Agrokimyo kirish


Bug’doyning o’g’it va tuproq tarkibidagi


Download 323.88 Kb.
bet7/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)


Bug’doyning o’g’it va tuproq tarkibidagi

fosforni o’zlashtirishi

(6.3.1 - jadval)


Fosfor

Manbayi

Fosforning o’zlashtirilishi

(bir o’simlik tomonidan mg hisobida)

Haftalar

2

4

6

8

NH4H2PO4

0,24

1,15

2,11

2,36

Tuproq

0,06

0,69

3,25

6,27




  1. 36-jadvaldan ko’rinib turibdiki, taxminan 4-haftagacha yosh o’simliklar fosforni o’g’itlar hisobidan ko’proq o’zlashtiradi, keyinchalik esa (ildiz tizimi ancha rivojlangandan keyin) tuproq hisobidan ko’proq o’zlashtiradi. 36-jadval ma’lumotlari bug’doy tomonidan fosfor yutilishining jadalligini ham ko’rsatadi, ikkinchi haftadan to’rtinchi haftagacha o’simliklarda P2O5 ning miqdori 6,1 martaga, to’rtinchidan oltinchi haftagacha 3,2 martaga va oltinchidan sakkizinchigacha 1,7 martaga oshadi. Shunday qilib, o’simlikda P2O5 ning yig’ilishi uning o’sish muddatiga qarab kamayib boradi.

  2. Rivojlanayotgan o’simlik yosh barglarini kuchli ravishda fosfor bilan ta’minlaydi, binobarin uning tashqaridan kirishi to’xtab qolsa, bu holatda fosfatlarni eski barglardan yosh barglarga ko’chib o’tishi kuchayadi. Yosh makkajo’xori o’simligi dastlabki 10 kun davomida oson o’zlashtiriladigan fosfatlarni ildizga yaqin turgan tuproq qatlamidagi 1 mm atrofida bo’lgan qalinlikdangina yuta oladi, keyingi 100 kun davomida esa bu kattalik taxminan 5 mm qalinlikkacha bo’lgan miqdorni tashkil qiladi. Ma’lumki, o’simliklar oziqlanishida tuproq eritmasining umumiy konsentratsiyasi muhim ahamiyatga ega bo’ladi, uning osmotik bosimi oshganda fosforning o’zlashtirilishi susayadi. O’simliklarni ammiakli oziqlantirilganda nitrat oziqlantirishga qaraganda ularning tanasida fosforning to’planishi ortadi. Reproduktiv organlar hosil bo’lishida, ayniqsa ularning pishib yetilishida vegetativ organlar (poya va barglardan-boshoqqa, novda va daraxt poyalaridan mevalariga) dan ularga tomon fosfatlarning jadal harakatlanishi kuzatiladi.

  3. Uzun tolali zig’ir gullash paytida eng ko’p miqdorda fosforni o’zlashtiradi. Bug’doy esa nay o’rash fazasidan, to’planishgacha bo’lgan davrlarda fosforni yaxshi o’zlashtiradi. G’o’za esa 9/10 qism fosforni gullagandan keyin yutadi. Ma’lum ekin tomonidan fosforning yutilishi dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish vegetatsiya davomida bu oziqa moddasiga bo’lgan tanqislikning oldini olish imkonini beradi. Ma’lum maydonda masalan, 1 gektarda o’simlik tarkibida bo’lgan fosforning absolut miqdori oshib borganligiga qaramay, o’simlik yoshiga qarab, uning foiz miqdori kamayib boradi.

  4. Shunday qilib, fosfor, kaliy kabi hosilning tovar qismida konsentrlanadi, bu narsa fosforli o’g’itlarni qo’llash amaliyotida hisobga olinishi lozim. Odatda, hosilning tovar mahsulotining juda kam qismi xo’jalikda bevosita foydalaniladi. Tovar bo’lmagan qismi to’laligicha xo’jalik hududida qolib, uning ancha qismi yo yem-xashak, yoki hayvonlar ostiga to’sham sifatida foydalaniladi, shuning uchun go’ng tarkibida tuproqqa qaytariladi. Lekin go’ng hosilning tovar qismi tomonidan olingan azot va fosforni tuproqqa qaytara olmaydi, chunki bu mahsulot xo’jalikdan tashqariga chiqarib yuboriladi.

  5. Xo’jaliklar hududlari ishlab chiqilgan sutning har bir litrida 0,9 g P2O5 bo’ladi. Yiliga 5000 kg dan sut beradigan 100 ta qora mol tovar mahsuloti bilan tuproqdan shuncha fosfor o’zlashtiradiki, uning o’rnini bosish uchun 7 tonnadan kam bo’lmagan 20% li superfosfat solish lozim bo’ladi. Hali bu miqdorni uncha to’liq deb bo’lmaydi, chunki dastlabki 2 yilda, odatda, o’simlik solingan o’g’itdagi fosforning bor yo’g’i 25—30% ini o’zlashtiradi xolos. Demak, o’simlik tomonidan tuproqdan o’zlashtirilgan va chorvachilik mahsulotlariga o’tgan fosforni to’liq va uzil-kesil o’rnini bosish uchun solinadigan o’g’itning miqdorini 3—4 barobar ko’paytirish talab qilinadi.

  6. O’simliklarning fosfatli oziqlanishini yetarli darajada tutib turish faqat o’simlikshunoslik talablarigagina mos bo’lib qolmay, balki chorvachilik talablariga ham mos keladi. Oziqa tarkibida fosfatlarning kam boiishi ularning oziqalik qiymatini pasaytiradi, bu holatda chorva mollarining rasioniga fosfat kislotaning mineral tuzlarini qo’shish lozim bo’lib qoladi.

  7. Fosforning sarflanishida tuproqdan uning ishqorlanishi natijasida yer osti suvlariga o’tishi (tuproqdan sezilarli tarzda azot,oltingugurt, kaliy va o’simlik uchun oziq hisoblangan boshqa elementlardan farqli o’laroq) kuzatilmaydi. Ko’p mamlakatlarda qator o’n yillar davomida o’tkazilgan tajribalardan ma’lum bo’ldiki, og’ir tuproqlardan fosfat kislota tuzlarining yuvilib ketishi sodir bo’lmaydi, lekin yengil tuproqlardan har qalay fosforning biroz tuzlari, yuvilish yo’li bilan yo’qoladi. Qumoq tuproqlarning haydaladigan qatlamiga doimiy ravishda fosforli o’g’itlarni solib turish haydalma qatlam ostida uning miqdorini deyarli oshirmaydi.

  8. O’simliklar tomonidan fosforning o’zlashtiriladigan ulishini, (kg miqdorini) hosilning bir sentner tovar qismiga moslab hisoblash qulaydir. Lekin g’allani somonsiz, ildizmevalarni barglarisiz yetishtirib bo’lmaganligi uchun, olingan raqamga bir sentner tovar mahsulotga tegishli bo’lgan uning tovar mahsuloti hisoblanmagan qismidagi fosforni ham qo’shib hisoblash lozim bo’ladi. Umumlashtirilgan tarzda ko’p ekinlardagi bu raqamlar 39-jadvalda keltirilgan. Shuni qayd etishjoizki, bu ko’rsatkichlar fosforning yig’ib olingan hosil bilan birgalikda tuproqdan chiqqan miqdorini bildiradi.


Hosil tarkibidagi fosforning miqdori 6.3.2-jadval



T/r


Ekin turlari


Maxsulot turlari

1 s tovar mahsuloti va unga mos keladigan ko’k massa tomonidan P2O, ning O’zlashtirilishi (% hisobida)

1

Kuzgi javdar, suli, arpa

Don

1,0 ga yaqin

2

Kuzgi bug’doy

Don

1,0-1,35

3

Bahorgi bug’doy

Don

1.0 - 1.2

4

Makkajo’xori

Don

0,7 - 0,9

5

No’xat

Don

1,55ga yaqin

6

Kungaboqar

Urug’

2,6 gacha

7

Uzun tolali zig’ir

Tola

2.6 alrofida

8

Nasha

Tola

6.2 gacha

9

G’o’za

Tola

1,5 gacha

10

Bod ring

Poliz ekini

1,4 ga yaqin

11

Tamaki

Barglari

l,5ga yaqin

12

Pomidor

Sabzavot

0,11 gacha

13

Qand lavlagi

Ildiz meva

0.18 gacha

14

Karam

Karam bosh

0.10 atrofida

15

Kartoshka

Tuganak

0.15 gacha

16

Piyoz

Piyoz bosh

0,12 gacha

17

Qizil yo’ng’ichqa

Yem-xashak

0,55 atrofida

18

Choy bargi (ko’k)

Barglar

0,4-0,5




  1. Fosforning o’simlikka ta’siri o’zining xususiyatlari jihatidan azotning ta’siriga qarama-qarshi bo’ladi. Me’yor chegarasida fosforli oziqlanish ekinlarning rivojlanishini biroz tezlashtiradi, bu narsa ularning ertaroq pishib yetishiga sababchi bo’ladi. Fosforli o’g’itlar ta’sirida o’simliklarning sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamliligi, shuningdek ularning yotib qolishga nisbatan qarshiligi kuchayadi. Fosforning ta’sirida hosilning sifatini oshishi ham ko’zga yaqqol tashlanadi. Eng avvalo umumiy hosil ulushini hisoblaganda don ulushi, somon ulushiga nisbatan ustun keladi. Xuddi shunday o’simlik mahsulotining kimyoviy tarkibi yaxshilanadi; don va moyli ekinlarda oqsil va shakar hamda kraxmalning miqdori oshadi. Tolali ekinlarda o’zlashtiriladigan fosforning ta’minoti yetarli bo’lganda tolaning mustahkamligi, uzunligi va pishiqligi yaxshi tomongan o’zgaradi. O’simlikka oshiqcha miqdorda fosforning kirib kelishining salbiy ta’siri, erta kunda pishib yetilishiga, ya’ni bu narsa tovar mahsuloti miqdorini каш bolishiga olib kelsa, boshqa tomondan hosil tarkibida sintez uchun ishlatilmagan oshiqcha miqdorda mineral fosfatlarning yig’ilishiga hamda barglarning erta kunda so’lib qolishiga olib keladi.


6.4. TUPROQLARDAGI FOSFORNING MIQDORI

VA SHAKLLARI


  1. Tuproq tarkibida chirindining miqdori qancha ko’p bo’lsa, u organik fosfatlarga shuncha boy bo’ladi.

  2. Ma’lumotlarga ko’ra suvda eruvchi tuzlarning tuproqdagi fosfor tutuvchi bor zaxirasi vegetatsiya davrida fosfatlarning suvda eruvchi miqdori bir necha bor qayta-qayta tiklanganida ham tuproq zaxiralari evaziga o’rta hosildorlik darajasidagi talabni qondirish uchun yetarli bo’lmaydi. Lekin o’simlik faqat suvda eriydigan fosfat tuzlarini o’zlashtirib qolmay, balki kuchsiz kislotalarda eriydiganlarini ham o’zlashtira oladi. Kuchsiz kislotalar (karbonat, organik, limon, olma va h.k. kislotalar) o’simlik ildizlari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular tuproqdagi suvda erimaydigan fosfatlarning ham bir qismini eritadi. Tuproqqa yanada ko’proq miqdorda kislotalar, mikroorganizmlar tomonidan (nitrifikatsiya natijasida nitrat kislota, oqsil va aminokislotalarning qaytarilgan oltingugurtni oksidlanishi natijasida sulfat kislota, organik kislotalarning mineralizatsiyasi natijasida fosfat kislota) ishlab chiqariladi. Mikroorganizmlar buning ustiga nafas olish va modda almashinish tufayli karbonat angidrid va organik kislotalar ajratib chiqaradi. Kuchsiz kislotalarda (yoki kuchli kislotalarning kuchsiz eritmalarida) 2 valentli kationlar (kalsiy va magniy) ning 2 almashingan fosfat tuzlari eriydi, natijada o’simlik tomonidan o’zlashtiriladigan holatga o’tadi. Ularning eruvchan shaklga o’tishini tuproqda eng ko’p tarqalgan karbonat kislota ta’minlaydi. Ikki valentli kislotalarning uch almashingan tuzlari suvda umuman erimaydi va kuchsiz kislotalarda juda kam eriydi. Shuning uchun ular ko’p qishloq xo’jalik ekinlariga fosforning manbasi bo’la olmaydi. Bu qonuniyatdan lyupin, grechixa, xantal ancha kuchsizroq darajada, no’xat, nasha esparsetlar mustasno, bu o’simliklar fosforni tuproqni uch almashingan fosfatlari va fosforitlaridan ham o’zlashtira oladi. Zikr qilingan ekinlarning bu xususiyatini ularning ikkita xossasi asosida tushuntirsa bo’ladi: ildizlar tomonidan ancha miqdorda kislotalarni ishlab chiqarilishi va ularning tarkibida kalsiy miqdorining fosfordan, ancha ortiqcha miqdordaligi, har ikkala sababga ko’ra ham qiyin eriydigan fosfatlar yaxshiroq parchalanadi va erigan shaklga o’tadi hamda ildiz tizimi tomonidan o’zlashtiriladi.

  3. Kuchsiz nordon muhit, o’simliklaming fosforli oziqlanishida eng qulay muhit ekanligini ajablantiradigan joyi yo’q.


6.5. FOSFORLI O’G’LTLARNI ISHLAB CHIQARISH USULLARI
Bir almashingan fosfatlar

(Suvda eriydigan fosfatlar)




  1. Donadorlangan superfosfatning bahosi kukunsimondan baland va donador o’g’itning ta’siri kukunsimonga qaraganda, ayniqsa ekish vaqtida urug’, ko’chat va tuganakka yaqin solinganda ancha yaxshi samara beradi.

  2. Donador superfosfatni eng yaxshi xomashyodan tayyorlanadi, u kam miqdorda namlikka ega (1—4%) va o’zlashtiriladigan P2O5 ning miqdorini ko’pligi — 19,5—22,0%, nordonligi, namligi—1—2,5 % (kukunsimonda 5—5,5% o’rniga) va eng yaxshi fizik xossalari bilan ajralib turadi, bu kabi xususiyatlari o’g’itning yaxshi sepiluvchanligini ta’minlaydi.

  3. Donador superfosfatni urug’, kartoshka tuganaklari va ko’chatlarning ildizi atrofiga solish yaxshi samara beradi. Bir sentner donador superfosfat 3 sentner kukunsimon superfosfatning o’rnini bosadi.

  4. Konsentrlangan superfosfat (ikkilamchi va uchlamchi). Oddiy superfosfat tarkibida 40% kalsiy sulfatning bo’lishi uning transportga sarflashi xarajatlarini oshirib yuboradi. Gipsni hamma tuproqlar uchun ballast (oshiqcha) deb tushinish to’g’ri emas. Gips ta’sirida yaxshilanadigan sho’rxak tuproqlar, chimpodzol va ayniqsa sulfatlari hamda umuman oltingugurti kam bo’lgan hamma tuproqlar uchun, sulfat-ionlarga ega bo’lgan o’g’itlar, nisbatan samarali hisoblanadi. Ba’zi ekinlar masalan, ko’p miqdorda oltingugurt o’zlashtiradigan dukkaklilar va butguldoshlar uchun superfosfat tarkibidagi gips juda foydali. Lekin boshqa xil ko’p tuproqlar va ekinlar uchun gips deyarli foydasizdir. Shuning uchun superfosfat ishlab chiqarishda hamisha gipsdan qutilishga harakat qilinadi. Oldin fosfat kislota olish uchun fosforitga sulfat (past konsentratsiyali bo’lsa ham bo’ladi) kislota bilan ishlov beriladi (bu to’g’rida oldinroq to’xtalib o’tilgan edi). Keyin filtrlash yo’li bilan H3PO4 ni gipsdan ajratib olinib, u bilan yuqori foizli fosfat xomashyoga ishlov beriladi: shu yoi bilan konsentrlangan superfosfat, ya’ni xomashyoda mavjud bo’lgan bir oz chiqindili kalsiy monofosfat olinadi.

  5. Oddiy va konsentrlangan superfosfatlar fosfor miqdorini ekvivalent holida olganda hosilga deyarli bir xil ta’sir qiladi. Shuning uchun konsentrlangan superfosfat afzalligi uni idishlarga solish, tashish, saqlash va tuproqqa solishda namoyon bo’ladi. Lokal ravishda (uya-uyacha) solib o’g’itlashda konsentrlangan superfosfatning donador shakldagisini qo’llash lozim.


6.6. YARIM ERIYDIGAN FOSFATLAR

(Ikki almashingan fosfatlar)




  1. Presipitat. Superfosfatni lokal (uya-uyacha) ham asosiy o’g’it sifatida ham, zaruriy bo’lganda hatto oziqlantirish uchun ham (tuproqqa chuqur qilib solish) ishlatiladi. Presipitat esa asosiy o’g’itlar sifatida dalaning yuza qismiga tekis sochish va kerakli chuqurlikka kultivator yordamida kiritiladi. O’simlik asosiy o’g’itning fosforidan kuchli ildiz tizimini hosil qilib olgandan keyingina oziqlana boshlaydi. Lokal (uya-uyacha) solinadigan o’g’it ildiz tizimi uncha taraqqiv etmagan yosh maysalarning oziqlanishi uchun xizmat qiladi. Peresipitat ko’p xil tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatilganda superfosfat kabi samarali bo’ladi. Nordon tuproqlarda u hosilga ta’siri jihatidan hatto superfosfatdan ham yuqor samara beradi, chunki nordon tuproqlarda superfosfat retrogradatsiyaga duch keladi va presipitatga nisbatan uning ko’proq miqdori polutor oksidlarning fosfatlariga aylanadi. P2O5 ning presipitatdagi miqdori dastlabki xomashyoning sifatiga bog’liq holda 25—27 dan 30—35% gacha bo’ladi. U ammoniyning limon kislotali tuzida eriydi va o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Uni superfosfatni yerga solish me’yori qancha bo’lsa, shuncha miqdorda solinadi. Presipitat yaxshi fizik xossalarga ega, yopishib qolmaydi yaxshi sochiladi. Tashqi ko’rinishidan oq yoki och kulrang kukun.

  2. Ftorsizlantirilgan fosfat. Apatitga ishlov berganda olingan o’g’it tarkibida 30—32% P2O5 bo’ladi, fosforitni qizdirilganda esa 20—22%. Bu fosfatlarning 70—92% qismi 2% li limon kislotasida eriydi. P2O5 ning miqdorini bir xil qilib hisoblab olganda superfosfat va ftorsizlantirilgan fosfat asosiy o’g’it sifatida solinganda bir xil samara berishi aniqlangan. Ftorsizlantirilgan fosfat oziqa tarkibidagi P2O5 ning miqdori yetarli bo’lmay qolganda hayvonlarning mineral oziqasiga qo’shib beriladi.

  3. Tomasshlak. Aniqlanishicha, bu o’g’itlardan foydalanish mikroo’g’itlarga bo’lgan talabni ancha kamaytiradi. Tomosshlakning andozaviy tarkibga ega emasligining sabablaridan biri undagi limon kislotada eruvchi P2O5 ning miqdori 7—8 dan 16—20% gacha bo’lishidir. Tomasshlak- to’q rangli og’ir kukun, undan faqat asosiy o’g’it sifatida foydalanish muinkin. Nordon tuproqlarda yaxshi ta’sir etadi, chunki ishqoriy reaksiyaga ega. Tomasshlak, fosfatshlak, ftorsizlantirilgan fosfatlarda P2O5 , miqdori 2% limon kislotada eritib aniqlanadi. Fosfatning bu shakldagisini limon kislotada eruvchi fosfat deb yuritiladi. Eritmaga kalsiy mono-di-tetrafosfatlar, shuningdek tomasshlak tarkibiga kiruvchi silikofosfatlar, fosfatshlak va boshqa termofosfatlar

(CaP2 ∙ SiO2 yoki Ca4P2O4 ∙ CaSiO3) o’tadi.

  1. Marten fosfatshlak. Uning tarkibida: kalsiy tetrofosfatning ikkilamchi tuzi, kalsiy, temir, marganes, magniy va boshqa moddalar bo’ladi. P2O5 ning miqdori 8 dan 12% gacha bo’ladi. Uning deyarli hammasi limon kislota eritmasida eriydi. O’g’itning reaksiyasi kuchli ishqoriy. Uni nordon va kuchsiz nordon tuproqlarda qo’llash qulay. Fosfatshlakni faqat asosiy o’g’it sifatida ishlatiladi. Uni qand lavlagisi uchun ishlatish yaxshi samara beradi.

  2. Fosforit uni. O’g’it ishlab chiqish sanoati fosforit uni tarkibidagi fosforning umumiy miqdori quyidagicha bo’lgan to’rtta navini ishlab chiqaradi: oliy nav—30%, 1 nav—25%, 2 nav— 22%, 3 nav—19%. Shu narsani e’tiborga olish lozimki, amaliyotda P2O5 ning fosforitdagi miqdori 90—135 kg dan ziyod bo’lganida qo’llanilmaydi. Go’ng, fosforitli kompostlar ham yuqori darajadagi ta’sir etish xususiyatiga ega. D.N. Pryanishnikov tajribalari har xil o’simliklarni fosforit uni o’g’itiga nisbatan har xil munosabatda bo’lishini isbotlaydi. Ko’p o’simliklar uni faqat m a’lum nordonlikka ega bo’lgandagina o’zlashtiradi. Bunday ekinlar jumlasiga g’allasimonlar, zig’ir, lavlagi, kartoshka, no’xat, yo’ng’ichqalar kiradi. Shulardan kuzgi javdar, yo’ng’ichqa, no’xat boshqa ekinlarga nisbatan biroz fosforit unini yaxshiroq o’zlashtiradi. Boshqa ekin guruhi fosforit unini kuchsiz nordon muhitdava hatto neytral muhitda yaxshi o’zlashtiradi. Bular jumlasiga lyupin, grechixa, esparset, gorchisalar kiradi. Bu ekinlar tuproq fosforini ham yuqori darajada o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’ladi. Hosilga ijobiy ta’sir etish davomiyligi nuqtayi nazaridan fosforit uni fosforli o’g’itlar orasida birinchi o’rinda turadi. Demak, uzoq almashlab ekishning butun rotatsiyasi bo’yicha nordon va kuchsiz tuproqlarda fosforitlashni takrorlashga xojat bo’lmaydi. Superfosfatni esa hamma ekinlar uchun ekishdan oldin solinishi lozim. Xuddi shunday emvchi va erimaydigan o’g’itlarni o’zaro moslab ishlatilishi iqtisodiy jihatdan ham, o’simliklar talabini qondirish jihatidan ham foydali bo’ladi. Bunda faqatgina boshqa elementlar bilan oziqlanish darajasi (azot, kaliy) ga e’tibor berilishi lozim. Ularning tanqisligini birgina fosforning o’zi bilangina to’ldirib bo’lmaydi. Ba’zida mikroelementlarning tanqisligi bo’lgan hollar ham uchrab turadi.


6.7. FOSFORLI O’G’ITLARDAN FOYDALANISH

FOSFORLI O’G’ITLARNI ASOSIY TARZDA SOLINISHI


  1. Superfosfatning uya-uya tarzida solinishi o’simliklarning dastlabki o’sishini tezlashtirish uchun lozim bo’lsa, asosiy tarzda solinadigan o’g’it uzoq vaqt davom etgan vegatatsiya davri davomida oziqlanishdagi fosfor tanqisligini bartaraf etish maqsadida solinadi. Bu tanqislikning yuzaga chiqishi tuproq tarkibidagi tabiiy zaxiralarini o’simlik tomonidan o’zlashtirilmaydigan holatdan o’zlashtiriladigan holatga o’tishida har xil omillarning ta’siri sekin va yetarli bo’lmasligidandir.

  2. Asosiy tarzda solinadigan o’g’itning to’g’ri tashkil etilishiga quyidagi omillar ta’sir etadi: 1) solish muddati; 2) solish chuqurligi; 3) shakli (eruvchanlik); 4) me’yorva 5) boshqa oziqa moddalari bilan mutanosibligi.

  3. Neytral reaksiyaga yaqin tuproqlar uchun suvda eruvchi fosfat kislota tuzlarini solish muddati uncha ahamiyatga ega bo’lmaydi, chunki ularning ishqorlanishi natijasida yo’qolishi kuzatilmaydi, kimyoviy bog’lanish esa kalsiy difosfat hosil bo’lishi bilan chegaralanadi, bu modda esa o’simliklar tomonidan o’zlashtirilaveradi. Superfosfatni qora tuproqqa ekishgacha 5—7 kun oldin solish o’simliklar (makkajo’xori, suli, tariq, boda) ning hosilini pasaytirmaydi.

  4. Nordon tuproqlarda ikki almashingan kalsiy fosfat qatori aluminiy va temir fosfatlari ham hosil bo’ladi, ularning o’simliklar tomonidan o’zlashtirilish ko’rsatkichi yanada past. Bu narsani e’tiborga olgan holda, o’simlik bo’lmagan vaqtda, superfosfatning nordon tuproqlar bilan uzoq muddatda ta’sirlashuvining oldini olish lozim. Asosiy tarzda solinadigan superfosfatni solishda uni qancha chuqurlik oralig’iga solish ahamiyat kasb etadi, chunki tuproqda fosfat kislota anionlari juda kuchsiz ravishda harakatlanadi.

  5. O’simlikning yoshiga qarab uningo’g’it tarkibidan o’zlashtiradigan fosfor ulushi kamaya boradi. Xususan, bu narsa makkajo’xori o’simligi bilan olib borilgan tajribada isbotlandi. Ekish vaqtida birinchi holatda superfosfatning urug’dan 5 sm chuqurlikka, ikkinchi holatda 5 sm atrofidagi masofaga solindi. O’sishning boshlanish fazalarida o’simlik fosforni butun fosforli o’g’itlardan o’zlashtiradi. Pishish fazasida bu faqat 0,1 qismini tashkil qilib, qolgan 0,9 qismini o’simlik tuproqdan oladi. Ildiz tizimi tuproqning butun hajmini egallagan sharoitida, fosforning tuproqqa solinish chuqurligi o’z ta’sirini ko’rsatadi. Faqat 10 sm va undan ko’proq chuqurlikka solingandagina o’g’it o’simlikning fosforli oziqlanishida muhini ahamiyatga ega bo’lishi aniqlandi.

  6. Dalada tuproqqa solinadigan asosiy fosforli o’g’itning qancha chuqurlikka solinishi, ayniqsa namligi kam bo’lgan zonalarda o’simlik tomonidan foydalanilish darajasiga kuchli ta’sir etadi. O’simlik suvni ham, ozuq moddalarini ham ildiz tuklari orqali qabul qiladi, lekin ildiz tuklari quruq tuproqda rivojlanmaydi va unda o’iadi. Aynan haydalanadigan yerning yuqori qatlami hatto namligi yetarli zonada ham bir necha bor yozda qurib qoladi. Bu davrlarda uncha chuqur bo’lmagan qatlamga solingan fosfatli o’g’it ildiz tomonidan o’zlashtirilmaydi. Superfosfatni ancha chuqurroqqa solishning ahamiyatini K.A. Timiryazov Simbirsk guberniyasida 1867-qurg’oqchilik yilida o’tkazgan tajribasi orqali isbotlagan edi. U qurg’oqchilik yillarida superfosfatning g’allasimon ekinlarining qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishini qayd etadi. Bu narsa keyinchalik ko’p olimlarning ishlari tufayli takror-takror isbotlandi.

  7. Hatto sug’oriladigan sharoitda ham fosfatlar tuproqda juda sekin harakatlanadi: Virjiniya (AQSH) da olib borilgan to’rt yillik kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, changli-qumoq tuproqlarning yer yuzasiga har gektarga 112—224 kg P2O5 hisobida superfosfat berilganda, uning tarkibidagi fosfat-ionlar faqat 5 sm ga harakatlangan. Sug’orilmaydigan sharoitda fosfat kisiotaning kaliyli va kalsiyli tuzlari og’ir tuproqlarda 0,5—1,5 sm ga, yengil tuproqlarda biroz chuqurlikkacha harakatlangan.

  8. Tuproqning uncha chiiqurbo’lmagan qismiga solingan o’g’it uning chuqurroq qismi bilan haydash jarayonida aralashadi, bu holat keying ekiladigan ekinlarga ijobiy ta’sir etadi. Muayyan ekin uchun qo’llaniladigan haydash chuqurligi asosiy tarzda solinadigan fosforli o’g’itning solinish chuqurligini ham belgilaydi. Uning me’yoriy chegarasi tuproqning unumdorligiga, birinchi ekin, undan oldin ekilgan ekin, qo’shilib solinadigan boshqa o’g’itlar miqdoriga bog’liq holda, har gektar yerga P2O5 ga hisoblanganda 30—45 dan 90—120 kg gacha bo’lgan miqdorni tashkil qiladi. Fosforli o’g’itlarning vuqori me’yorlari mevali va texnikaviy ekinlar uchun, ayniqsa unumdorligi kam bo’lgan tuproqlarda, o’rtacha miqdorlar—makkajo’xori, kartoshka, sabzavot va yem-xashak o’simliklari uchun, kam miqdorlar — don g’allasimonlari va don dukkaklilari uchun qo’llaniladi.

  9. Birinchi ekin tomonidan fosforning o’zlashtirilish koeffitsiyenti 5—15% bo’lishi, qulay sharoitlarda esa 25% gacha yetishi isbotlangan. Ancha yuqori o’zlashtirish koeffitsiyenti pichanzor va yaylovlarda kuzatilib uning miqdori 21—40% gacha yetib boradi. O’simliklarning o’g’it tarkibidagi fosforni o’zlashtirish samaradorligini oshirishning yana bir usuli uni zaxira holda tuproqqa solishdir. Fosforli o’g’itlarning samaradorligi uni joy-joyiga (uya-uya qilib) solganda oshadi.


Download 323.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling