Mutolaa – bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bo’lib, sof texnik jihati – mutolaa qilish va tez o’qish malakalarini orttirish
va ijodiy jihati – matndan zarur axborotlarni olishdan iborat.
Mutolaa turlari
Mazmunga kirib borish darajasiga ko’ra mutolaa quyidagi turlarga bo’linadi:
• ko’z yugurtirib chiqish – umumiy taassurot olish uchun;
• matn bilan tanishib chiqish – umumiy mazmunni bilib olish uchun;
• o’rganuvchi mutolaa – mavjud ma’noning eng ko’p hajmini o’zlashtirish uchun.
Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish qoidalari
1. Mutolaa g’oyat jiddiy va sermulohazali bo’lishi kerak.
2. Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilishda:
- o’qib chiqilgan matnni tahlil etish kerak;
- notanish atamalar va tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim,
- o’zingizga ahamiyatli bo’lgan savollarga javob izlash zarur;
- axborotlarni markirovkalash – belgilar qo’yish kerak.
3. Sizning ilmiy ishingizda asqotadigan joylarini: qiziqarli fikrlar, faktlar, raqamlar, har xil nuqtai nazarlarni ko’chirib olish lozim.
4. O’qib chiqqandan keyin olingan axborotlarni ularga tanqidiy nuqtai nazardan, shuningdek sizning tadqiqotingiz uchun ahamiyatini hisobga olib yondashgan holda baholash.
12.Axborotlarni yozma shaklda yetkazish, ilmiy matnlarning funktsiyalari va turlari, reja, tezislar, konspekt, referat, annotatsiya, maqola, esse, ilmiy uslubdagi matnlarni yozish bo’yicha tavsiyalar.
Ахборотларнинг ёзма шаклда етказилиши.
Илмий матнларнинг функциялари ва турлари
Режа
Тезислар
Конспект
Реферат
Аннотация
Мақола
Эссе
Илмий услубдаги матнларни ёзиш бўйича тавсиялар
Ахборотларнинг ёзма шаклда етказилиши
Бу боб ахборотларни ёзма шаклда етказишнинг ўзига хос хусусиятлари ва қоидаларига бағишланган. Сиз илмий матнларнинг режа, тезислар, конспект, реферат, аннотация, мақола, эссе каби турлари билан танишасиз.
Do'stlaringiz bilan baham: |