

sho’rtoblangan

Sho’rtoblangan Kuchli

sho’rtoblangan

Sho’rtoblashgan

qatlamning strukturasi



bo’yicha B1




  1. Download 323.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling