TAQRIZCHILAR:
|
|
T. Raximova-
|
-O‘zR FA Botanika instituti “Geobotanika va o‘simliklar ekologiyasi” laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, b.f.d., professor.
|
X. Nuraliyev-
|
-Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi
fitopatologiyasi kafedrasi professori, b.f.n.
|
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi
|
Ajratilgan soat
|
80
|
Mavzular soni
|
30
|
Dasturning maqsadi
|
o‘simliklarning tuzilishi;
o‘simliklarning ahamiyati, tabiatda tutgan o‘rnini o‘rgatish asosida fundamental bilimlar berish;
ularni botanik va geobotanik kashfiyot usullari bilan tanishtirish;
o‘simliklardagi fiziologik-biokimyoviy jarayonlarni
boshqarishni o‘rgatish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va sifatini oshirish yo‘llarini nazariy hamda amaliy asoslarini
o‘rgatishdan iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
o‘simliklarning anatomik va morfologik tuzilishini;
vegetativ va generativ organlarni;
geografiyasini, ekologiyasini va ularni muhofaza
qilishni;
o‘simliklarda kechadigan fiziologik-biokimyoviy jarayonlarni;
o‘simliklarni o‘sishi, rivojlanishi;
o‘simliklarning tarkibidagi biopolimerlar haqida
tushunchaga ega bo‘ladi.
|
Bilimlar
|
o‘simliklar vegetativ va generativ a’zolarining o‘zgarishlarini;
ko‘payish usullarini, sistematikasini, ekologiyasini;
geografiyasini, ko‘paytirishni, muhofaza qilishni;
o‘simliklardagi moddalar almashinuvi va uning
ahamiyatini;
birlamchi va ikkilamchi moddalarni hosil bo‘lish yo‘llarini;
fiziologik faol birikmalarni ta’sir etish
mexanizmlarini talaba bilishi;
bog‘dorchilikning rivojlanish istiqbollari.
|
Ko‘nikmalar
|
talaba, vegetativ va generativ a’zolarini;
kurtak, novdalarni, bir va ko‘p yillik o‘simliklarni;
begona o‘tlarni kelib chiqishi va tarqalishlarini;
bir pallali va ikki pallali, bir uyli va ikki uyli
o‘simliklarni;
ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklarni;
o‘simlik turlarini aniqlashni;
o‘simlik guruhlarini geobotanik o‘rganishni;
o‘simliklardagi fotosintez jarayoni; nafas olishi, suv almashinuvi, mineral oziqlanishi;
o‘sishi va rivojlanishi;
|
|
oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar miqdori;
ularning tuzilishi, tasnifi va almashinuvi hamda vazifalari;
talaba o‘simlik mahsulotlari biokimyoviy tarkibining o‘zgarishini;
ularning o‘sish va rivojlanish fazalarini;
tuproq-iqlim sharoiti, tuproqning unumdorligi, namlik va oziqa rejimini;
turli agrotexnik ishlovlar berilganligiga bog‘liqligini
asoslab berishi.
|
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Botanika va o'simliklar fiziologiyasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo, Umumiy dehqonchilik va melioratsiya, Urug'chilik va seleksiya asoslari, O'simlikshunoslik, O'simliklarni himoya qilish,Umumiy va qishloq xo'jaligi entomologiyasi,
Umumiy va qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
N – Nazariy ta’lim; A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
Do'stlaringiz bilan baham: |