Agrologistika va biznes fakulteti
Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
Download 225.9 Kb.
|
Buxgalteriya balansi va uni shakillantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тavsiya etilgan adabiyotlar
3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
HarHar bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi. Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi. Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi. Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi. Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz. Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Хo’jalik faoliyatiny amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha bo’lgan: BALANS
Misolni ko’rib chiqayotganda korxona mablag’lari xo’jalik operatsiyalarida qatnashayotganda, o’zgarmasdan qolmasligiga e’tibor beramiz; keyinchalik ular yangi xususiyatga ega bo’ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadilar. Shuning uchun davr boshiga ko’rsatilgan dastlabki xolati katta o’zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag’lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o’rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi. Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 60 so’m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 so’mga kamayadi va 40 (100-60) so’mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo’lishiga olib keladi. Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo’lgan 60 so’mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo’ladi. Bunda ushbu operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan mablag’lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o’tipshgina sodir bo’ldi. Aktivning jami o’zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: Тavsiya etilgan adabiyotlar Хошимов Б. Бухгалтерия ҳисоби назарияси: Дарслик. -Т.: 2004. - 279 бет. Каримов А. ва бошқалар. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. «Шарқ» НМАКБТ. -Т. 2004. - 591бет. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.: Финансы и статистика, 2004 Гусева Г.Н.,Шеина Г.Н. Основы бух. учёта: теория, практика,тесты. Учебное пособие. - М.: Финансы и статистика, 2004 Download 225.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling