Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” yo‘nalishi talabasi Raxmonova Hulkar “Tuproqshunoslik” fanidan


Download 102.46 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi102.46 Kb.
#1637451
  1   2   3
Bog'liq
sevinch



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI0LIY TALIM,FAN VA INNAVATSIYALAT VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Biologiya fakulteti
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” yo‘nalishi
talabasi Raxmonova Hulkar
Tuproqshunoslik” fanidan

KURS ISHI


Mavzu: Inson faoliyati ta’sirida madaniy voha tuproqlarining hosil bo’lishi

Toshkent-2023
Mundarija:
Kirish


1-BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI


1.1 Xarita haqida


1.2 O’zbekiston Respublikasi tuproqlarini o’rganishda inson faoliyatining o’rni


2-BOB. TEKSHIRISH METODIKASI


3-BOB. ASOSIY QISM

KIRISH



Tuproqshunoslikka oid tadqiqotlarining birinchi davrida (1908- 1910 y) tekislik va tog‘ qiyaliklariga ajratilgan (K.D. Glinka tasnifi). Tekislik tuproqlari qatoriga bo‘z tuproqlar, kashtan va qora tuproqlar, vertikal mintaqaga tog‘ tuproqlari kiritilgan. 0 ‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari tuproqlariga oid materiallar yig‘ ilishi natijasida bo‘z tuproqlar zonal tuproq tipi degan g‘oya ilgari surilgan. Bu g‘oya K.D. Glinkadan tashqari N.A. Dimo, S.S. Neustrev, IP. Gerasimovlarning tasnifida ham ko‘rsatib o‘tilgan. N.A. Dimo o‘tgan asming 20-30-yillarida tuproq tasnifiga oid tadqiqotlar natijasiga asoslanib cho‘l tuproqlarining paydo boiishini quyidagi tiplarga ajratgan: a) soxta cho‘l bo‘z tuproqlari, b) cho‘l bo‘z tuproqlari; v) cho‘l gipslashgan bo‘z tuproqlar. 0‘zbekistonning barcha iqlim mintaqalari turli balandlikka va har xil namlanish tartibiga ega. Lekin umumiy bo‘lgan belgilar ham mavjud, bular Turon provinsiyasida yog‘ingarchiliklarning mavsumiyligi (bu gidrotermik tartibning o‘zgaruvchan bo‘lishiga olib keladi), iliq va sernam bahor hamda issiq, quruq yozning mavjudligidir. Arid va gumid mintaqalarining iqlim tartibining umumiyligi tuproq paydo boiish jarayonlarining bir xilligini belgilaydi. Subtropik hududlarda tuproq paydo bo‘lishi sharoitlari uchun alyumosilikatlar va ferrosilikatlarning parchalanishi xarakterlidir va tuproq profilining o‘rta qismida temirlanish jarayonlarining kechishi Turon provinsiyaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga xos belgidir. 0 ‘rta Osiyo tuproqlari mineral qismining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlar N.A Dimo (1915) tomonidan birinchi bo‘lib ko‘rsatib o‘tilgan. N.A. Dimo tuproq pastki qatlamining zichlashishida tuproq pastki qatlamlarining nurashiga katta e’tibor qaratish lozim deb hisoblaydi. Qizilqum plato qoldiqlari, Janubiy Ustyurt va Sundukli cho‘li uchun zich qo‘ng‘ir tuproqlarning paydo bo‘lishi xos belgi hisoblanadi. Keyinchalik bu fikr IP. Gerasimov tomonidan tasdiqlangan: zichlangan qatlamlar kelib chiqishi Ustyurt va boshqa hududlaming tuproq mineral qismining parchalanishi bilan bogiiq. Shuningdek N.A. Dimo (1925) birinchi bo‘lib 0 ‘rta Osiyoda keng tarqalgan qumli choi tuproq larining yangi yaralmasiga e’tibor qaratdi va ularning kelib chiqishini kuchli ishqoriylik sharoitdan Si02 ni harakatchan holatga o‘tishida deb hisoblagan. Nurash va boshqa tuproq paydo boiish jarayonida gidrotermik tartibining ikki xil boiishi minerallarning migratsiyasi ro‘y beradi. Kuz, qish va bahorda namgarchiliklar oqibatida tuproqning ustki qatlamidan moddalar yuviladi. Bu davrda singdirish kompleksi va tuproq eritmalarida o‘zaro turli almashinish reaksiyalari kechadi. Yozda yuqori haroratli va minimal namlik sharoitida, tuproq paydo boiishi boshqacha kechadi. Mezotermik fazaning kserotermik sharoit bilan almashinuvi natijasida ko‘tariluvchi harakat yuzaga keladi. Karbonatli va karbonatsiz jinslarda nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari turlicha kechadi. Karbonatli tuproqlarda dastlabki bosqichda kimyoviy nurash va tuproq paydo bo’lishi eng avvalo karbonatlarning yuvilishi va ishqorlarning kamayishi kuzatiladi, bunda temir va alyuminiy oksidlarining miqdori nisbatan ortadi. Yuqorida keltirilgan gidrotermik tartib va tuproq paydo boiish yo‘nalishlarining bir xil tamoyilda ekanligi O'zbekistonning tog‘ mintaqasi avtomorf sharoiti uchun to‘rtta tuproq tipi ajratildi: bo‘z tuproqlar, jigarrang, tog‘ qo‘ng‘ir tusli tuproqlar, o‘rmon tog‘ sur tusli tuproq. Yuqoridagi tadqiqotlar hozirgi 0‘zbekiston tuproqlarining lasnifiga toiiq mos tushmasa-da, lekin tuproqlarning tasnifidagi keyingi tadqiqotlar uchun asos boiib xizmat qilgan. Tuproqlar tasnifi bo‘yicha materiallarning to‘planishi tog‘oldi va tog‘ tuproqlaridan ajratish imkoniyatini berdi (Pochvi Uzbekistana, 1 tom, 1949), bu esa nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi tuproqlarining o‘rganilish tarixi luiqida so‘z borar ekan, hozirgi davrgacha olib borgan va olib horayotgan mahalliy olimlarning ishlari haqida fikr yuritilishi o‘rinli deb hisoblaymiz. M. Bahodirov (1903-1977) o‘z izlanishlari va samarali mehnatlari bilan, o‘zbek tuproqshunosligi fanining paydo bo'lishi va unga asos solinishiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ olim hisoblanadi. Ustoz olimlardan birinchi bo‘lib tuproqshunoslik sohasida o‘zbek tilida darslik yaratgan hamda 15 ga yaqin monografik asarlar muallifidir.Tuproqshunosligimiz otaxonining yaratgan o‘zbek tilida ilmiy va amaliy tuproqshunoslik, katta ahamiyatga ega bo‘lgan bir necha tuproqshunoslik lug‘atlari, asarlar va ilmiy izlanishlar samarasi hozirgi kunda ham bizga yordam bermoqda. M.U. Umarovning (1914-1981) ilmiy faoliyati respublikada keng tarqalgan har xil madaniy holdagi (qo‘riq, bo‘z va sug‘oriladigan) asosiy tuproq tiplarining suv, fizik va fizik-mexanik xossalarini to‘liq o'rganishga, ularni yaxshilash hamda unumdorligini oshirish asoslarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. U 1955- yildjan 1975-yilgacha Tuproqshunoslik va agrokimyo institutida direktorlik qilgan. Olimning asarlarida respublikadagi asosiy sug‘oriladigan tuproq tiplari va mexanik tarkibiga ko‘ra har xil tuproqlarda haydalma qatlamning zichligi bo'yicha g'o‘za ekini uchun mo‘’tadil zichlik chegaralarini aniqlash, uni sug‘oriladigan sahro mintaqasi tuproqlari sharoitida tatbiq qilish, paxta hosildorligini oshirishning aniq ilmiy va amaliy asoslari bayon etilgan. N.V.Kimberg tom ma’noda 0 ‘zbekiston tuproqlari genezisi, evolutsiyasi, geografiyasi va kartografiyasi yo‘nalishi asoschisi hisoblanadi. U 1957-yilda Amudaryo quyi oqimi Xorazm vohasi tuproqlarini chuqur tahlil qilib, bu tuproqlarni hosil bo‘lishi haqida V.A.Kovda nazariyasiga qo‘shimcha qilib, sahro mintasida hosil bo‘lgan o‘tloqi allyuvial tuproqlar o‘zida mintaqaviy xususiyatlami saqlab qolishini ko‘rsatdi. M.A.Pankovning serqirrali ilmiy faoliyatida faqatgina tuproqlar geografiyasi, genezisi va kartografiyasi masalalari tahlil qilinmasdan, balki tuproqlarning sho‘rlanishi, uning sabablari, genezisi, profilda tarqalish qonuniyatlari va nihoyat sho'r tuproqlarni yuvish masalalari atroflicha o‘rgamldi va tahlil qilindi. M.A.Pankov 1946- yildayoq oldin Mirzacho‘l dashti, keyinchalik Markaziy Farg'ona va 0 ‘rta Osiyoning boshqa hududlari misolida yosh tektonik siljish- larni tuproq profilida tuzli birikmalami qayta taqsimlashdagi katta o'mini ko‘rsatib berdi. A.Z.Genusov serqirrali tadqiqotchi hisoblanib, o‘zining ilmiy izlanishlarida tuproq unumdorligi monitoringini tashkil qilishda, tuproqlar bonitirovkasi masalalariga, sug‘orish va dehqonchilik ta’sirida tuproqlarda boiayotgan tub o‘zgarishlar, tuproqlar diagnostikasi va tasnifini takomillashtirishdek muammolarini yechirnida o‘z hissasini qo‘shgan olim hisoblanadi. N.N. Felitsiatning Amudaryo quyi oqimi tuproqlarining tadrijiy rivojlanishi, allyuvial o‘tloqi tuproqlar agrofizikasi, Buxoro va Navoiy vohalari tuproqlari tog‘risidagi ilmiy ishlari, Mirzacho‘l tuproqlarining meliorativ holatini aks ettiruvchi ilmiy asarlarni alohida ta’kidlash lozim. Tuproqshunoslik fani sohasidagi birinchi o‘zbek millatiga mansub fan doktori, professor A.M Rasulovdir. Uning ilmiy faoliyati Markaziy Farg‘ona va Qarshi cho‘li tuproqlarini batafsil o‘rganishga, shuningdek, 0 ‘rta Osiyo, Janubiy Qozog‘iston va Ozarbayjon respublikalaridagi paxtachilik uchun mo‘ljallangan tuproqlaming unumdorligini oshirishga qaratilgan. Olimning butun ilmiy asarlari tizimida-tuproqlaming shakllanishida, rivojlanishi da shu joyning litologik-geomorfologik tuzilishi muhim rol o‘ynashini isbotlab berdi. V.B. Gussakning paxtachilikni rivojlantirishda sug‘oriladigan tuproqlaming unumdorligini, eroziyaga chidamliligini oshirish, tuproq donadorligini yaxshilash maqsadida dunyo va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bir qancha kimyoviy va gumin moddalaridan foydalanish sohasidagi juda katta koiamdagi ilmiy tadqiqot ishlari 0 ‘zbekiston tuproqshunoslik faniga qo‘shgan hissasidir. L.T. Tursunov o‘z ilmiy asarlarida 0 ‘zbekiston voha tuproqlarining asosiy fizikaviy, suv-fizikaviy, fizik-mexanikaviy xossalarini, bu xossalaming sho‘rlanish jarayoniga ta’siri, insonning dehqonchilik faoliyati natijasida tuproqlaming morfologik tuzilishining o‘zgarishi, bu tuproqlaming granulometrik, mineralogik tarkiblarining o‘zgarishi, voha tuproqlarining hozirgi davrdagi ehirindili, fizikaviy va meliorativ holatlari va ularni yaxshilash tadbirlari, dehqonchilik qilinadigan tuproqlaming shu kungi ekologik holati muammolari o‘z aksini topgan. L. Tursunov respublikamiz tuproqlarining kelib chiqishi, tarqalishi, ulami muhofaza qilish, unumdorligini oshirish kabi masalalar ustida ishladi. Professor H.M Maxsudov suv eroziyasiga uchragan tuproqlar xossa va xususiyatlari o'zgarish mexamzmini ishlab chiqdi. Bu jarayonning kechishi tabiiy va antropogen omillar bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilab berdi. Qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan maydonlarda tuproq hosil bo‘lishining yangi nazariy asoslarini ishlab chiqdi. Akademik M.V. Muhamadjonov sug‘oriladigan tuproqlar uchun xos haydalma osti zich qatlamning kelib chiqishi, uning fizik va suv fizik xossalarini o‘rganish, bu qatlamning g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’siri, uni bartaraf qilish tadbirlari bilan shug‘ullangan. L.A.G‘afurova birinchi navbatda unumdorlik - u yoki bu tuproqlar tuproqlar genezisi bilan, dastavval uni vujudga keltirgan ona jinsi bilan bog‘liq!igini bashorat qila oldi. Jumladan, olima sug‘oriladigan yer maydonlarini kengaytirish uchun istiqbolda jalb qilinishi rejalashtirilgan uchlamchi qizg‘ish tusli yotqiziqlarda rivojlangan tuproqlar, ularni o‘zlashtirish jarayonida bir qancha muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini e’tiborga olib, bu tuproqlar genezisi, evolutsiyasi, morfologiyasi va barcha xossalarini keng dastur asosida amalga oshirdi. J.R. Ismatov
0‘zbekiston hududidagi tuproqlaming mineralogik tarkibi va fizik-kimyoviy hamd kolloid xossalari bilan shug'ullangan birinchi mahalliy fan doktori va professoridir.


Professor O.K. Kornilov tomonidan sho'riangan yerlaming mo‘tadil meliorativ tartiblarini yaxlit, bir butun konsepsiyasini ishlab chiqarish va uni tadqiqotlar uchun ilgari surilishi ham nazariy, ham amaliy tomondan ahamiyatga egadir. R.Q. Qo‘ziev 0 ‘zbekistonning turli mintaqalarida - Ustyurt, Markaziy Qizilqum, Amudaryo quyi oqimi, Zarafshon vodiysi, Mirzacho‘l, Jizzax, Qarshi, Sherobod cho‘llari, shuningdek Suriya Arab Respublikasida tuproq-tadqiqot ishlari olib bordi, tuproqshunoslik fanining nazariy va amaliy muammolari yechimim yangi ma’lumotlar bilan boyitdi. Jumladan, sahro mintaqasi tuproqlarini batafsil o‘rganib, ularning rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini ochib bergan. Shu mintaqa tuproqlarining diagnostik belgilarini o'rgamb, mavjud tuproqlar sisitematikasi va klassifikatsiyasiga o'zgartirishlar kiritgan, Markaziy Qizilqum hududlaridagi qoldiq vassi tog‘larda vertikal zonallik mavjud bo‘lmasligi sabablarini ko‘rsatib bergan. RQo'ziev tadqiqotlari orasida markaziy o‘rinlardan biri bu tuproqlar geografiyasi va tuproq-geografik rayonlashtirishning, genetik tuproqshunoslik an'analariga mos ravishda, uslub va tamoyillarni rivojlantirish yo‘nalishidir. Ko‘p yillik dala-tuproq tadqiqotlari natijasida vig'ilgan ma’lumotlar va tahlillar asosida turli regionlarning tuproq, tuproq baholash kartalari tuzildi. I.Turopov 0 ‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib vertikal mintaqa tuproqlarining issiqlik balansi, issiqlik va suv rejimlarini o‘rgandi. Bu sohadagi ilmiy ishlar unga 0 ‘zbekistonda agrofizika fanida vangi yo‘nalish - tuproq iqlimshunosligi va bu sohada maktab yaratish imkonini berdi. 0 ‘tgan davrlar ichida O'zbekiston vertikal va cho‘l mintaqalari tuproqlarining issiqlik va suv rejimlari suv va fizik, issiqlik-fizik xossalari bo‘yicha olib borilgan izlanishlar nihoyasiga yetkazilib, nazariy va amaliy ahamiyatga moyil boigan ma’lumotlar to‘plandi. Olingan natijalar asosida vertikal mintaqa tuproqlar klassifikatsiyasi. ularning issiqlik rejimni belgilaydigan miqdoriy parametrlar bilan toidirildi va unga tegishli o‘zgartishlar kiritildi H.H. Tursunovning ilmiy ishlari tuproqning umumiy fizikaviy xususiyatlari, shuning bilan birga mikromorfologiyasi va mineralogiyasi, soz jinslaming sug‘orish natijasida fizik-kimyoviy xossalarining o‘zgarishini o‘rgamshga bag‘ishlangan. Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonda tuproqshunoslikning turli sohalarida ilmiy-tadqiot ishlari olib borilmoqda. Xususan, tuproq fizikasi yo‘nalishi bo‘yicha I T. Turopov, R Qurvontoyev, tuproq oroziyasi yo'nalishida Q.M. Mirzajonov, A.A. Xonazarov, M B. Hamroyev, N.Sh. Nurmatov, A.N. Nig‘matov, tuproq melioratsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha S.A Abduilayev, O. Ramozonov, S О Azimboyev, X.Q. Nomozov, tuproq geografiyasi va genezisi yo'nalishi bo‘yichaR Q. Qo‘ziyev, L A. G'ofurova, V.Ye. Sektimen47 ко tuproq unumdorligini baholash yo‘nalishi bo'yicha V.N. Li, I.U. 0 ‘rozboyev, Sh.M. Turdimetov va boshqalar ilmiy ishlar olib bormoqdalar. Respublikamizda tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyati tashkil etilgan. Ushbu jamiyatning qurultoyida 0 ‘zbekistonda tuproqshunoslik fanining rivojlanishi, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilinadi. Inson faoliyati. Inson o‘zining xo‘jalik faoliyati natijasida tuproqqa katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni haydash, chizellash va boshqa agrotexnik tadbirlar bilan uning fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, organik va mineral o‘g‘itlar soiish bilan esa -kimyoviy xossalari va ozuqa tartibini yaxshilaydi. Turkiy xalqlardagi dehqonchilik va yerga ishlov berish miloddan oldingi VH asrda, ya’ni xun davrida avjiga chiqqan edi. Ijtimomiy hayot, yarim o‘troq, o‘troq hayotga o‘tish yerga ishlov berishga olib kddi (Rahmonov, 1994). 0 ‘rta Osiyoda sug‘orma dehqonchilik madaniyati va chorvachilik bundan 7-8 ming-yil paydo bo‘lganligi isbotlangan. Bular haqida zardushtiylaming muqaddas kitobi «Avesto»da ham eslatiladi. Bu o‘lkalarda juda qadimdanoq sug‘orishga asoslangan dehqonchilik mavjud bo‘lib, ular o‘sha davr sug'orish inshoatlari va hayotiy tajribalar bilan boy bo‘lgan. Bu o‘rinda bobodehqonlarimiz ayniqsa, Xorazm dehqonlarining hayot tajribasi katta va e’tiborga loyiqdir. Miloddan avval X-VII asrlarda Qashqadaryo hududida o‘troq dehqonchilik madaniyati rivojlana boshlangan. Shu davrga oid sug'orish inshoatlari va o‘troq makonlari Qarshi, Shahrisabz va Yakkabog1 tumanlaridan topib o'rganilgan (Sagdullayev, 1987). O'rta Osiyoda agrar munosabatlami XIV-XV asrlarda Samarqand atrofida, Farg'ona vodiysida, Toshkent, Surxon va Qashqadaryoda bog'dorchilik rivojlangan. Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida shu asrlarda kanal va ariqlarning holatini yaxshilash uchun yirik irrigatsiya ishlari o'rganilgan, yangi suv omborlari qurilgan. Bu vaqtda yangi yerlami o'zlashtirish amalga oshirilgan, dehqonchilikning shakli takomillashtirilgan, tuproqni ishlash xarakteri sifati jihatdan o'zgargan, yerlami sho'rlanishdan saqlashga ahamiyat berilgan. Sug'orish jarayonining tuproqqa nihoyatda kuchli ta’sir etishi N.A. Dimo, M.A. Orlov, A.N. Rozanov, N.K. Balyabolaming ishlarida yoritilgan. 0‘zbekistonning bo‘z tuproqlari tarqalgan issiq va qurg‘oqchilik sharoitiga ega boigan joylarda tuproq namligining tartibi singari omillami sun'iy ravishda tartiblashtirilishi, yog‘in suvlariga qaraganda sug'orish suvining bir necha ko'p berilishi tuproq hosil bo‘lish jarayonini tubdan o'zgartirib yuboradi. Tuproqni o'zlashtirish, sug'orishning birinchi kunidanoq tabiiy tuproq hosil bo'lishi muhim omillaridan biri, o'simlik qoplami va biomavjudotlar kuchli darajada o‘zgaradi. Natijada tabiiy o'simliklar o‘rniga madaniy ekinlar ekiladi. Bu ekinlaming tuproqqa bo'lgan talabi ham, tuproqqa qoldiradigan qoldiqlari va miqdori, 37 ularning chirish va chirindiga aylanish jarayonlari ham tabiiy o‘simliklardan tamomila farq qiladi. Tuproqda mikroblar soni va ularning turi ko‘payadi. Shu bilan birga tuproqning mikrobiologik va fermentativ faolligi ortadi. Tuproqning mikrobiologik faolligi oshganligi tuproq chirindisidagi moddalaminggina emas, o‘zaro munosabatlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Madaniy o‘simliklar tabiiy o'simliklardan farqli o‘laroq tuproqqa talabchan bo‘ladi. Bu o'simliklarning o‘sishi uchun tuproqda yetarli bo‘lmagan sharoit mson tomonidan yaratiladi. Ko‘pchilik madaniy o‘simliklar qisqa vegetatsiya davrida suv talab qiladi. Ular tabiiy o‘simliklarga qaraganda issiq sharoitda transpiratsiya va bug'lanishini o‘zlari to‘la tartibga sola olmaydilar. Bunday vaqtlarda yaxshi aeratsiyaga ega boigan, o‘simliklarni suv, oziq elementlari bilan ta’minlash uchun yaxshi strukturali, qalin tuproq qatlami hosil qilish kerak boiadi. Madaniy o‘simliklar qisqa vegetatsiya davrida juda ko‘p oziq elementlariga muhtojlik sezadi va ulami asosan tuproqdan oladi. Shu bilan birga bu elementlaming ko‘p qismi tuproqqa qaytib tushmaydi, balki hosil bilan biologik aylanishdan chiqib ketadi. Shuning uchun ham madaniy o‘simliklar o‘sadigan tuproq azot, fosfor va boshqa elementlaming zaxirasiga ega bo'lishi kerak. Inson faoliyatining sug‘oriladigan tuproqqa ta’siri har tomonlamadir. Yer haydala boshlanganidanoq tuproqning yemirilish jarayoni ro‘y beradi. Ayniqsa, bu jarayon notekis relyefli joylarda kuchli kechadi 1. [36]


Download 102.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling