Agrologistika va biznes


O’zbekistonda Turizm sohasining rivojlanish bosqichlari


Download 280.75 Kb.
bet2/8
Sana04.04.2023
Hajmi280.75 Kb.
#1326398
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umidaniki

1.O’zbekistonda Turizm sohasining rivojlanish bosqichlari
Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. O‘zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining markazlashgan ma’muriy boshqaruv tizimi 1971- 1991-yillar davriga to‘g‘ri keldi. Bu davrda salbiy oqibatlar ham ko‘zga tashlana boshladi. Qurilmay qolgan turistik-rekreatsion maqsadidagi obyektlar sonining ko‘payishi, mavjudlarida esa mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlaming sifati bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar paydo bola boshladi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra, mehmonxonalar, turbazalar, dam olish uylari hamda pansionatlar tomonidan taklif qilinadigan 50 foizgacha bolgan mustaqilligini hamda mustaqil ravishda tashqi dunyo bozorlariga chiqishini eion qildi. Bu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi imkoniyat yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy boiinmalarim tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. Mustaqillikdan keyin turizm sohasida bir vaqtning o‘zida uchta muhim jarayon amalga oshirildi: - eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining tuzilishi va faoliyat turiga ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermay qoldi; - turoperator va turagent sifatida yangi tashkilotlar tuzildi; - eski turistik korxonalarni qayta tiklash yo’li bilan 0 ‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. 1992-yilda respublikada « 0 ‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993-yilda « 0 ‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi. Bu jarayon, o‘z navbatida, xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda 0 ‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo'yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida (https://azkurs.org/reja-asosiy-tushuncha-va-tariflar-malumotlarni-tasvirlash-ifod.html), ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlami amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995-yillar mobaynida « 0 ‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8 foiz turistik obyektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlami qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yoiida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik ahamiyatga ega boidi. Bu, o‘z navbatida, 0 ‘zbekistonda turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yoiidagi shaharlar va turistik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom alBuxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq Gijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Margiloniy, Buxorodagi Chor Bakr kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998-yildan boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda “Buyuk Ipak yoiida turizm” nomli Xalqaro turizm yarmarkasi tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o'rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Bu bosqichda 0 ‘zbekistonning turizm sohasida quyidagi muhim masalalari amalga oshirildi: - davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni; - yangi xorijiy investorlami jalb qilish; - tashqi bozorlarga chiqishning yangi yoilarini izlash, xalqaro ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva); - turistik korxonalar va sayohatchilaming manfaatlarini himoyalovchi nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi; - turistik yo‘nalishlaming jozibadorligini ta’minlash, mahsulotning ekologik talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida ochish; - 0 ‘zbekiston mehmonxonalarini boshqarishda xorijiy menejmentni qoilash; - kichik xususiy mehmonxonalar tarmogini kengaytirish; - turizm sohasida mutaxassislami tayyorlash (o‘rta maxsus hamda oliy taiim bosqichida); - xorijiy tajribaiami o'rganish; - ilmiy loyihalar tayyorlash; - BTT tadqiqot guruhining 0 ‘zbekistonga kelishi va «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar; 5http//www. lex.uz 11 - turfirmalaming nodavlat va korporativ tashkilotlar «Ustoz», «Meros», «Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999- yil 15-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005-yilgacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi, shu yilning 20-avgustida esa 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik obyektlar o‘zlarini mustaqil ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, ular o‘miga samarali ishlovchi yangi xususiy korxonalar tashkil etildi. 2000-yildan boshlab, respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 20 va undan ortiq foizlarda o‘sa boshladi. 2001- yilning oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi harakatlarning boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003-yilning ikkinchi yarmiga kelib, o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. SharqiyOsiyoda o'tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari, pnevmoniya (SARS) va parranda grippi kabi kasalliklar 0 ‘zbekiston turizmiga 2001-yil 11-sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi. Turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi 2000- yildan boshlangan bo‘lib, 2017-yiIgacha davom etdi. Bu davrda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga asos qo‘yildi (Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) va « 0 ‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borildi. Bu o’lkamizda turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalaming yanada tezroq sur’atlarda rivojlantirishga yordam berdi. Turizm sohasi bo‘yicha 2014-yilda xalqaro anjuman Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasining aynan Samarqand shahrida bo‘lib 12 o‘tishi ham bejiz emas. Bunga barcha asoslar mavjud bo‘lib, hozirgi paytda butun dunyoda «Samarqand Deklaratsiyasi» deb tan olingan hujjatni qabul qilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilgan Farmoni tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiyotda birinchi marotaba turizm sohasiga strategik sektor maqomi berildi, Dunyoda-elliktadan biri //XXI asr. 2014 y., 24-iyul, X«29 (557). 13 natijada 0 ‘zbekistonda turizmning xorijiy hamda ichki turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi turdosh sohalari va tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlashda milliy turizm sohasining yangi beshinchi bosqichi boshlandi. Farmonda quyidagi lar o‘rta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi: - turizmni rivojiantirishning yaxlit konsepsiyasini shakliantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlami va o‘zaro bog‘liq tarmoqlami kompleks ravishda jadal rivojiantirishning yetakchi kuchiga aylanishi lozim bo‘lgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, tarkibiy o'zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy budjet daromadlarida turizmning ulushini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; - turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shartsharoitlami shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-tamoyillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojiantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish; - turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng awalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo ‘ у lab harakatlanishda, turizm obyektlariga tashriflami uyushtirishda turistlar va ekskursantlaming hayoti va sog‘lig‘i, xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; - mamlakatda turizmni jadal rivojiantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, an’anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini - ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini jadal rivojiantirish, bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uchun ijtimoiy turizmni rivojiantirish hisobiga turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish, 15 hududlarda yangi turizm yo4nalishlapm tashkil etish, ulami pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm obyektlari bo‘yicha yagona milliy reestrlami shakllantirishga yo‘naltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO), xorijiy mamlakatlaming turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlari - turizm xizmatlari mintaqaviy va jahon bozorlarining faol ishtirokchilari bilan hamkorlikni kengaytirish, 0 ‘zbekistonning turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va bitimlardagi ishtiroki, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalami joriy etish; - respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlaming ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi obyektlarini - mehmonxonalami va joylashtirishning shu kabi vositalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va sport muassasalarini jadal rivojlantirish, asosiy turizm yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘1-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini jadal qurish va rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlami keng jalb etish; - xalqaro turizm rivojlanishi tendensiyalarini va zamonaviy marketing vositalari qo‘llanilishim hisobga olgan holda, raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, ulami ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ‘ibot qilish bo'yicha strategiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va rivojlantirish, keng reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari va chet elda turizm vakolatxonalari ochish, internet tarmog‘idan faol foydalanish, har yili Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish yo‘li bilan turizm sohasida mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirish; - turizm tarmog‘i uchun, ayniqsa, menejment va marketing sohasida malakali kadrlami sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solish lozim».
Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Download 280.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling