Agrokimyo kirish


Download 323.88 Kb.
bet6/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)


Ammoniy—natriy sulfat — (NH4)2SO4 • Na2SO4. Tarkibida 16% azot va 2,5% atrofida organik qo’shilmalari mavjud bo’lgan, sariq tusli zarrabin modda. Kaprolaktan ishlab chiqarishda chiqindi mahsulot. Tarkibida natriy tutgani uchun qora va chimli podzol tuproqlarda qand lavlagi hamda oltingugurt va natriyga talabchan butgullilar o’llasiga mansub ekinlarni yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.

  • Ammoniy xlorid — NH4Cl suvda oson eriydigan oq zarrabin modda. Tarkibida 24—25% gacha azot tutadi. Yaxshi fizikaviy xossalarga ega. Ammoniy xlorid tarkibida 66,6% gacha xlor bo’lgani uchun uni kartoshka, tamaki, tok kabi o’simliklarxush ko’rmaydi, g’alla ekinlariga qo’llash yaxshi samara bermaydi. Ammoniy xlorid kuzda, shudgor ostiga berilganda xlor ionlari yuviladi va o’simliklar TSK ga birikkan NH4 dan bemalol foydalanadi. Buferlik qobiliyati kuclisiz ifodalangan tuproqlarga qo’llashda albatta ohak qo’shish lozim. Bu guruhga, shuningdek, ammoniy karbonat — (NH4)2CO3 va ammoniy bikarbonat —NH4NCO3 lar ham kiradi. Ularning tarkibida mos ravishda 24 va 17% azot rnavjud. Ular kimyoviv jihatdan beqaror birikmalardan bo’lganligi uchun dehqonchilikda keng qo’llanilmaydi. Samaradorligi ammiakli selitra samaradorligiga yaqin.

  • Suyultirilgan ammiak — NH3 Konsentratsiyasi yuqori (82,3% azot) ballastsiz o’g’it. Ammiak gazini yuqori bosim ostida siqib, suyultirish asosida olinadi. Rangsiz harakatchan suyuqlik. Solishtirma og’irligi 0,61 bo’lib, 34°C da qaynaydi. NH3 ning uchib ketishining oldini olish uchun maxsus metall idishlarda saqlanadi va tashiladi. Suyultirilgan azot tuproqqa kiritilganda, tezda gaz holatga o’tadi va tuproqning kolloid fraksiyasi tomonidan yutiladi. Fizik-kimyoviy yutilishdan tashqari suyultirilgan ammiak nitrifikatsiya jarayoniga ham uchraydi. Suyultirilgan ammiakning tuproqqa yutilishi undagi gumus miqdori, mexanikaviy tarkibi, namligi va ko’milish chuqurligiga bogliq. 1 t ammiakli selitra uchun sarflanadigan xarajat bilan 2,5 t suyultirilgan ammiak olish mumkin.

  • Chopiq talab ekinlarni qo’shimcha oziqlantirish uchun suyuq azotli o’g’itlar ishlatiladi. Nihollarni kuydirib yubormaslik uchun o’g’itlar qator oralarining o’rtasiga yoki o’simlikdan 10—12 sm uzoqlikda kiritiladi.


    5.4.3. NITRATLI AZOTLI O’G’ITLAR


    1. Nitratli azotli o’g’itlar jumlasiga natriyli, kalsiyli va kaliyli selitra (NaNO3, Ca(NO3)2 va KNO3) lar kiradi. Ko’p yjllar davomida bu guruh o’g’itlarning asosiy vakili Chili selitrasi bo’lib, u Chilidagi guanoning tabiiy qatlamlari asosida olinar edi.

    2. Natriyli selitra — NaNO3. Tarkibida 15—16% azot tutadi, suvda yaxshi eriydi, gigroskopikligi yuqori bo’lgani uchun mushtlashib qoladi.

    3. Kalsiyli selitra — Ca(NO3)2 U o’ta gigroskopik bo’lgani sababli odatdagi sharoitda gidrat holatiga o’tib qoladi Ca(NO3)2 • 4H2O. Mazkur xususiyatni hisobga olib Ca(NO3)2 alohida tarkibli modda shimdirilgan nam tortmas qoplarda saqlanadi. Kalsiyli selitra 40—48% li nitrat kislotani ohak yoki bo’r bilan neytrallab olinadi.

    4. Natriyli va kalsiyli selitralar — fiziologik ishqoriy o’g’itlar. O’simliklar bu o’g’itlar tarkibidagi NO3 anionini o’zlashtiradi va Ca hamda Na kationlari tuproqda qolib, uni ishqoriylashtiradi;

    5. Kationlar tuproqqa yutiladi,NO3 anionlari esa o’z harakatchanligini saqlagan holda tuproq eritmasida qoladi. Shuning uchun nam iqlimli sharoitlarda yoki iydirib sug’orilganda nitrat shaklidagi azot tuproqdan ko’plab yuviladi. Natriyli selitrani turli tuproqlarda barcha ekinlarga qo’llash mumkin. Ayrim ekinlar (masalan, ildizmevalilar) tarkibida natriy bo’lgan azotli o’g’itlarga o’ta talabchan bo’lib, hosildorlik bilan bir qatorda mahsulot sifatini ham yaxshilaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’g’it tarkibidagi natriy qand moddalarni bargdan ildizga tomon ko’proq oqib o’tishiga imkon beradi. Kalsiyli selitra nordon tuproqlarga kiritilganda, nordonlik kamayishi bilan birga tuproqning fizikaviy xossalari ham yaxshilanadi, chunki kalsiy tuproq kolloidlarini koagulatsiyalaydi.


    5.4.4. AMIDLI AZOTLI O’G’ITLAR


    1. Mochevina (karbamid) — CO(NH2)2 Sintetik mochevina oq tusli zarrabin modda bo’lib, tarkibida 46% azot tutadi. Mochevina CO2 va ammiakni yuqori bosim ostida ta’sirlashishi asosida olinadi.

    2. Mochevina suvda yaxshi eriydi, gigroskopikligi kam, lekin haroratning oshishiga mos ravishda ortib boradi. Uzoq saqlanganda yopishib, mushtlashib qoladi. Fizikaviy xossalarini yaxshilash uclmn granulalanadi (0,2-1,0 yoki 1-1,25 mm kattalikda) yoki yog’li moddalar qo’shiladi. Granulalash jarayonida o’simliklarga zaharli ta’sir ko’rsatuvchi modda- biuret hosil bo’ladi;

    2CO (NH2)2 → (CONH2)HN + NH3


            1. Biuret




    1. Zarrabin mochevinada biuret miqdori 0,8% dan, donador mochevinada esa 1,0% dan oshmasligi kerak. Uning miqdori 3,0% dan oshib ketsa, nihollar nobud boladi. Tuproqda biuret 10—15 kun ichida parchalanadi, shu bois mochevina urug’larni ekishdan 20—30 kun oldin tuproqqa kiritilsa, ekinlarga salbiy ta’sir ko’rsatmavdi.

    2. Mochevina tuproqda to’la eriydi va urobakteriyalar tomonidan ajratiladigan ureaza fermenti ta’sirida ammonifikatsiyalanadi:

    CO (NH­2)2 + 2H2O = (NH4)2CO3

    Bu jarayon gumusga boy tuproqlarda 2—3 kun ichida tugallansa, qumli va botqoq tuproqlarda nisbatan sekin kechadi. Hosil bo’ladigan ammoniy karbonat beqaror birikma. Havo ta’sirida u ammoniy bikarbonat va amrniakka aylanadi:

    (NH4)2CO3 → NH4HCO3 + NH3

    Demak, mochevina yuza ko’milsa yoki tuproqning betiga tushsa, azotning ammiak sifatida isrof bo’lishi sodir bo’ladi.



    1. Mochevina tuproqqa kiritilgan dastlabki kunlarda gidrolitik ishqoriy tuz—(NH4)2CO3 hosil bo’lishi tufayli tuproqda muvaqqat ishqoriy muhit yuzaga keladi. Ammoniy karbonat nitrifikatsiyalanib brogan sari tuproqning ishqoriyligi kamayadi.

    2. Mochevina — eng yaxshi azotli o’g’itlardan biri bo’lib, aksariyat ekinlar uchun samaradorligi bo’yicha selitraga, sholi uchun ammoniy sulfatga teng keladi.

    3. Mochevinani asosiy o’g’it sifatida ishlatish yoki barcha ekinlarga qo’shimcha oziqlantirishda, sabzavotlar va mevali daraxtlarga ildizdan tashqari oziqlantirishda qo’llash mumkin. Donli ekinlar mochevina bilan kech muddatlarda oziqlantirilsa, oqsil miqdori sezilarli darajada oshadi. Mochevina boshqa azotli o’g’itlardan farqli olaroq, yuqori konsentratsiyasi ham (5% dan ortiq) barglarni kuydirmaydi. Yem—xashakka qo’shib berilgan mochevina chorva mollarining jadal rivojlanishiga yordam beradi.

    4. Kalsiy sianamid — CaCN2 . Toza CaCN2 34,98% azot tutadi. O’g’it tarkibida 58—60% CaCN2, 20—28% CaO, 9—12% ko’mir, kam miqdorda kremniy, temir va aluminiy oksidlari mavjud. Kalsiy sianamid yengil, qora yoki to’q kulrang tusli unsimon modda. Yuklash va tashish paytida changib, ko’z hamda nafas yo’llari shilliq pardalarini yalligiantiradi.

    5. Kalsiy sianamid — ishqoriy o’g’it bo’lgani uchun nordon tuproqlarda yaxshi samara beradi. Tannarxi yuqori bo’lgani bois undan defoliant sifatida fovdalanish rnaqsadga muvofiqdir.



    VI bob. FOSFORLI O’G’ITLAR
    6.1. O’SIMLIKLAR HAYOTIDA FOSFORNING

    AHAMIYATI


    1. Qishloq xo’jalik ekinlarining generativ organlarida vegetativ organlariga nisbatan fosforning miqdori ko’proq bo’ladi.

    2. Shunday qilib, fosfor o’simlik uchun eng zarur bo’lgan juda ko’p organik moddalarning tarkibiga kiradi, ularsiz organizmning hayotiy jarayonlari amalga oshmaydi. Lekin fosforning ahamiyati bu bilan chegaralanmaydi. Sintetik jarayonlaming sodir bo’lishi, masalan, oqsil, yog’, uglevodlarning sintezlanishi uchun ancha miqdor erergiya sarflanishi lozim bo’ladi. U makroergik birikmalar deb nomlangan birikmalar orqali yetkaziladi. Ularning gidrolizi natijasida ajralib chiqadigan energiya har mol ga 25—67 kJ bo’ladi, u murakkab efirli bog’larning gidrolizidan hosil bo’lgan (har mol ga 8—12 kJ) energiyadan ancha ko’pdir. Hozirgi kunda juda ko’p sonli makroergik bog’li birikmalarning mavjudligi aniqlangan, ulardan ko’plarining tarkibiga fosfor kiradi va makroergik bog’lar fosfat kislota ishtirokida hosil bo’ladi.

    3. Yosh va tez o’sadigan o’simliklarda fosfor asosan meristema to’qimasida konsentrlanadi. U o’simlik ichida oson harakatlanadi va qari to’qimalardan yosh to’qimalarga ko’chadi, ya’ni reutilizatsiyalanadi (qaytadan ishlatiladi). Ekinlaming pishib yetila boshlagani sari o’simlik tarkibidagi fosforning bir qismi urug’ va mevalarda (g’allasimonlar urug’ida 50% gacha) yig’ila boradi. O’simlikning fosforli oziqlanishi me’yor chegarasida bo’lganda, fosfat kislotaning mineral tuzlari vegetativ organlarda, ayniqsa urug’larda ko’p miqdorda to’planmaydi. Lekin tuproqda o’zlashtiriladigan fosforning bo’lishi yoki fosforli o’g’itlarning kechiktirib solinishi hamda azot va boshqa oziqa moddalarning tanqisligi, o’simliklarda mineral shakldagi fosfatlarning miqdorini oshishiga olib keladi, chunki tarkibida fosfor bo’lgan bu moddalar fosfor tutuvchi birikmalarning sintezi jarayonida ishlatilmay qoladi. O’simIiklarda fosforning organik birikma tarzidagi birikmalari va ular orasida fitinning miqdori keskin oshib ketadi.

    4. Hujayraning tuzilmaviy tarkibida fosforning taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi va bu yo’ng’ichqa misolida ko’rib chiqilgan. Uning birinchi hujayrasi sitoplazmasida fosforning miqdori 50%, yadrosida 21%, plastidasida 19% va mitoxondriyalarida 10% ni tashkil etadi. Barg tarkibidagi fosforining ancha qismi (kuzgi javdar, bug’doyda 15%, salatda 22%) fotosintezni amalga oshiruvchi xloroplastlarga to’g’ri keladi.

    6.2. O’SIMLI KLARNING FOSFOR MANBALARI


    1. Ba’zi ekinlar borki, ular fosforni faqat uch almashingan kalsiy fosfat yoki hatto tarkib jihatidan yana ham murakkabroq va eaivchanligi yanada kamroq bo’lgan tabiiy fosforitlarning tarkibidan ham o’zlashtira olar ekan. Ular jumlasiga grechixa, lyupin (bo’rikallik), xantal (gorchisa), no’xat, qashqar beda (donnik), esparset va nasha kiradi, ular biroz kamroq bolsada, lekin har holda fosforitlar tarkibidagi fosforni o’zlashtira oladi. Bu o’simliklarning qiyin eriydigan fosfatlarni o’zlashtirish qobiliyati boiishi ularning ildizlaridan chiqariladigan ajratmalarining nordonligidadir.

    2. Bo’rikallik (lyupin) ning ildiz tuklari yuzasiga tegib turadigan eritma pardasining pH 4—5 ga tengligi, shuningdek, bedaning ildiz atrofi zonasini pH 7—6 ga teng ekanligi oldindan ma’lum. Shu ko’rsatkichlarga asosan nima uchun bo’rikallik fosforitni eritishi, beda esa erita olmasligini tushuntirish mumkin. Lekin ildizning ichidagi hujayra shirasini reaksivasi o’simlikning fosforitni eritish qobiliyati bilan korrelyasiyada bo’lmaydi, binobarin ko’p qishloq xo’jalik ekinlari uchun hujayra shirasining pH 5—7 oralig’ida, va’ni neytral nuqtaga yaqin bo’ladi. Hujayra shirasining o’ta nordan reaksiyasi otquloq, begoniya va rovoch o’simliklariga xos. Ularda hujayra shirasining pH 1,2 — 1,5 gacha bo’ladi

    3. O’simliklarning fosforli ochiqish simpto’llarining tashqi ko’rinishi, barglar bazan oqish va to’q sarg’ish rangli dog’larga ega bo’lishi (oqsil sintezini to’xtab qolishi yoki shakarlaraing to’planishidan guvohlik beradi) bilan kuzatiladi. Odatda, fosfor yetishmasligi sharoitida burglar maydalashib yupqa bo’lib rivojlanadi, ularning chekkalari tepaga qarab buraladi (kartoshka). Ularning rangi me’yor chegarasida fosfor bilan oziqlangan o’simliklarga nisbatan to’q rangda bo’ladi. Tamakining fosforli ochiqishi sharoitida barglar poyaga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilib joylashadi, plastinkasi go’yo cho’zilganday bo’ladi, uzunroq va torroq bo’lib qoladi.

    4. Fosfor tanqisligi sharoitida ekinlarning o’sishi to’xtab qoladi, hosilning pishib yetilishi kechikadi. Shuni ham qayd etish joizki, fosforning oshiqchaligi uning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishini yomonlashtiradi, chunki bu holatda fosfatlarning ko’p qismi mineral shaklda ayniqsa vegetativ organlarda (urug’larda 90% gacha fosfatlar organik moddalar tarkibida) bo’ladi. Fosfor oshiqcha bo’lganda o’simlik yaxshi hosil hajmidagi mahsulotlarni to’plab, ulgurmay tez pishadi.

    5. Fosfor donda va umuman hosilning tovar mahsulotida somon va umuman boshqa tovar bo’lmagan massaga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Bu qonuniyatdan kartoshka mustasnodir.

    6. Fosforning o’simliklardasodirbo’ladigan hayotiy jarayonlarga ta’siri xilma-xildir. Yaxshi fosforli oziqlantirish qishloq xo’jalik ekinlarining hosilini oshiribgina qolmay balki uning sifatini ham yaxshilaydi. G’allasimonlarda umumiy hajmdagi donning miqdori oshadi, don kraxmalga, ba’zan esa oqsilga ham boy bo’lib qoladi. Meva va ildiz mevalarda karbon suvlarning miqdori oshadi. Mahsuloti yetishtirish uchun ishlatiladigan ekinlarning bo’yi uzunroq, poyasi mustahkamroq bo’Iib qoladi. Azotga qarama-qarshi fosfor, o’simlikning rivojlanishini tezlashtiradi, bu narsa janubiy tumanlarda g’allasimonlarni qurg’oqchil payitigacha, shimoliy tomonlarda esa bahorgi donli o’simliklarni sovuq tushguncha (erta kuzda) yetilishini ta’minlaydi. Kuzda solinadigan fosforli o’g’itlar ta’sirida hujayra shirasida eruvchi karbon suvlarining miqdori oshadi, bu narsa o’simlikning muzlash nuqtasini pasaytiradi va demak kuzgi ekinlar, ko’p yillik dukkakli o’tlarning qishga chidamliligini oshiradi. Fosforli o’g’itlar ta’sirida somonning mustahkamligi oshadi va g’alla o’simliklari poyasining yotib qolishga nisbatan barqarorligi ortadi. P2O5 ning umumiy miqdori har gektar haydaladigan yerga 3—6 tonnagacha yetishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, tuproqning fosfatlar bilan to’yintirilishi faqat iqtisodiy nuqtayi nazardan haqqoniy bo’libgina qolmasdan, balki texnik nuqtayi nazardan ham haqqoniydir.

    7. Bundan 50 yillar muqaddam qizil tuproqlarga solinadigan fosforli o’g’itlar “o’ta barqaror” birikishi, ya’ni o’simlik tomondan o’zlashtirilmaydigan birikmaga aylanishi liaqida ochiq darajada fikrlar bildirilgan edi. Unda shu fikrga asoslanib 1 gektar yerga 3 tonnadan fosforli o’g’it solib, choy ekilgan maydonlarda o’simlik qator yillar davomida superfosfatning me’yoriy chegaradagi me’yorini oladi degan taxmin bor edi. Agrokimyogarlar o’sha davrdayoq nordon tuproqlarga superfosfat o’rniga fosfarit unini solishni taklif qilishgan edi, chunki bunda tuproqning nordonligidan fosforitni parchalashda foydalanish imkoniyati tug’iladi. Superfosfatni solganda esa uni joy-joyi bilan solish lozim, chunki bunda o’g’it tuproqning ko’p qismi bilan ta’sirlanmaydi va demak fosfat kislotani kimyoviy bog’lanishini susaytiradi. Vaqt agrokimyoning haq ekanligini isbotladi, choy ekilgan o’ta nordon tuproqli maydonlarga fosforitlarni solish superfosfat solish bilan barobar ekan. Superfosfatdan foydalanilganda uni tuproqning ko’p qismi bilan aralashishiga yo’l qo’ymay qator oralig’iga solish kerak.

    8. Ko’pincha fosforli o’g’itlarning ta’sirini kuchli bo’lmasligiga, tuproq tomonidan fosfat kislota ionlarini mustahkam ravishda biriktirib olinmasligi va kaliyning yetarli bo’lmasligi sabab bo’ladi deb tushintirish mumkin. Bu o’g’itlarni qo’llash fosfatlarning ta’sirini kuchaytiradi. Ma’lumki, fosforli o’g’itlarni muntazam ravishda uzoq vaqt yuqori (ya’ni hosil tomonidan o’zlashtirilgan fosfordan bir necha barobar ziyod) me’yorlarda solinganda tuproqda ancha miqdorda o’zlashtiriladigan fosforning to’planishi yuz beradi, shundan keyin esa yangidan sohnadigan o’g’itlarning ta’siri bo’lmay qoladi. Bunday holatda bo’lgan maydonlarda fosforli o’g’itlarni to tuproqda zaxira bo’lib qolgan oson o’zlashtiriladigan fosforning ekin tomonidan o’zlashtirilish darajasi pasaygunga qadar solmaslik talab etiladi.

    9. Shuni ta’kidlash joizki, chirindining ta’siri ko’p qirrali bo’ladi: u tuproq zarrachalari (ayniqsa polutor oksidlar) tomonidan fosfat ionlarning kimyoviy bog’lanishini susaytiradi, o’zi adsorbent bo’lganligi sababli tuproqning buferligini oshiradi, chirindi mavjud bo’lgan joyda ammiakli va kaliyli tuzlarning fiziologik zararini yumshatadi. Nihoyat chirindining o’zi uni yetarli miqdorda solinganda, o’simliklar uchun oziq elementlari (azot, fosfor, oltingugurt h.k. lar) ni manbayi bo’lib xizmat qiladi.




    1. A.N. Lebedyansev namlik o’zgarib turganda tuproqdagi fosfatlarning o’zgarish dinamikasini o’rganib, qora tuproqdan namlikning qochishi, fosfat kislota tuzlarining harakatchanligini oshiradi va bu holat o’z navbatida esa unumdorlikda ijobiy tarzda namoyon bo’lishini aniqladi. Bu jarayonni V.A. Franseson tushuntirib namligi qochgan tuproqni tez namlantirilganda tuproq agregatlarining kuchli ravishda parchalanishi yuz beradi, deb izohladi. Bunda yangi ancha tubda joylashgan yuzalarning ochilib qolishi natijasida ilgari yashiringan fosforli birikmalar eritmaga o’tadi. Tuproq agregatlarining xuddi shunday holdagi taxini buzilishi natijasida tuproq organik moddalarining harakatchanligi oshadi. Xo’jalik sharoitida tuproqdan namlikning qochib ketishi dehqonning o’ziga bog’liq bolmagan, balki quruq va qurg’oqchilik davrlari bilan bog’liq holda yuz beradi. Bunday sharoitlarda shu narsa ham kuzatilganki, qurg’oqchilik yilidan keyingi yilda hosildorlik oshadi. Hozircha bu narsa faqat tuproqdagi fosfat rejimini yaxshilanishi tufayli yuz beradi deb bo’lmaydi. Tuproqdan namlikning qochishi qator hollarda uning fosfatlarini harakatchanligini va fosforli tuzlarning yutilishini kuchaytiradi. Masalan, Voronej viloyatidagi kuchli qora tuproq quritishni havo sharoitidagi quruq darajasigacha yetkazilganda kalsiy monofosfatining kuchsiz eritmasidan, namlangan sharoitdagiga nisbatan 4—5 marta ko’p miqdorda fosfat kislota yutganligi aniqlandi. Bu narsa hamma tuproqlarning ancha konsentrlangan eritmalardan fosfatlarni ko’proq yutishi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Shunday bo’lib chiqsa, suyuq fosfor tutuvchi o’g’itlardan foydalanish amaliyotida tuproq tomonidan fosfat kislotani to’laroq yutilishini kutish lozim. Tuproqning mexanik tarkibi ham muhim bo’lib, 0,01 mm dan yirikroq zarrachalar fosfatlarni yutmaydi.

    2. Juda ko’plab tajribalar natijasida shu narsa isbotlandiki, o’simliklarning fosforli oziqlanishi fosforli o’g’itlarni uya-uya qilib solinganda (ayniqsa nordon tuproqlarda) ancha qulayroq bo’ladi. Uya-uya qilib solishga granullangan o’g’itlarni tasmasimon tarzda joylashtirish asosida erishiladi.

    3. Superfosfatning tuproq bilan o’zaro ta’sirlanishi davomida fosfat kislotaning barqarorlik, eruvchanlik va o’s imliklar tomonidan o’zlashtirish darajasi bo’yicha farqlanadigan 30 ga yaqin birikmalari hosil bo’ladi.


    6.3. TUPROQ TOMONIDAN YUTILADIGAN ALMASHINUVCHI

    FOSFAT KISLOTA ANIONLARI


    1. Shunday qilib, tuproqlarda fosfat anionlarining almashinuvli yutilishining mavjudligiga shubha yo’q. Bu narsa o’simliklarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ladi, chunki o’stiriladigan ekinlar uchun o’zining o’zlashtirilish darajasi jihatidan tajribalar ko’rsatishi bo’yicha adsorbsiyalangan fosfat kislota ionlari, suvda erigan fosfat miqdoriga yaqinlashadi. Lekin suvda eriydigan fosfatlarning tuproqdagi miqdori juda kam va tuproq tomonidan adsorbsiyalangan fosfat anionlarining o’simlik oziqlanishi uchun yutilishi bo’lmagan sharoitda, ularning yaxshi o’sishi va yuqori hosil yetishtirishi uchun yetarli bo’lmas edi. Shuni qayd etish joizki, bikarbonat va organic kislotalar anionlari tuproqning qattiq fazasi tomonidan yutilgan fosfat anionlarini eritmaga oson siqib chiqaradi. O’simliklarning tuproq tomonidan adsorbsiyalangan fosfat-ionlar hisobiga oziqlanishi gumon tug’dirmaydi, chunki doirniy ravishda ildizlar tomonidan (nafas olish tufayli), karbonat angidrid chiqarib turiladi, u suvda erish natijasida H+ va HCO3ionlarga dissotsiyalanadigan karbonat kislota hosil qiladi va tuproq kolloidlari orqali H2PO4 bilan almashinadi Bundan tashqari, o’simliklarga organik kislotalar (olma, limon va h.k.) ning ekzoosmosi ham xosdir. Tuproqning o’zida eruvchi gumus moddalarini topish mumkin, ularning tarkibiga gumin va boshqa kislotalar kirib, ular tuproq tomonidan fosfatlarni eritmaga siqib chiqarish orqali yutilishi ham mumkin organik kislotalar tuproqda mikroorganizmlar faoliyati tufayli ildiz va o’simlikning turlicha qoldiqlarini va solingan organik o’g’itlarning parchalanishi tufayli ham hosil bolishi mumkin. Demak, tuproqda fosfatlarning desorbsiyasini ta’minlovchi agentlar bo’yicha tanqislik yo’q, bu narsa ularning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishiga yaxshi zamin bo’ladi. Lekin almashinuvchi adsorbsiyalangan fosfat ionlar tuproqda astasekin kimyoviy cho’kma holatiga o’tganligi uchun fosforli o’g’itlar tuproqqa solinganda ularni o’simlik tomonidan iloji boricha o’zlashtirila oladigan (suvda eriydigan almashinuvchi adsorbsiya) holatida davo’lli ravishda bo’lishini ta’minlashni hisobga olgan holda qo’llash lozim.

    2. Ma’lumki, qishloq xo’jalik ekinlari o’sishning dastlabki bosqichlarida fosfatlarni keyingi bosqichdagiga nisbatan jadalroq yutadi. O’simliklar bu moddaning zaxirasini yuzaga keltirib, keyinchalik uni organik moddalarni (konstitutsion va zaxira) sintezlashda kerak bo’ladigan fosfat miqdoriga bo’lgan talabni qoplashga bog’liq holda organlar o’rtasida taqsimlaydi.

    3. Arpa bilan o’tkazilgan fiziologik tajribalar shuni isbotladiki, o’simlikning 5 haftalik me’yorl o’sishidan keyin, hatto fosforning oziqa tarkibidan umuman chiqarib tashlansa ham hosilning miqdori va donning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Donning shakllanishida talab qilinadigan fosfor miqdori vegetativ organlardan reproduktiv organlarga ko’chishi tufayli qoplangan. Xuddi shunday natija bahorgi bug’doyda ham kuzatilgan bo’lib, boshoq hosil bo’la boshlaganda fosfor oziqasidan mahrum qilish o’simlikka ziyon yetkazmagan, ammo ildiz tizimi hali nimjon, o’zlashtirish qobiliyati past sharoitda fosforli oziqlanishga nisbatan o’simlik juda sezgir bo’ladi. Timiryazev nomidagi qishloq xo’jalik akademiyasining agrokimyo laboratoriyasi xodimlari tomonidan shu narsa aniqlandiki, agar bug’doy dastlab fosforsiz sharoitda o’stirilsa, keyinchalik (to’planishdan keyin) fosfor bilan oziqlantirilsa (me’yorl fosforli oziqlangan o’simlikka nisbatan) donning miqdori kamayibgina qolmay, balki undagi oqsilning miqdori keskin kamayadi, somon va don tarkibida anorganik fosfor (foydalanilmay qolgan) ning miqdori esa oshib ketadi. Fosfatlarning yetishmasligi karbonsuvlardan organik kislotalarning hosil bo’lishini to’xtatib qo’yadi, bu narsa esa ildiz orqali kirib keladigan ammiakli azotning bogianishini to’sib qo’yadi. Demak, fosfor tanqisligi o’simlik tomonidan azot va boshqa oziqa elementlarin o’zlashtirilishini susaytiradi. Rivojlanishning dastlabki bosqichidagi fosfor tanqisligi shunday nomutanosiblikka olib keladiki, uning asoratini keyinchalik fosforli oziqlanishni to’liq ta’minlab ham yo’qotib bo’lmaydi. Bunga qo’shimcha, ekinlar o’z rivojlanishini dastlabki bosqichidagi fosforning yetishmasligi asoratini, keyinchalik bu element bilan oziqlanishni kuchayishiga salbiy ta’siri bilan javob beradi, bu narsa O’zbekistonda g’o’za o’simligi bilan o’tkazilgan tajribalarda to’liq isbotlangan. Hatto yirik urug’li ekinlar (makkajo’xori, g’o’za) ham unib chiqqandan so’ng ancha tez fosfor zaxiratarini o’zlashtirib qo’yadi va agar ekinning ekilishidan oldin uni oson o’zlashtiriladigan shaklidagi o’g’it bilan o’g’itlanmagan b o’lsa, bu paytda tuproq va fosfat kislotaning faqat suvda erimaydigan tuzlari qolganiigi tufayli maysalar o’sishini susaytirishi yoki hatto fosfat tanqisligining tashqi belgilarini namoyon qilishi mumkin. G’o’za o’zining urug’i (chigit) tarkibidagi fosfor zaxiralarini, o’sishning dastlabki 10—20 kunidayoq, makkajo’xori esa dastlabki ikki hafta ichidayoq sarflab qo’yadi. Xuddi shu vaqtda ular ba’zan tuproqda o’zlashtiriladigan fosfatning zaxiralari bo’lishiga qaramay fosfat tanqisligi alomatlarini namoyon qiladi. Urug’ turgan joyga yaqin masofada tuproqqa o’g’it sifatida ekishdan oldin solingan oson o’zlashtiriladigan nordon fosfat tuzlari bo’lgan taqdirdagina fosfat tanqisligi simpto’llari unchalik ham sezilmaydi. Odatda, shunday maqsadni ko’zlab makkajo’xori uchun biroz miqdorda granullangan superfosfat makkajo’xoriga 1 ga ga 7,5—10 kg, g’allasimonlarga — 15 kg, kartoshkaga — 20 kg solinadi. Fosforning makkajo’xori o’simligi tarkibidagi miqdori 0,3 — 0,35 % ni tashkil qiladi, agar bu miqdor 0,20 % ga tushib qolsa, unda burglar kul rangga kiradi va o’sishi susayadi shu bilan birga fosfatli tanqislikning yuzaga chiqishiga sabab bo’ladi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida esa makkajo’xorining pishib yetilishining susayishiga olib keladi.


    Download 323.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling