Agrokimyo kirish


Fosforning o’zlashtirilishiga fosfatli o’g’itlarni turlicha


Download 323.88 Kb.
bet8/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)


Fosforning o’zlashtirilishiga fosfatli o’g’itlarni turlicha

qo’llashning ta’siri

(6.7- jadval)





Ekinlar

N60 P60 K60 solishdan olingan

qo’shimcha hosil

1 ga yerga s hisobida

Fosforni o’zlashtirilishini

hisoblash koeffitsienti (%

hisobida, birinchi yil)

Sochib

solinganda

Joy-joyiga

(lokal) solganda

Sochib

solinganda

Joy-joyiga

(lokal) solganda

Kartoshka

119,0

116,0

29,3

50,2

Kuzgi bug’doy

7,1

11,9

13,7

23,1

Kuzgi javdar

4,4

7,4

9,4

14,1

Suli

5,7

8,8

8,2

13,8




  1. Superfosfat solishdan olinadigan qo’shimcha hosil hamma tuproqlarda o’zaro bir-biriga yaqin bo’lgan raqamlarni tashkil qiladi, bu qonuniyatdan sur tusli o’rmon va janubiy qora tuproqlar mustasno, ularda tegishli miqdorlar ancha kam bo’lgan raqamni tashkil qiladi. O’simliklarning sur tusli o’rmon tuproqlarda solingan superfosfatga nisbatan unchalik hozir javob bo’lmasligi ularda fosforning organik birikmalarini ancha yuqori darajadagi harakatchanligi va qora tuproqlarga nisbatan ekinlarning azot bilan ta’minlanishini yomonroq bo’lishi tufaylidir, deb tushuntirsa bo’ladi. Janubiy qoratuproqlarda namlikning kamligi bilan ko’zga yaxshi tashlanadi.

  2. Ammiakni yo’qotmaslik uchun fosforli o’g’itlarning ishqoriy shakldagi xillarini (tomasshlak, fosfatshlak) ammiakli tuzlar bilan aralashtirib bo’lmaydi. Quruq superfosfatni yerga solishdan birozgina oldin quruq ammiakli va nitratli azotli o’g’itlar bilan aralashtirish mumkin. Ammiakli selitra bilan oldindan aralashtirib qo’yish, aralashmaning namlanib qolishiga, ammoniy sulfat bilan aralashtirilishi esa uni yangidan hosil bo’lgan gips bilan ushlab qolinishiga olib keladi. Nordon superfosfatni nitrat o’g’it bilan aralashtirilishi uchuvchan nitrat kislotaning yo’qolishiga olib kelishi mumkin.

  3. Superfosfatning nordonligi o’simlik uchun zararli, shuning uchun uni neytrallash lozim. Buning uchun mexanik aralashtirgan holda unga 15% gacha fosforit uniyoki 10% gacha dolomit uni yoki shuncha karbonatli ohak qo’shiladi. O’yuvchi ohakni qo’shish mumkin emas, chunki bunda fosfat kislota o’simlik tomonidan yomon o’zlashtiriladigan birikma shakliga o’tib qoladi. Superfosfat bilan olib borilgan ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatdiki, bu o’g’itni solish natijasida tuproqning nordonligi o’zgarmaydi. Hamma fosforli o’g’itlarining namlanish natijasida ularning fizik xossalari va sochiluvchanliklari yomonlashadi, masalan, superfosfatning granulalari shikastlanib uvalanib ketadi.


6.8. EKINLARNI SUPERFOSFAT BILAN OZIQLANTIRISH


  1. Ekinlarni ularning o’sishi jarayonida oziqlantirishning maqsadga muvofiqligi, tashqi ko’rinishidan namoyon ho’lib qolgan fosforning tanqisligining oldini olish, asosiy o’g’itlar bilan fosfatlarni to’liq ravishda solinmaganligining o’rnini to’ldirishdan iborat. Nordon tuproqlarda superfosfatni ularning zarrachalari bilan ta’sirlanish muddatini qisqartirish yoki bu ta’sirlanishni umuman oldini olish (ildizsiz oziqlantirish) yo’li bilan o’simliklar tomonidan P2O5 ning o’zlashtirilishi koeffitsiyentini oshirishga qaratilgan bo’ladi.

  2. Fosfat kislota ionlari barglar tomonidan jadal yutilibgina qolmasdan, balki o’simlikning bosliqa qistnlariga, to ildizlarigacha harakatlanadi, hatto ular orqali tuproqqacha ajratib chiqariladi. Lekin ildizsiz fosforli oziqlanish juda chegaralangan ahamiyatga ega bo’ladi va o’simlikka miqdoriy jihatdan kam foyda keltiradi. Ildizsiz fosforli oziqlantirish ni katta maydonlarda amalga oshirish juda qiyin, blinda suvning ko’p miqdorda sarflanishi tufayli, juda qimmatga tushadi, chunki barglarning kuyib qolishining oldini olish maqsadida o’ta suyultirilgan eritmalardan foydalanib purkashni takror-takror amalga oshirish lozim bo’ladi.

  3. Fosfat kislota anionlarini tuproq tomonidan kimyoviy va fizikkimyoviy jihatdan juda tez bog’lanib olishi tufayli, o’g’itning uni tashlab qo’yilgan joyidan ham vertikal, ham gorizontal yo’nalishlar bo’ylab harakatlanishi juda sust bo’ladi. Demak, superfosfatni yer yuzasiga sepilishiga yo’l qo’ymaslik, sepilgandan keyin esa (zig’ir va boshqa sepib ekiladigan ekinlar uchun)boranalashni amalga oshirish kerak.

  4. Qator orasiga ishlov beriladigan ekinlarga superfosfat bilan ishlov berish jarayonida tuproq orasiga solish (10-12 sm dan kam bo’lmagan yaxshisi 14—16 sm chuqurlikka) yo’li bilan oziqlantirish yaxshi samara beradi, lekin bu narsa asosiy o’g’it yetarlicha solinmagan hollardagina mumkin bo’ladi.


VII BOB. KALIYLI O’G’ITLAR
7.1. O’SIMLIKLAR HAYOTIDA KALIYNING AHAMIYATI VA UNING HOSIL TARKIBIDAGI MIQDORI


  1. Kaliy eng avvalo sitoplazma kolloidlarining gidrotatsiyasini kuchayishiga ta’sir etadi, bunda ularning dispersligini kuchaytiradi. Bu esa o’simlik tomonidan namlikni ushlab turilishini va vaqtincha qurg’oqchilikka chidamliligini oshiradi. Kaliy ta’sirida kartoshka tuganagida kraxmalning va qand lavlagisida saxarozaning va qator mevali va sabzavot ekinlarda monosaxaridlarning to’planishini kuchaytiradi. Kaliy o’simliklarning sovuqqa va qishga (hujayra shirasini osmotik bosimini kuchaytirish tufayli), o’simliklarni zamburug4 va bakterial kasalliklarga chidamliligini oshiradi.

  2. Kaliy yuqori molekular ugievodlar (selluloza, gomiselluloza, shuningdek pektin moddalari ksilinlar va boshqalar) ning sintezini kuchaytiradi, natijada g’allasimon o’simliklar somonini hujayra devorlari qalinlashadi va donli ekinlarni yotib qolishga chidamliligini oshiradi, zig’ir va nashada esa tola sifati yaxshilanadi; ba’zi fermentlarning ishini katalizlaydi, shuningdek o’simliklarda qator vitaminlar (masalan, tiamin va riboflavin) ning sintezlanishi va to’planishini kuchaytiradi, bu narsa esa hujayra og’izchalari bilan chegaradosh hujayralar faoliyatini kuchayishida katta ahamiyatga ega bo’ladi.

  3. Kaliy (kalsiy va magniy bilan birqatorda) qishloq xo’jalik ekinlarining animoniyli oziqlanishida ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Kaliyli oziqlanishga putur yetishi o’simliklardagi metabolizmning izdan chiqib ketishiga olib keladi. Kaliyning tanqisligi qator fermentlar faoliyatining susayishiga, o’simliklardagi uglevod va oqsil almashinuvining izdan chiqishiga, bunda shakarlarning nafas olish uchun o’ta ko’p sarflanishi tufayli donning puch bo’lib qolishi urug’ning unib chiqishi va yashovchanlik qobiliyatini pasayishiga olib keladi va umuman olganda oqibat natijada hosilning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’simlikning kaliy bilan oziqlanishi to’liq bo’lmaganda har xil kasalliklarga tezroq chalinadi, hosil yig’ib-terib olingandan so’ng esa shu sababga ko’ra hosilning saqlanish ko’rsatkichi pasayadi.

  4. O’simliklarning kaliyli oziqlanishini taqchilligi: qari barglarning chekkasidan boshlab niuddatdan oldin sarg’ayishi keyinchalik esa ularning chekkasi va tepa qismining jigar rang (ba’zan qizil, zangsimon dog’li) tusga kirishi, bundan so’ng esa barglar o’ladi va yemiriladi, natijada kuyganday bo’lib qoladi. Ayniqsa kaliy tanqisligidan kaliyni sevuvchi o’simliklar ko’p talofatga uchraydi.

  5. Kaliy o’simliklar tomonidan kation sifatida yutiladi, u hujayrada zaryadlangan ion sifatida qoladi, u hujayra moddalari bilan kuchsiz bog’lar orqali birikadi. Hujayrada ancha miqdorda to’planib, anorganik anionlar, hamma hujayraning polielektrolitlarini manfiy zaryadlarini neytrallash uchun asosiy qarshi ion hisoblanadi, shuningdek hujayra va muhit o’rtasida ion assimetriya va elektrik kuchlanishlar farqini yuzaga chiqaradi. Kaliyning hujayradagi maxsus funksiyasi ehtimol shunday namoyon bo’lib o’simliklar oziqlanishida uning o’rnini bosadigan element bo’lmasligini sababi ham shudir.

  6. Qator tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kaliyning hujayradagi miqdori bilan o’sish jarayonlarining jadalligi o’rtasida korelyativ bog’lanish bor. Binobarin, kaliyning tanqisligi hujayraning bo’linishi, o’sishi va cho’zilishini susaytiradi, degan xulosaga kelish mumkin. Hozirgi kunda o’simliklardagi oqsil sintezi jarayonini jadalligi va ulardagi kaliyni miqdori o’rtasida yaqin bog’lanish borligi haqida ma’lumotlar bor. Kaliy tanqisligida fotosintez mahsuldorligi kamayadi. Kaliy tanqisligida barglardagi fotosintez mahsulotlarining oqishini sekinlashishi haqidagi ma’lumotlar olingan. O’simliklar tomonidan kaliyning o’zlashtirilishidagi eng past bo’lgan davri ularning ilk (unib chiqqandan keyingi 15 kun) o’sa boshlashiga to’g’ri keladi. Odatda, o’simlik kaliyni eng ko’p miqdorda, biologik massaning jadal o’sishi davrida o’zlashtiradi. G’allasimonlar va g’allasimon dukkaklilarda kaliyning o’zlashtirilishi gullashdan—sutli pishiqlik davrigacha, zig’irda “to’liq” gullash fazasidan, kartoshka, qand lavlagisi va karamda ancha cho’zilgan niuddatlarda bo’lib, amaliy jihatdan butun vegetatsion davrni o’z ichiga oladi. Kartoshka kaliyni eng ko’p miqdorda gullash davrida jadal ravishda tuganak hosil bo’lish jarayonida, qand lavlagisida ildizmeva hosil bo’lish davrida, karamda uning barg mevasining shakllanishida o’zlashtiradi.

  7. Kaliyning miqdori hamisha o’simliklarning yosh o’suvchi organlarida hamda meristema va kambiyda ko’p bo’ladi. Eski barglardan kaliy yoshroq barglarga ko’chadi, ya’ni u o’simliklar tomonidan takrortakror ishlatiladi (reutilizatsiya). Ko’p hollarda reutilizatsiya oziq muhitida yetarli bo’lmagan joylarda namoyon bo’ladi natijada pastki barglarning sarg’ayib qolishi me’yor kaliyli oziqlanganlarga nisbatan oldinroq sodir bo’ladi.

  8. Sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagisi va boshqa ildizmevalar azotga nisbatan 1,5 marta ko’proq kaliy o’zlashtirsa, fosforga nisbatan bu miqdor 3—4,5 marta ziyod miqdorni tashkil qiladi. Har xil o’simliklar 10 s asosiy hosil mahsuloti (unga mos holda vegetativ hosil) s/ga nisbatan K2O ni har xil miqdorda o’zlashtiradi. G’allasimon ekinlar taxminan 25—37 kg, g’allasimon dukkaklilar 16—20, kartoshka 7,0—9,0, oziqa va qand lavlagisi 6,7—7,5, sabzavot ekinlari 4,0—5,0, beda 20—24 kg.

Hosil bilan tuproqdan olinadigan K2O miqdori

(7.1-jadval)

Ekinlar

Hosildorlik,

s/ga

Hosil bilan tuproqdan

olingan K2O, kg/ga

G’allasimonlar

58

175

Kartoshka

200

180

Qand lavlagi

200

150

Yem-oziqa qand lavlagisi

420

280

Beda, yo’ng’ichqa (pichan)

60

120

Oq karam

660

290

Sabzi

420

210

Kungaboqar (urug’i)

55

990



7.2. TUPROQDAGI KALIY


  1. O’simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi manba kaliyning eaivchi tuzlaridir. O’simlik tomonidan tuganak ildiz va mikroorganizmlar tarkibidagi kaliy ham yaxshi o’zlashtiriladi. Almashinuvchi kationlar va kam eriydigan tuzlar bevosita rezerv vazifasini bajaradi.

  2. Tuproqdagi o’simlik oziqlanishi uchun asosiy bo’lgan harakatchan kaliyning miqdori K2O ning umumiy zaxirasini bor-yo’g’i 0,5—2% ini tashkil qiladi. Demak, kaliyning umumiy miqdorini 99% ga yaqini uning almashinmovchi xili bo’ladi. Lekin ular ham ma’lum miqdorda o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin.


7.3. KALIYLI XOMASHYO KONLARI. KALIYLI O’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING XOSSALARI


  1. Kaliy xlorid (KCI) umumiy ishlab chiqariladigan kaliyli o’g’itlarning 80—90% ini tashkil qiladi. Uning tarkibida 53,7—60,0% K2O bo’ladi, namligi 1% dan oshmaydi. U sochiluvchan, qizg’ish yoki oqish rangli kulrang mavjli kristall inodda.

  2. Kaliy sulfat (K2SO4) — oq rangli mayda kristall kukun (sarg’ish jiloli bo’lishiga ham yo’l qo’yiladi), namligi 1,2% bo’ladi. Tarkibida 46—50% K2O bo’ladi, yopishish xususiyati kuchsiz, zavoddan xaltalarga solib yoki to’g’ridan-to’g’ri transport vositasiga solib tashiladi.

  3. Xlor kaliyli-elektrolit (chiqindili KCl ) sarg’ish jiloli kuchli changga aylanuvchi mayda kristall kukun hisoblanadi K2O miqdori 31,6—45,5% bo’ladi, yopishmaydi (namligi 4% dan ortmaydi), tashishda qog’oz xaltachalarga solinadi yoki shundayicha tashiladi.

  4. Kaliy magneziya (K2SO4 MgSO4). Kulrang va qizg’ish jiloli kuchli changlanadigan kukun yoki aniq shaklga ega bo’Imagan kulrang-qizg’ish granulalar tarzida ishlab chiqariladi. Tarkibida 29% K2O va 9% MgO bo’ladi; namligi 5% dan ziyod ernas, yopishmaydi, shundayligicha transport vositasiga solib yoki qog’oz xaltalarga solib tashiladi. Kaliy sulfat kabi xlorga nisbatan o’ta sezgir bo’lgan ekinlar uchun qo’llaniladi.

  5. Kaliyli magnezial konsentrat kulrang rangli granulalar tarzida ishlab chiqariladi, namligi 1,5—7%. Tarkibida 18,5% K2O va 9% MgO bo’ladi. Tashilganda shundayligicha trasport vositasiga solib tashiladi, chunki yopishmaydi. Xlorga nisbatan sezgirlikni namoyon qiladigan ekinlar uchun ishlatiladi.

  6. 40% li kaliyli tuz (KCl+NaCl) — qizg’ish jiloli kristall aralash kulrang kristall kukun hisoblanadi, u kaliy xloridning yanchilgan silvinit (35% gacha NaCl) bilan aralashmasidir, namligi 2% dan oshmaydi. Tarkibida 40% K2O bo’ladi, yopishqoq, idishsiz tashiladi. Natriyga nisbatan talabchan bo’lgan ekinlar (qand lavlagisi va iidiz mevalilar) uchun ishlatiladi.

  7. Potash (kaliy karbonat K2CO3) — ishqoriy kaliyli o’g’it, nordon tuproqlar uchun juda qimmatli hisoblanadi. Kalsiylashtirilgan potashda K2O ning miqdori 63—66,7% bo’lishi kerak. Kalsiylashtirish gigroskopiklikni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Potash va kaliy bikorbanat (KHCO3) o’tin va somon yonganda hosil bo’ladigan o’choq kulida ham bo’ladi. Kulda biroz fosfatlar ham uchraydi. Kaliy bikarbonat 47% K2O ga ega bo’ladi.

  8. Kaliyli o’g’itlar tarkibidagi xlor qator qishloq xo’jalik ekinlariga salbiy ta’sir ko’rsatganligi sababli uning qaysi kaliyli o’g’itlar tarkibida qancha borligini bilisli lozim.

  9. O’z ta’siriga ko’ra hamma kaliyli o’g’itlar fiziologik nordon hisoblanib: ularning suvli eritmalaridan o’simliklar kaliy kationlarini boshqa u bilan birga uchraydigan Cl yoki SO42─ anionlariga nisbatan jadal ravishda so’rib oladi. Tuproqning singdirish kompieksi bilan ta’sirlanish kaliyli o’g’itlarning tuproq eritmasiga nordonlashtiruvchi ta’sirini ham namoyon qiladi, bu narsa ayniqsa (ohaklanmagan) nordon tuproqlarda jadal ravishda bo’ladi. Masalan, rudalardagi 1 kg K2O ga to’g’ri keladigan xlorning miqdori (kg hisobida) silvinitda 4,0—5,2, karnallitda 3,0—3,3, kaliyli tuzda 1,4—1,9, kaliy xloridda 0,9—1,0, kaliy sulfatda va kaliyli magnezial o’g’itlarda 0,02—0,1 ni tashkil qiladi.


7.4. KALIYLI O’G’ITLARNI TUPROQ BILAN O’ZARO TA’SIRI


  1. Yengil tuproqlarda kaliyli o’g’itlarning nordonlashtiruvchi ta’siri ancha kuchli namoyon bo’ladi.

  2. Yengil tuproqlarda (qum va qumoq) o’rta va ayniqsa og’ir qumoq tuproqlarga nisbatan, odatda, kaliy kam fiksatsiyalanadi.

  3. Tuproqning qurishi va ayniqsa namligining qurishi (dala sharoitlarida tez uchraydigan holat), kaliyning fiksatsiyalanish jarayonini ancha kuchaytirishi mumkin, vaholangki, bu jarayon nam tuproqda sodir bo’ladi. Shuning uchun kaliyli o’g’itlarni yuqori qurib ketadigan qatlamga emas, balki haydaladigan qatlamning tubiga solish zarur.

  4. Kaliyli o’g’itlarning tuproqning yutilish kompleksi bilan ta’sirlanishi tuproq qatlami bo’ylab kaliyning migratsiyasi ancha sustligidan dalolat beradi, bu qoidadan qum va qumoq tuproqlar mustasno. Odatda, o’rta va og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda o’g’it tarkibidagi kaliy— 40—60 sm qatlamdan pastki qismga ishqorlanmaydi, ya’ni amaliy jihatdan o’simlik ildizi joylashgan qatlamda va almashinuvli tuproq qatlamida qoladi hamda o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Lizimetrik tajribalar ma’lumotlariga ko’ra noqoratuproq zonaning qumoq tuproqlardagi bir yilda K2O ning yuvilishi har gektar yerga 0,4—7 kg ni tashkil qilsa, qum tuproqlarda bu miqdor 12 kg gacha ko’payishi mumkin. Kaliyning ancha miqdorda yo’qolishi (bir yilda 1 gektar yerga nisbatan 40 kg gacha) qizil tuproqlarda kuzatiladi.

  5. Kaliyning migratsiyasi ni sustligini inobatga olib, kaliy o’g’itini tuproqning eng yuqori qatlamiga solish kerak enias, chunki ildiz tizirni namlikka intilib chuqurroq qatlamga qarab cho’zila boradi.

  6. Shunday ma’lumotlar; borki, tuproq pH ni kamaytirilishi tuproq tomonidan o’g’it tarkibidagi kaliyning fiksatsiyalanishini kamaytiradi, ohaklanganda esa oshiradi. Bunda agar tuproqning kalsiyga to’yinishi ohaklantirilganda 80% dan oshmasa, unda kaliyning ohaklantirish tufayli yuzaga chiqadigan harakati kuchayadi, agar 80% dan oshiq bo’lsa unda kamayadi.

  7. Uzoq vaqt surunkasiga kaliyli o’g’itlar solinganda va uning ijobiy muvozanati (ya’ni tuproqqa o’g’it tarzida solingan kaliyning miqdori hosil bilan tuproqdan chiqadigan miqdordan ko’p bo’lishi) da tuproqda kaliyning, harakatchan shakldagi, shuningdek uning almashinmovchi kislotada eruvchi shaklidagi miqdorlari oshadi. Bunda almashinuvchi kaliyning miqdorini suvda eruvchi kaliyga nisbatan oshishi ancha jadallashadi.

  8. Kaliyli o’g’itlarni uncha chuqurga solinmagani uchun ekin o’sib turgan vaqtda solish mumkin. Oziqlantirish uchun solinishi ekishgacha bir marta butun me’yorni solishdan kamroq bo’ladi.


7.5. QISHLOQ XO’JALIK EKINLARIGA KALIYLI O’G’ITLARNI QO’LLASH


  1. Kaliyli o’g’itlarni qum, qumoq chimli-podzol, torf-botqoqlik va qayir tuproqlarda qo’llash yaxshi samara beradi.

  2. Sho’rxok tuproqlarda kaliyli o’g’itlar tuproqning sho’rligini oshiradi va buning natijasida hatto hosildorlikni kamaytirishi mumkin.

  3. K2O miqdori 100 g tuproq evaziga 20 mg dan oshgandan keyin g’allasimonlarning qo’shimcha hosili uncha oshmaydi (qumoq tuproqlar) yoki keskin pasayadi (yengil mexanik tarkibli tuproqlar). T.N. Kulakovskaya hisoblariga ko’ra almashinuvchi kaliyning 100 g tuproqqa nisbatan 18—20 mg, bo’lishini yengil mexanik tarkibli chimpodzol tuproqlar uchun va 100 g tuproqqa 23—25 mg bo’lishini qumoq tuproqlar uchun g’alla ekinlaridan kafolatli yuqori sifatli hosil olishda optimal deb qabul qilsa bo’ladi. Kaliyli o’g’itlarning eng yuqori samarasi, uni azotli va fosforli o’g’itlar bilan optimal nisbatdaligida ta’minlanadi.

  4. Kaliyli o’g’itlarning o’zinigina qo’llash faqat boshqa elementlar bilan ta’minlangan quritilgan torfli, torfli-botqoq tuproqlarda bo’ladi.

  5. Loylanadigan tuproqlarda kaliyli o’g’itlarni (ba’zi ekinlarning qator oralariga qisman solishdan tashqari) kuzda shudgor oldidan solish maqsadga muvofiq bo’ladi. Tarkibida xlor bo’lgan kaliyli o’g’itlarni kuzda solinganda xlor kuzgi-bahorgi namgarchilik natijasida tuproqning ildiz atrofi qatlamidan yuvilib ketadi va xlorofob ekinlarga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Agar kaliyli o’g’itlarni kuzda solib ulgirilmasa, ularni bahordagi yerning qayta haydalishida solish lozim, lekin bu holatda tarkibida xlor bo’lgan o’g’itlar xlorga nisbatan sezgirlikni namoyon qiluvchi ekinlarga nisbatan salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Faqat qum va qumoq hamda torfli-botqoqlik va qayir tuproqlariga kaliyli o’g’itlarni bahorda solish kerak. Yengil tuproqlarda, ayniqsa sug’oriladigan maydonlarda kaliyli o’g’itlarning bir qismini oziqlantirish uchun solishga ajratib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.

  6. Kaliyga nisbatan kungaboqar, tamaki, sabzavotlar, qand lavlagisi, kartoshka, mevali va silos ekinlari ancha yuqori darajadagi sezgirlikni namoyon qiladi. Bu ekinlarga birinchi navbatda kaliyli o’g’it solish lozim. Lekin tamaki, tok, mevalilar, sitrus ekinlar, qator sabzavotlar (ayniqsa issiqxonada o’stirilganda), grechixa, kartoshka, zig’ir, dorivor va efir moy ekinlar xlorsiz kaliyli o’g’itlardan foydalanishni talab qiladi, chunki xloridlarning ta’sirida hosilning sifati keskin pasayib ketadi (tamaki bargida yonuvchanlik qobiliyati, zig’irda tola sifati susayadi, kartoshkada kraxmalning miqdori kamayadi). Kaliyli o’g’itlarni kuzda solganda ko’p ekinlar uchun xlorning salbiy ta’siri yo’qoladi.

  7. G’alla ekinlari, qand lavlagisi, ildizmevalari, oshxona qand lavlagisi va ko’p yem-xashak ekinlari tarkibida xlor tutuvchi kaliyli o’g’itlarga nisbatan salbiy reaksiyani namoyon qilmaydi, hatto hosildorlikni xlorsiz kaliyli o’g’itlardan foydalanilgandagidan ancha oshiradi. Qand lavlagisi va ozuqa ildizmevalilari uchun tarkibida natriy bo’lgan kaliyli o’g’itlar muhim ahamiyatga ega bo’ladi, ya’ni bu holda hatto xomashyo tuzlarini yoki ularning KCl bilan aralashmalaridan ham foydalanish mumkin. Xlorga nisbatan sezgir ekinlar uchun iloji boricha xlori kam bo’lgan kaliyli o’g’itlarni tanlab olish maqsadga muvofiq. Masalan, kartoshka ekiniga kaliy xlorga nisbatan kaliy sulfat, kalimagneziya (shenit) yoki kaliyli magneziyal konsentratni qo’llash maqsadga muvofiq. Kaliyli tuz va hatto kainitni kartoshka ekiniga qo’llab bo’lmaydi, chunki ularning tarkibida xlorning miqdori ko’p bo’ladi.

  8. Ohaklangan (karbonat) tuproqlarda, ayniqsa zig’ir va kartoshka uchun o’simlik tomonidan o’zlashtirilish jarayonida kaliy hamda kalsiy o’rtasida antogonizm bo’lganligi tufayli kaliyli o’g’itlarni yuqori me’yorda solish talab qilinadi.

  9. Kaliyli o’g’itlardan foydalanishda ularning samaradorligini oshirishda:

              • ulardan tabiiy zonalarga mos holda foydalanish;

              • kaliynijadal ravishda o’zlashtiradigan ekinlar uchun foydalanish;

              • azotli-fosforli o’g’itlar bilan birgalikda foydalanish;

              • kerak bo’lganda ohaklash va keyin kaliyli o’g’itdan foydalanish;

              • kaliyli o’g’itlarning xiliga qarab foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.

  10. MDH mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan tajriba o’tkazish muassasalaridan olingan ma’lumotlarga ko’ra 1 s K2O bo’lgan kaliyli o’g’itlarni solish har gektar yerdan qo’shimcha ravishda g’alladan 2—3 s, kartoshkadan 20—33 s, qand lavlagidan 35—40 s, paxtadan 1—2 s, zig’ir tolasidan 1—1,5 s, yem-xashak uchun ekilgan o’tlardan 20—33 s, yaylov o’tlaridan 8—18 s hosil olish mumkinligini isbotlagan.



Download 323.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling